Marksheyderlik ishi fani haqida


VERTIKAL BOG’LOVCHI SYOMKALAR



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə7/10
tarix27.01.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#99514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shargarka

VERTIKAL BOG’LOVCHI SYOMKALAR.
BALANDLIK OTMETKASI (Z) NI SHAXTAGA UZATISH.
Yer yuzasidan vertikal lahimlar orqali balandlikni uzun shaxta lentasi yordamida yoki glubinomer (dlinomer) yordamida bajarish mumkin.
Balandlikni uzatishni nazorat uchun 2 xil usulda yoki 1 xil usulda 2 marta bajarish lozim. Farqi mm dan oshmasligi kerak. Bu yerda H shaxta stvoli chuqurligi.
Shaxta lentasi yordamida balandlik otmetkasi (z)ni uzatish (10.1-rasm). Yuqori sifatli po’latdan tayyorlanadigan shaxta lentalari 100, 200, 400, va 1000 m ham bo’lishi mumkin. Ular ruletka barabaniga o’ralgan bo’ladi.


10.1-rasm. Shaxta lentasi yordamida balandlik uzatish sxemasi.
KON LAHIMLARIDA GEOMETRIK VA TRIGONOMETRIK NIVELIRLASH.
Kon lahimlarida geometrik nivelirlashni xuddi yer yuzasidagi kabi nivelir va reykalar yordamida bajariladi. Yer ostida nivelirlash ishlari bajarilish uchun asosan H3 tipidagi nivelirdan foydalaniladi.
Nivelirdan foydalanishdan avval u tekshirilishi kerak. Tekshirishda 3 ta shart bajarilishi kerak.

  1. Nivelirdagi dumaloq adilak o’qi nivelir aylanish o’qiga parallel bo’lishi kerak. Tekshirish uchun adilak pufakchasi markazga keltiriladi va ga buriladi, agar pufakcha markazda qolsa shart bajarilgan, qolmasa pufakcha markazdan ketgan shtrix sonini yarmiga tuzatuvchi vint yordamida qolgan yarmini asbobni ko’tarish vintlari yordamida qaytariladi va shart qaytadan tekshiriladi.

  2. Vizirlash o’qi silindrik adilak o’qiga parallel bo’lishi kerak.

Ushbu shartni 50-80 metrli tomonni 2 marta nivelirlash yordamida tekshiriladi. Ikkinchi nivelirlashda nivelir bilan reykadan o’rni almashtiriladi. Xatolik quyidagicha topiladi: ;
mm bo’lishi kerak. Aks holda sanoq hisoblanadi va nivelirda tuzatish vintlari yordamida pufakcha markazga keltirilib, shart qaytadan tekshiriladi.

  1. Vizirlash o’qi trubani fokusini to’g’rilaganda o’zgarmas bo’lishi kerak, ya’ni gorizontal ipi gorizontal bo’lishi va vertikal ipi vertikal bo’lishi kerak. Buning uchun 15 – 20 m da reyka quyilib gorizontal ipning chap va o’ng tomonidan sanoq olinadi, ular bir xil bo’lishi kerak.



11.1 –rasm. Yer osti geometrik nivelirlash sxemasi.
11.2 –rasm. Yer osti geometrik nivelirlash sxemalari.
a) Nivelirlashni, laximning asosida joylashgan reperlar bo‘yicha olib borish. Berilgan xolatda, B punktning A punktga nisbatan balandligi orqadagi va oldindagi nuqtalarga o`rnatilgan reykalar bo‘yicha olingan sanoqlar farqidan topiladi.
h=a - b.
b) Nivelirlashni, laximning ship kismida joylashgan reperlar bo‘yicha olib borish.
Balandlik h, oldingi va orqangi nuqtalarga osilgan reykalar bo‘yicha olingan sanoqlar farqiga teng.
h= b - a.
v) Nivelirlashni, orqadagi laximning ship qismida, oldindagi laximning asos qismida maxkamlangan reperlar bo‘yicha olib borish.
Reperlarning bunday joylashish sxemasida, balandlik h, reykalar bo‘yicha olingan sanoqlar yigindisining «-» (minus) ishora bilan olinganiga teng bo`ladi:
h= - (a+b).
g) Nivelirlashni, orqadagi laximning asos qismida, oldindagi esa laximning ship qismida maxkamlangan reperlar bo‘yicha olib borish.
Trigonometrik nivelirlash. Trigonometrik nivelirlash usulidan lahimning qiyaligi dan ortiq bo’lgan hollarda foydalaniladi. Trigonometrik nivelirlash teodolit yordamida bajarilib, har bir stansiyada vetikal burchak va masofa o’lchanadi. Quyida keltirilgan formulalardan foydalanib nisbiy balandlik topiladi va har bir nuqtaning absolyut balandliklari hisoblab topiladi (11.3-rasm).


11.3– rasm. Lahimda trigonometrik nivelirlash.

Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə