Marksheyderlik ishi fani haqida


YER OSTI TEODOLIT YO’LLARI (POLIGONOMETRIYASI)



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə3/10
tarix27.01.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#99514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shargarka

YER OSTI TEODOLIT YO’LLARI (POLIGONOMETRIYASI)
Yer osti marksheyderlik syomkalarida gorizontal teodolit syomkaning o’rni katta bo’lib kon lahimlarida maxsus o’rnatilgan belgilarni koordinatalarini aniqlash uchun burchakli va chiziqli o’lchash ishlari olib boriladi.
Yer osti kon lahimlari cho’ziq bo’lganliklari sababli poligonometrik usuldan ko’proq foydalaniladi.
Yer osti kon lahimlarida teodolit yo’llari o’tkazishda teodolit bilan quyidagilar o’lchanadi: yo’lning ikki tomon oraliq gorizontal burchagi, qiyalik burchagi, tomonlar uzunliklari o’lchanadi. Shu bilan birga yer osti burchak o’lchash yo’llari ularning tadbiq qilinishi bo’ycha poligonometrik yoki teodolit yo’llari deyiladi.
Har bir poligon (yo’l) avval bajarilgan syomka punktlariga bog’lanadi. Poligon shakli va uning syomka punktlariga bog’lash uslubi bo’yicha quyidagicha ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Ochiq poligon:

  1. Erkin osma yo’l – koordinatalari berilgan bitta punktga va direksion burchagi ma’lum tomonga tayangan bo’ladi.



4.1-rasm.

  1. Ikkilamchi osma yo’l - yo’lni o’tish yo’qoridagiga o’xshash bo’lib faqat ba’zi tomonlar to’g’ri va tesksari yo’nalishda o’tgan bo’ladi.



4.2-rasm.

  1. Girotomon seksiyalarga bo’lingan osma yo’l – yo’lning seksiyalarga bo’linishi tomonlarning uzunligiga va talab qilingan aniqligiga bog’liq bo’ladi.



4.3-rasm.

  1. Erkin bo’lmagan osma yo’l – yo’l boshida va oxirida bo’lgan ikkita boshlang’ich punkt va tomonlarga tayangan bo’ladi.



4.4-rasm.

  1. Girotomon seksiyalariga bo’lingan erkin bo’lmagan osma yo’l – yo’lning uzunligi va tadbiq qilinishiga asosan to’liq nazorat bilan o’tkaziladi.



4.5-rasm.


Yopiq poligon:

  1. Yerkin byerk yo’l – koordinatalari ma’lum bo’lgan bitta punktga va direksion burchagi ma’lum bo’lgan tomonga tayangan bo’ladi.



4.6-rasm.

  1. Girotomon seksiyalariga bo’lingan erkin berk yo’l – yo’lning murakkabligi va uzunligiga bog’liq.



4.7-rasm.

  1. Yo’l boshi va oxirida koordinatalari ma’lum bo’lgan punktga tayangan erkin bo’lmagan osma yo’l – boshlang’ich tomon direksion burchagi byerilmagan bo’lsa nazorat byerk yo’lning uzunligi bo’yicha va burchaklar yig’indisi orqali bajariladi.



4.8-rasm.
chizmalardagi: - berilgan punkt, – – - direksion burchagi ma’lum bo’lgan tomon, = = - girotomon, direksion burchagi girokompos yordamida aniqlanadi.
Yer osti teodolit yo`llari o’zaro bog’lanishi orqali yirik shaxtalarda murakkab tarmoqlarni hosil qiladilar. Yer osti kon lahimlarini syomkalarida xuddi yer ustidagi syomka kabi umumiy bo’lgan aniq geometrik tarmoqlardan aniqligi kichik bo’lgan tarmoqlarni barpo qilish prinsipiga amal qilinadi. Ushbu jarayon quyidagi ishlardan iborat bo`ladi:

  1. Kapital va asosiy kon lahimlardan o’tadigan poligonometrik yo’llar va yer osti syomkalariga geometrik asos bo’lib xizmat qiladigan marksheyderlik tayanch tarmoqlarini barpo qilish.

  2. Teodolit va burchak o’lchash yo’llaridan iborat bo’lgan kon lahimlari syomkasi uchun zarur bo’lgan marksheyderlik syomka tarmoqlarini barpo qilish.

Teodolit yo’llari kapital va asosiy tayyorlov lahimlarida to’ldiruvchi syomkalarni bajarish uchun tavsiya qilinsa, burchak o’lchash yo’llari esa qazish kovjoylarida va kesma lahimlarda syomka qilish uchun foydalaniladi.
Teodolit yo’llari tayanch punkti va tomonlariga bog’lansa burchak o’lchash yo’llari poligonometrik va teodolit yo’llari punktlariga tayanadi. Burchak o’lchash yo’llari o’tkazishda aniqligi kamroq bo`lgan asboblardan (uglomyer, bussol) foydalaniladi.
Maxsus tarmoqlar o’ta muhim masalalarni hal qilishga ishlatiladi. Masalan: muhim lahimlarni o’tkazishda bunday holatlarga burchakli va chiziqli o’lchash aniqliklari har bir holat uchun alohida ishlab chiqilgan dastur bo’yicha aniqlanadi. O’lchash natijalari ko’p xollarda shartli koordinatalar sistemasida hisoblanadi.
Kon lahimlaridagi geometrik asos punktlari saqlanishiga va syomkani bajarish shartlariga ko’ra uchta asosiy guruhlarga bo’linadi.

  1. Shaxta va ruda maydonidan o’tgan asosiy magistral hisoblangan kapital va asosiy lahimlaridagi punktlar. Ularga: shtolnya, kapital kvyershlag, dala va asosiy shtreklar, bremsbyerglar va qiya lahimlar kiradi. Bu lahimlar odatda katta uzunlikka ega bo’lib, xizmat qilish davrlari katta. Ularda yer osti tayanch tarmoqlari punktlarini mahkamlash qulay hisoblanadi.

  2. Tayyorlov lahimlaridagi punktlar. Bularga, panelda o’tgan oraliq, ventilyatsion shtreklar va boshqa lahimlar kiradi. Ular qazish uchastkalarida joylashgan bo’lib yetarli darajada uzun emas va xizmat qilish davrlari nisbatan kichik. Bunday lahimlarda joylashgan punktlardan qazish kovjoylarini doimiy syomka qilib turishda asos sifatida qo’llaniladi.

  3. Kesma lahimlaridagi punktlar. Bular qazish uchastkalaridan yoki qazish bloklaridan o’tadi. Uzunligi kichik bo’lib xizmat qilish davri ham kichik qazish kovjoylari, masalan lava doimo o’rni o’zgarib turadi, shuning uchun bu yerdagi punktlardan atigi bir marta ularni syomka qilishda foydalaniladi.


Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə