Marksheyderlik ishi fani haqida


YER OSTI TAYANCH TARMOQLARI



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə4/10
tarix27.01.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#99514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shargarka

YER OSTI TAYANCH TARMOQLARI
Yer osti tayanch tarmoqlari tizim shaklida yoki alohida poligonometrik yo’l shaklida barpo qilinib stvol oldi lahimlarida mahkamlangan boshlang’ich doimiy punktlardan boshlab rivojlantiriladi. Tayanch tarmoqlari tarmoqning uzunligidan qat’iy nazar uzoqlashgan punktlarning o’rnini talab qilingan aniqlikda aniqlashni ta’minlashi kerak. Bu yerda punktlarni mahkamlash 300 – 500 metrdan masofasi oshmasligi kerak.
Yer yuzasidagi tayanch tarmoqlariga nisbatan yer osti marksheyderlik tayanch tarmoqlari uch guruhga bo’lingan va alohida ularning farqlari bor.
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
a) tarmoqlarning rivojlanishi kon lahimlari o’tilishiga va shaxta rudniklarining xizmat qilish davriga bog’liq.
b) eski lahimlarning berkitilishi bir qancha punktlarning mustahkam emasligi oqibatida tarmoq konstruksiyasi doimiy o’zgarishda bo’ladi. Tarmoqda bir qancha bog’liq bo’lmagan qo’shimcha fazoviy va vaqt bo’yicha ma’lumotlarning paydo bo’lishi hisoblanadi.
Ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
a) poligon parametrlari va shakllarini tanlashni chegaralaydigan poligonometrik yo’llarning majburiy konfiguratsiyasi.
b) yer osti poligonometrik yo’llarida majburiy qisqa tomonlarning bo’lishi (3-5 m).
d) yer osti poligonometriyasi boshlang’ich punktlarining soni chegaralanganligi va ularning imkoni boricha shaxta maydoni markazida joylashganligi, bu hammasi yer osti tayanch tarmoqlarini boshlang’ich punktlardan uzoqlashgani sari xatolarning tez yig’ilib borishiga sabab bo’ladi. Uzoqlashgan punktlarning talab qilingan aniqligini oshirish uchun tarmoqlarga talabni kuchaytirish lozim. Buning uchun poligonometrik yo’llarni girokompos yordamida direksion burchaklarini aniqlash va girotomon seksiyalarini barpo qilish effektiv chora hisoblanadi.
Uchinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
a) tayanch tarmoqlari qurishdan oldin teodolit yo’llari o’tkaziladi. Poligonometrik yo’l va teodolit yo’llari uchun bitta asbob va bir o’lchash usullari qo’llaniladi. Shu sababli amalda qator holatlarda poligonometrik yo’llari tayanch tarmoqlari va teodolit yo’llariga bo’linmaydi. Shu bilan birga asosiy va tayyorlov lahimlarining syomkasi poligonometrik yo’llarni o’tqazish orqali bajarilib mustahkam va yaxshi saqlangan belgilaridan tayanch tarmoqlarini to’ldirishga zarur holatlarga nazorat uchun qayta yo’l o’tkaziladi. Shuning uchun poligonometrik yo’llar to’ldiruvchi va nazorat yo’llariga bo’linadi. Bu planli teodolit syomkalarini bajarishda texnik asboblarning burchakli va chiziqli o’lchashlarning umumiy ko’rinishga egaligini ko’rsatadi.
Yer osti teodolit yo’llari quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi:
− kon lahimlarini syomka qilish va marksheyderlik chizmalarini chizish.
− kelajak syomkalari uchun geometrik asos barpo qilish.
− bajarilgan syomkalar nazoratini bajarish uchun.

Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə