Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə147/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
Mashg‘ulotning maqsadi:

Virusli infeksiyalarga qanday kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kirishini, ortomikso- va paramiksoviruslar oilasi vakillarini, ularning tuzilishi va odam organizmida keltirib chiqargan kasalliklarini, laboratoriya diagnostika usullarini o‘rgatish. Bu infeksiyalarning odam organizmiga yuqish yo‘llari va patogenezi bilan tanishish.

Ortomiksoviruslar. Gripp virusi.

Gripp virusi Orthomyxoviridae oilasiga kiradi va uchta tipi A, V, S tafout qilinadi. Bulardan A tipi asosan epidemiya va pandimiya ko‘rinishlada o‘tadi. Gripp viruslari odamda, qushlarda va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Gripp virusining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tabiiy sharoitda o‘z yuza (gemagglyutinin NA va neyraminidaza NA) antigenlarini o‘zgartirib turishidir. Har qachon shu yuza antigenlarini o‘zgarishi virusning yangi variantini paydo bo‘lishiga olib keladi Virus har 10-15 yilda to‘liq o‘zining antigen (shift usulda) strukturasini o‘zgartiradi va gripp virusini yangi Serologik tipi paydo bo‘ladi va kasalligining dunyodagi yangi pandimiyasi boshlanadi. 2000 yildan kiyin gripp virusining N2N5 paranda grippi yer yuzidagi insoniyat sog‘lig‘iga katta haf solib turibdi. 2009 yildan boshlab gripp virusining N1N1 cho‘chqa tipi yana qaytib keldi ( 1976 yilda pandemiya byergan) va yer yuzida yangi kasallikning pandemiyasini keltirib chiqarmoqda.Gripp kasalligi aksariyat hollarda odamlarda engil o‘tadi va 3-5 kun ichida odamlar sog‘ayib kyetadi, lekin ohirgi yillarda gripp kasalligining toksik formalari va paranda (N2N5) tiplari juda klinik jihatdan og‘ir o‘tmoqda va ko‘pchilik holatlarda o‘lim bilan tugamoqda.Gripp virusining optimal ajratib olish modeli bu 10-12 kunlik tovuq embrionini amnion yoki allantois bo‘shlig‘iga yuqtirish hisoblanadi. Laboratoriya hayvonlaridan gripp virusiga sezgir afrika yumronqoziqlari va oq sichqonlar hisoblanadi. Gripp virusining retrospektiv diognostikasida ko‘proq Serologik usullar qo‘llaniladi.

Rinositoskopik usul. Gripp va boshqa respirator virusli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasida qo‘zg‘atuvchini tez aniqlash uchun qo‘llaniladigan ekspress usuldir. Kasal burninig pastki chig‘anog‘i yuzasidan (qirg‘og‘lari silliqlangan oynacha yoki pleksiglas plastinkasi yordamida) tamg‘a -surtma olinadi.

Tamg‘a – surtmalar quritilib, fiksasiya qilinadi va Romanovskiy-Gimza yoki fuksin, metil ko‘kida bo‘yaladi. Silindrik epiteliy, hamda degenyerasiya bo‘lgan makrofaglar sitoplazmasida, leykositlarda qizil rangli keng qonturli kiritmalar joylashgan bo‘ladi.

Gripp kasalligi virusining diagnostikasida rinositoskopik tekshirish, maxsus usul bo‘lmasa ham, grippning adenovirus kasalliklaridan ajratishga yordam byeradi. Bunda hujayraning strukturasi bo‘ziladi, natijada yadrolar vakuollanishi va yadro ichida kiritmalar paydo bo‘ladi. Adenoviruslar reproduksiyasida, epiteliy hujayralarida boshqa viruslardan farq qilib, haraktyerli sitopatik o‘zgarishlar ro‘y byeradi, ya’niy hujayralar yumaloqlashib, qatlamning chetida g‘ujum holida (uzum shingilini eslatadi), to‘planadi va kultura oyna (probirka) sathidan tez ko‘chishi kuzatiladi.Paragripp viruslari esa hujayralarning bir birlariga biriktirishi oqibatida ko‘p yadroli simblast hujayralari hosil bo‘ladi. Respirator viruslar fibroblast hujayralarida sust rivojlanadi va bunda hujayra tez shishadi, natijada ularning yadrolari parchalaniladi. Adenoviruslar uchun epiteliy va fibroblastlar hujayralari yadro ichida kiritmalar paydo qilishi haraktyerlidir.

Bilvosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri immunoflyuoressensiya (Kuns) reaksiyasi BIFR (RIF) juda spesifik bo‘lib, bunda zararlangan hujayralardan virus antigelarini nishonlangan flyuoressentli antitelalar yordamida aniqlash mexanizimi yotadi.

Tekshirish uchun matyerial bo‘lib, bemorning tomoq, burin halqum chayindilari va shu chayindilar bilan yuqtilgan hujayra kulturalari xizmat qiladi. Preparat tayyorlash uchun olingan chayindi sentrifugada bir minutda 2000-3000 marta 10 minut aylantiriladi. Cho‘kmadan bir nechta moysizlantirilgan buyum oynachalariga surtmalar tayyorlanadi va quritilib 5 minut davomida toza asetonda fiksasiya qilinadi. Kiyin xuddi shu preparatlar nishonlangan flyuoressentli antitelalar (maxsus chiqarilgan: grippning A1,A2; paragrippning 2 va 3 tip viruslari; respyerator sinsitial virusga qarshi, adenoviruslarga qarshi ko‘p valentli zardob) bilan ishlanadi. Agar bilvosita usul qo‘llanilsa, surtmaga oldin yuqorida keltirilgan viruslarga qarshi spesifik AT qo‘shilib, keyin yuvib tashlanadi va nishonlangan flyuoressentli odam antiglobulinli qon zardoblari bilan ishlov byeriladi. Analiz oxirida preparatlarni lyuminessent mikroskopda ko‘zdan kechiriladi. Preparatda viruslar bo‘lsa lyuminessent mikroskopda yog‘dulanadi va maxsus nur sochayotgan virus zarralariga e’tibor byeriladi: yog‘dulanayotgan adenoviruslar hujayrani yadrosida ko‘rinsa; gripp va paragripp viruslari sitoplazmada yig‘ilib qolgan bo‘ladi. Hujayralardagi virus zarralari va ularning soniga qarab reaksiya javobi o‘qiladi.

Virusologik tekshiruv. O‘tkir respyerator virusli kasalliklarda tekshirish uchun matyerial burin halqum chayindisi, balg‘am va boshqalar bo‘lishi mumkin. Patologik matyerial hujayra yoki tovuq embrioniga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo‘qotish uchun antibiotiklar bilan ishlov byerilib (pensillin, streptomisin 1000 TB ml) sentrifuga qilinadi. Virusologik ishlar hammasi bokslarda o‘ta styeril sharoitlarda olib boriladi. Cho‘kma ustidagi suyuqlik pipetka yordamida so‘rib olinib har bir viruslar uchun maqbul bo‘lgan hujayra kulturalariga (gripp virusi tovuq embrionining amniotik va allantois bo‘shlig‘iga, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; paragripp virusi maymun, odam embrionining buyragidan va odam embrionining fibroblastlarida tayyorlangan to‘qima kulturalariga; paratit tepki virusi tovuq embrionining amniotik bo‘shlig‘iga va yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; qizamiq virusi odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga va bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalariga (Hela, KB, Vero va boshqalar); RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra va undiriluvchi o‘sma hujayra kulturalariga (Hela, Hep-2, KB); adenoviruslar esa odam embrioni buyragidan tayyorlangan birlamchi va undiriluvchi Hela, Nyer-2 hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Virus yuqtirilgan tovuq embrionlari va hujayra kulturalari 37ºS da tyermostatda saqlanadi.

Viruslarni indikasiya va identifikasiya qilish usullari. O‘tkir respyerator kasallik keltirib chiqaruvsi viruslarni indekasiya qilishda HPT, gemadsorbsiya, GAR va immunoflyuoressensiya usullaridan foydalaniladi. Immunoflyuoressent usul boshqa usullardan farq qilib (HPT, gemadsorbsiya, GAR) viruslar matyerialda juda kam miqdorda bo‘lsa ham ularni aniqlash imqonini byerishi mumkin. Immunoflyuoressent usul bilan faqat viruslarni topish emas, balki paragripp viruslari, RSV, adenovirus va mikoplazmalar yuqtirilgan hujayra kultturalarida ham viruslarni identifikasiya qilish mumkin. Bundan tashqari viruslar hujayra kulturalarida yig‘ilib qolgandan so‘ng, KBR da adenoviruslarni, GART, KBR va spesifik zardoblar bilan neytrallash reaksiyalarida paragripp, tepki, qizomiq viruslarini bir-biridan farqlash mumkin.

Gripp viruslarini ajratish, passaj qilish va titrlash uchun ular rivojlanayotgan tovuq embriolarida o‘stiriladi.

Gripp virusining amniotik yoki allantois suqlig‘ida mavjud yoki mavjud emasligini taxminiy GAR yordamida aniqlanadi. Gripp A virusi tovuq, dengiz cho‘chqachasi, odamning I (O) qon gruppasi eritrositlari bilan, V viruslari esa faqat tovuq eritrositlari bilan agglyutinasiya byeradi.

Gemagglyutinasiya reaksiyasi bilan viruslarni titrlash uchun eritrositlarning I foizli suspenziyasi olinadi. Virus titri (1 ta ABB-bitta agglyutinasiya byeruvchi birlik) dan kam bo‘lmagan eritrositlarning agglyutinasiyasini byeruvchi eng ko‘p suyultirilgan eritmasiga aytiladi.

Epidemiya yoki epidemiya oralig‘i davrlarida kasaldan ajratib olingan gripp virusining shtammlari ularning Serologik tipini aniqlash uchun o‘rganiladi. Virus tiplari GATR yordamida spesefik zardoblar to‘plami bilan aniqlanadi.

Reaksiya natijasi geaagglyutinasiyaning tormozlanishi bilan belgilanadi. Virus (A, V yoki S) KBR yordamida deffyerensiasiya qilinadi. A virusining kenja tipi HoN1, N1N1. H2N2, H3N2, va boshqa antigenlar, gomologik tipga xos zardoblar to‘plami yordamida (GATR da diffyerensiasiya qilinadi).

Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari

H0N, H1N1, H2N2, H3N2, V va S tipga xos gripp zardoblari. GATR va KBR reksiyalarida gripp virusi syerotiplarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Tirik gripp vaksinasi. Gripp virusi asosiy syerotiplarining vaksina shtammlari yuqtirilgan tovuq embrionlarining allantois suyuqligidan tayyorlanadi, vaksinaning bir turi burundan, boshqasi og‘iz orqali yuboriladi.

Davo-profilaktika uchun qo‘llaniladigan ko‘p valentli gripp zardobi. Gripp virusining turli syerotiplari bilan otlarni gipyeremlash natijasida olinadi. Quritilgan holda, antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan birga tayyorlanadi. Grippning oldini olish va kasallikning boshlanish davrida davolash uchun burun orqali yuboriladi.

Grippga qarshi donor immunoglobulini. A va V tipli tirik gripp vaksinasi bilan emlangan donorlarning qon zardobidan tayyorlanadi. Epidemik o‘choqlarda gripp profilaktikasi va uni davolashda qo‘llaniladi.

Odam leykositar intyerfyeroni. Bu turga xos oqsil bo‘lib, kultural muhitdagi odam peykositlari tomonidan, virus-intyerfyeronogen ta’siriga javoban sintez qilinadi. Gripp va boshqa virusli respirator kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda qo‘llaniladi.

Paramiksoviruslar.

Paramiksoviruslar oilasi (lotincha para-o‘xshash, yaqin) odamlarga nisbatan patogen bo‘lgan 3 turkumni: Raramyxovirus, Morbillivirus, Pneumovirus o‘z ichiga oladi. Birinchi turkumga odamlarda paragrippni qo‘zg‘atuvchi virusni (OPGV) 1-4 tiplari, epidemik parotit (tepki), ikkinchi turkumga qizamiq, it va sigirlar o‘lat virusi, uchinchi turkumga respirator-sintisial viruslar kiradi.

Morfologiyasi. Paramiksoviruslar murakkab tuzilgann bo‘lib, sfyerik shaklga ega, o‘lchami 150–200 nm. Bu virus RNK tutuvchi viruslar ichida eng yirigi hisoblanadi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat. Nukleokapsid tashqi tomondan lipid-uglevod-protein qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘lib, unda tikansimon o‘simtalar joylashgan, nukleokapsid spiral simmetriya tuzilishiga ega. Nukleokapsid tarkibida bir necha virusga xos fyermentlar bor, jumladan RNK-polimyeraza (transkriptaza). Nukleokapsid tashqi qobiqning ichki tomonidan qoplab turuvchi matriks oqsil bilan o‘ralgan. Tashqi qobiq hujayralardan hosil bo‘lgan 2 ta lipid qatlami va 3 ta virusga xos oqsildan tashkil topgan. Shulardan 2 ta oqsil o‘simtalar tarkibiga kiruvchi glikoprotein NH bo‘lib, gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga va neyraminadaza faolligiga ega. Uchinchi F oqsil virusning hujayraga kirishini ta’minlaydi.

Antigenlari. Viruslarda 2 ta turga xos antigen bor. Birinchisi tashqi V-antigeni (o‘simtalarning glikoproteinlari); ikkinchi – ichki S-antigen (nukleoprotein). Shu oilaga kiruvchi viruslarda umumiy antigen yo‘q. Ko‘pgina paramiksoviruslarning V-antigenlari ikkita mustaqil antigen komponentlariga ega, ulardan biri gemagglyutinin (N-antigen), ikkinchisi neyrominidaza (N-antigen).

Ko‘paytirish. Virus hujayraga reseptor yordamida endositoz yo‘li bilan kiradi. Virus reproduksiyasi hujayra sitoplazmasida kechadi. Asosiy xususiyati hujayrada ko‘payganda ko‘p yadroli simplast hujayralarini hosil qiladi. Virus hujayradan kurtaklanish yo‘li bilan chiqadi. Zararlangan hujayralar sitoplazmasida asidofil kiritmalar hosil bo‘ladi.

Odamlarda paragripp qo‘zg‘atuvchi virus

Paragripp virusini birinchi marta R.Chanok 1956 yili AQSh da grippga o‘xshash kasallik bilan og‘rigan bolaning burun-halqum suyuqligidan ajratib olgan, u Paramyxovirus turkumiga kiradi.

Morfologiyasi. Yuqorida keltirilgan paramiksoviruslar oilasiga mansub viruslar tuzilishiga o‘xshash.

Ko‘paytirish. Odamlarning paragripp viruslari tovuq embrionida ko‘paymaydi, ammo maymun, odam embrionining buyragidan tayyorlangan to‘qima kulturalarida, odam embrionining fibroblastlarida yaxshi ko‘payadi. Ularning SPT rivojlanayotgan hujayra kulturalarida har xil bo‘lib, hujayra plastining parchalanishidan to simplastlar hosil bo‘lish darajasigacha yetadi, ta’siri virusning tipiga bog‘liq.

Antigenlari. Virusda 2 ta antigen topilgan. Birinchisi S-ribonukleoproteid bilan bog‘liq eruvchan antigen, ikkinchisi esa virusning lipoproteid qobig‘idagi V-antigen. Paragripp viruslari antigen to‘zilishlariga ko‘ra 5 ta syerotipga bo‘linadi. 1–2 tiplari bolalarda bo‘g‘ma (krup), faringit, 3-tipi bronxit va o‘choqli zotiljamni qo‘zg‘atadi, 4–5 tiplarining kasalliklari kam uchraydi va engil kechadi.

Chidamliligi. Paragripp viruslari efirga chidamsiz. Yuqori haroratda va dezinfeksiya qiluvchi eritmalar ta’sirida tezda faolligini yo‘qotadi. –70 0S haroratda, liofil usul bilan quritilganda uzoq vaqt saqlanadi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Paragrippni qo‘zg‘atuvchi viruslar tabiiy va laboratoriya sharoitidagi hayvonlarga nisbatan kam patogen. Kasallik ko‘pincha hayvonlarda simptomsiz kechadi. Paramyxovirus turkumining Senday virusi hayvonlar (oq sichqon, kalamush, dengiz cho‘chqachasi va boshqalar)ga nisbatan patogen hisoblanadi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Virus o‘tkir respirator kasallikni keltirib chiqaradi. Kasallik havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yashirin davri 3–6 kun. Paragripp viruslari yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavati hujayralarida ko‘payadi va epiteliylarning parchalanishiga olib keladi, bunda yallig‘lanishlar va ko‘pincha tomoqda shish kuzatiladi. To‘plangan virus hujayralaridan hosil bo‘lgan mahsulotlar qonga tushib organizmning umumiy zaharlanishiga olib keladi. Epiteliylarning parchalanishi natijasida himoya qiluvchi to‘siq bo‘ziladi va patogen yoki shartli-patogen baktyeriyalar kirib ikqilamchi infeksiya rivojlanadi.

Paragripp viruslari ko‘pincha bolalarda faringit, bronxeolit, laringotraxeobronxit, bo‘g‘ma, zotiljam, kattalarda esa engil ko‘rinishdagi laringit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Paragripp viruslari ko‘pincha gripp virusi va adenoviruslar bilan birga uchraydi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng tip maxsus gumoral immunitet hosil bo‘lib, bir necha yil saqlanadi. Qon zardobida komplementni bog‘lovchi, virusni neytrallovchi antigemagglyutin xossali antitelolar topiladi. Hosil bo‘lgan immunomodulinlar ichida sekretor sIgA antitelolari muhim ahamiyatga ega, chunki ular mahalliy immunitetning asosiy omili hisoblanadi.

Laboratoriya tashhisi. Tashhis qo‘yishda virusologik, Serologik usullardan hamda immunoflyuoressensiya reaksiyasidan foydalaniladi. Virusni ajratib olishda maymun yoki odam embrionining bir qavatli kulturalari qo‘llaniladi. To‘qima kulturasidagi virus gemadsorbsiya reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Ajratib olingan virus shtammlari to‘qima kulturalarida NR, GATR VA KBR yordamida identifikasiya qilinadi. Paragripp kasalliklariga Serologik tashhis qo‘yish uchun bemorning juft zardoblari bilan GATR va KBR lar qo‘yiladi. Bulardan tashqari, yuqori nafas yo‘llari hujayralaridagi virus antigenini tip maxsus zardoblar bilan IF usullari yordamida aniqlanadi.

Maxsus profilaktikasi va davosi hozircha yo‘q. Simptomatik davo qo‘llanilaniladi.

Epidemik parotit virusi

Epidemik parotit (tepki) virusini 1934 yili K.Jonson va E.Gudpaschyerlar kashf etishgan. Bu virus Paramyxovirus turkumiga mansub bo‘lgani uchun shu turkum viruslariga xos xossaga ega.

Morfologiyasi. Viruslar elektron mikroskop ostida gumbazga o‘xshash shaklda ko‘rinadi. Virion o‘lchami 150–170 nm.

Ko‘paytirish. Viruslar tovuq embrionining amniotik bo‘shlig‘ida ko‘payadi. Yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko‘payadi. Hujayraga patogenlik ta’siri ko‘p yadroli hujayralar, ya’ni sinsitiylar hosil qilish bilan haraktyerilanadi.

Tovuk embrionlariga qayta-qayta yuqtirilsa, viruslarning odamlarga nisbatan patogenligi pasayadi va bu shtammlar tirik vaksina tayyorlashda ishlatiladi.

Antigenligi. Parotit virusi faqat bitta syerotipdan iborat bo‘lib, ikkita antigeni (S, V) bor. Epidemik parotit virusi odam, qo‘y, ot, tovuqlar eritrositlarini agglyutinasiya qilish xususiyatiga ega.

Chidamliligi. Virus fizik-kimyoviy omillar ta’siriga chidamsiz, past haroratda (–25 0S, –70 0 S) yillab saqlanadi. 56 0S haroratda 20 daqiqa, xona haroratida esa 5–6 kun davomida faolligini saqlab qoladi. Virus UB nurlar, 1% li lizol, 0,1% li formalin eritmasi ta’sirida parchalanib kyetadi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Epidemik parotit virusi maymunlarning ayrim turlarida odamlardagi parotit kasalligini chaqiradi.

Odamlarda kasallikning patogenezi va klinikasi. Kasallik havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yashirin davri 14–21 kun. Virus yuqori nafas yo‘llarining epiteliy hujayralarida, so‘ngra qon, so‘lak bezlari va boshqa a’zolarga o‘tib ko‘payadi. Quloq oldi bezlariga virus Stenon yo‘li orqali o‘tadi. Yashirin davrdan so‘ng kasallikning klinik belgilari paydo bo‘ladi. Bemorning harorati ko‘tariladi, quloq oldi, til, jag‘ osti bezlari yallig‘lanadi. Epidemik parotit keng tarqalgan kasallik bo‘lib, asosan, 5–15 yashar bolalar kasallanadi. Katta yoshdagi kishilar ham kasallanishi mumkin. Tepki nihoyatda yuqumli kasallik, ammo 50% bemorlarda simptomsiz kechadi. Bunday bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi. Epidemik parotitda bemorning so‘lak bezlaridan tashqari virus boshka a’zolar (me’da osti bezi va qalqonsimon bezlar)ga ham kiradi, markaziy nyerv sistemasini shikastlaydi, nyervlar ham yallig‘lanadi (polinevrit), quloq, yuz nyervlari engil falajlanadi, eshitish va ko‘rish a’zolarining faoliyati bo‘ziladi. 13 yoshdan oshgan o‘g‘il bolalarda ba’zan orxit rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarda og‘ir asoratlardan meningoensefalit, poliartrit, pankreatit, nefrit, tireoidit, meningit ham uchraydi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng, turg‘un, umrning oxirigacha saqlanadigan immunitet hosil bo‘ladi. Onadan homilaga passiv immunitet (antitelolar) o‘tadi, shu sababli chaqaloqlar 6 oy davomida kasallanmaydi.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun siydik, so‘lak, meningit va meningoensefalit holatlarida orqa miya suyuqligi olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi matyerial 7–8 kunlik tovuq embrioniga, hujayra kulturalariga yuqtiriladi. So‘ngra ajratib olingan virus GATR, IFR, NR, KBR, GAR yordamida identifikasiya qilinadi. Serologik tashhis qo‘yish uchun bemor zardobidagi antitelolar KBR, GATR reaksiyalari bilan aniqlanadi. Juft zardoblarni tekshirish yaxshi natija byeradi.

Davosi va profilaktikasi. Kasallik belgilariga qarab davolanadi, bemorga immunoglobulin yuborilganda, kasallik engil kechadi. Maxsus profilaktikasi uchun tirik monovaksina qizamiq, qizilcha vaksinalari bilan birga qo‘llaniladi, bir yoshdan katta bolalar, ba’zan parotit bilan og‘rimagan kattalar ham emlanishi mumkin.

Qizamiq virusi

Qizamiq (gul)ni virus qo‘zg‘atishini 1911 yili T.Andyerson va J.Goldbyerglar aniqlashgan. 1954 yili J.Endyers va T.Piblslar hujayra kulturasidan virusning sof kulturasini ajratib oldilar. Bu virus Morbillivirus turkumiga mansub.

Morfologiyasi. Qizamiq virusi o‘zining xususiyatlariga ko‘ra to‘liq paramiksoviruslarga o‘xshash, ammo unda neyroaminidaza fyermenti bo‘lmaydi. Virusning tashqi qobig‘ida faqat gemagglyutininlar joylashgan.

Ko‘paytirish (reproduksiyasi). Virus tovuq embrionida ko‘paymaydi. Uni odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko‘paytiriladi. Bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Hela, KB, Vero va boshqalar) sitopatik ta’sir ko‘rsatib ko‘payadi. Natijada simplastlar, ya’ni ko‘p yadroli hujayralar hosil bo‘ladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida asidofil, yadrosida bazofil kiritmalar vujudga keladi.

Antigenlari. Virusning syerotiplari aniqlanmagan. Qizamiq virusining shtammlari orasida tashqi qobig‘ining antigeni (V-antigen) gemagglyutinin va membrana oqsillari bor.Virus tarkibida neyraminidaza uchramaydi. Maymun eritrositlari bilan agglyutinasiya byeradi, ammo tovuq, dengiz cho‘chqachasi va boshqa hayvonlar eritrositlari bilan agglyutinasiya byermaydi.

Chidamliligi. Virus 560S haroratda 30 daqiqada faolligini yo‘qotadi, efir va detyergentlarga, rN 2,0–4,0 bo‘lgan muhitlarga ta’sirchan, past haroratga (–700S) chidamli. Quyosh nuri ta’siriga nihoyatda chidamsiz. Shuning uchun qizamiq virusiga qarshi dezinfeksiya choralari qo‘llanilmaydi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar qizamiq bilan kasallanmaydi. Maymunlarga virusni yuqtirib, kasallik belgilarini yuzaga keltirish mumkin.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor; virus havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Virus dastlab yuqori nafas yo‘lidagi epitelial hujayralarga kiradi va shilliq qavat, burun-halqum, traxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida ko‘payadi, so‘ngra qonga tushadi. Virus qon kapillyarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga uchrashi natijasida tyerida toshmalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda virus markaziy nyerv sistemasiga borib ensefalomielitni qo‘zg‘atadi. Kasallik 4 bosqichda kechadi. Uning haqiqiy shaklida yashirin davr 10–14 kun bo‘lib, prodromal davrda o‘tkir respirator kasalliklarga xos alomatlar (rinit, faringit, qonyunktivit) paydo bo‘ladi. Kasallik o‘tkir boshlanib, bemorning harorati ko‘tariladi, tumov bo‘ladi, quruq yo‘taladi, ko‘zi qizarib yoshlanadi, yorug‘likka qaray olmaydi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi. Bu davrda lunj shilliq pardasi atrofida qizil gardish bilan o‘ralgan mayda oq dog‘lar (Filatov–Koplik dog‘lari) paydo bo‘ladi. Papulali toshmalar bosh tyerisidan (peshona va quloqning orqa qismlaridan) boshlanib, keyin butun badanga toshadi. Isitma 7–8 kun davom etadi.

Qizamiqqa, odatda, hamma kishilar, xususan bolalar byeriluvchan bo‘ladi, ammo oldin qizamiq bilan kasallanmagan kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallikning asorati 8–10 yoshdan katta bolalarda rivojlanadi. Kasallik ko‘pincha qish, bahor fasllarida uchraydi. Qizamiq virusi tabiatda epidemiya yoki pandemiya ko‘rinishida tarqaladi. Virus yo‘ldosh orqali homilaga ham yuqishi, bunda u o‘lik yoki nogiron bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Kasallik kattalarda og‘irroq kechadi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng turg‘un immunitet qoladi. Qayta kasallinish deyarli uchramaydi. Qon zardobida komplementni bog‘lovchi antitelolar, gemagglyutininlar hosil bo‘ladi. Qizamiqqa qarshi IgG sinfi antitelolari yo‘ldosh orqali homila organizmiga o‘tadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni 6-oygacha virusdan himoya qiladi.

Laboratoriya tashhisi. Qizamiqqa tashhis qo‘yishda 95% bemorlarda uchraydigan Filatov–Koplik dog‘lari borligiga, klinik belgilarga va epidemiologik ma’lumotlarga asoslaniladi. Virus antigenini topish uchun burun-halqum shilliq qavatida rinositologik tekshirishlar o‘tkaziladi. IF usuli uchun tekshiriluvchi matyerial, maymun buyragi va odam amnionidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturasiga yuqtiriladi va virusning hujayra patogen ta’siri o‘rganiladi. Bemorning juft qon zardobidagi antitelolar KBR, GATR, neytrallash reaksiyalari yordamida aniqlanadi.

Davosi va profilaktikasi. Qizamiqning maxsus davosi yo‘q. Kasallikdan so‘ng paydo bo‘ladigan ikqilamchi infeksiyalar antibiotiklar bilan davolanadi.

Oldini olish uchun maxsus qizamiqqa qarshi immunoglobulindan 1,5 yoki 3 ml yuboriladi. Passiv immunitet 30 kun davom etadi. Immunoglobulin, odatda, kasallikning oldini olmay, uning engil kechishini ta’minlaydi.

Maxsus profilaktikasi uchun bolalar tirik vaksina bilan ( oylikda 0,5 ml va 16 oylikda 0,5 ml epidparatit vaksinasi bilan birga tyeri ostiga emlanadi. Hozir endemik parotit, qizamiq va qizilchaga qarshi umumiy tirik vaksinalar ham mavjud. Emlanganlarning 95-97% da immunitet rivojlanadi.

Respirator-sinsitial virus

Virusni 1956 yili AQSh da J.Morris respirator kasallik bilan og‘rigan shimpanzedan ajratib oldi va unga RS (inglizcha RS-Respiratory syncytia) deb nom byerildi, chunki bu viruslar hujayra kulturalarida

ko‘payib, hujayra to‘ri (sinsitiy) – “to‘rli to‘qima”ni hosil qiladi. RS-

Virus Pneumovirus turiga mansub, bularga sichqonlarda zotiljam qo‘zg‘atuvchi viruslar ham kiradi. Morfologiyasi. RS-virus sfyerik shaklga ega, o‘lchami 120–200 nm. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib tashqi yuzasidagi o‘simtalari o‘zunroq (12–16 nm), virion polimorfizm bo‘lib, 10 xil oqsil sintezini nazorat qiladi. Ulardan 2 tasi (NH va F) yuzaki glikoproteinlardir. Shu bilan bir qatorda, RS-virusda virus maxsus komplementni bog‘lovchi antigeni bor, ammo gemagglyutinasiya, gemadsorbsiya qilish xususiyati va neyraminidaza faolligi yo‘q.

Ko‘paytirish. RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra va undiriluvchi o‘sma hujayra kulturalarida (Hela, Hep-2, KB) yaxshi ko‘payadi. Hujayralarga patogen ta’sir etib simplastlar va sinsitiylar hosil qiladi. Tovuq embrionida RS-virus ko‘paymaydi.

Antigenlari. Har xil odamlardan ajratib olingan shtammlar antigenlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi, bu holat virionning tashqi qobig‘idagi glikoproteinlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Virusning ikkita syerotipi ma’lum.

Chidamliligi. RS-virus o‘ta labil bo‘lib, efir, detyergentlar ta’siriga va mo‘zlatishga chidamsiz. Qizdirilganda bir necha daqiqada o‘z faolligini yo‘qotadi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. RS-viruslar havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yashirin davri 3–5 kun. Virus yuqori va pastki nafas yo‘llaridagi shilliq qavatning epitelial hujayralarida ko‘payadi. RS-virus odamlarda, ayniqsa yosh bolalarda (6 oygacha) nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari: bronxit, zotiljam, rinitni qo‘zg‘atadi. Kasallik 5–6 kun davom etadi. U, odatda, bolalar orasida ko‘z va qish fasllarida uchraydi. RS-viruslar qo‘zg‘atadigan epidemiyalar har yili qaytariladi.

Kasallikni boshdan kechirgandan so‘ng qon zardobida virus maxsus turli xil immunoglobulinlar paydo bo‘ladi, bulardan sIgA muhim ahamiyatga ega. Kasallikdan hosil bo‘lgan immunitet kuchi bir yilga etmaydi. Shu sababli kasallik qayta uchraydi, ayniqsa yosh bolalar ko‘p kasallanadi, qon zardobidagi antitelolar qayta kasallanishdan himoya qilolmaydi. Balki bunga RS-virusning syerotiplari ko‘p bo‘lganligi, virusning hujayraviy va gumoral immunitetni susaytirishi sabab bo‘lsa kyerak. Shuning uchun kasallikning asorati sifatida ikqilamchi baktyerial infeksiyalar ko‘p uchraydi.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun burun-halqum suyuqligi, nobud bo‘lgan bolalarning o‘pka, traxeya, bronx to‘qimalari tekshiriladi. Tezkor

usul yordamida burun-halqum suyuqligida IF reaksiyasi bilan maxsus antigen, ko‘p yadroli hujayralar va bronxlarning shilliq qavatidagi epitelial hujayralarida sinsitiylar topiladi.

Virusni ajratib olish uchun tekshiriladigan matyerial undiriluvchi Hela, Hep-2, KB, FL hamda odam va dengiz cho‘chqachasi embrionidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Oradan 24–48 soat o‘tgach juda yirik ko‘p yadroli hujayralar va sitoplazmatik kiritmalarga ega sinsitiylar paydo bo‘ladi, 4–5 kun o‘tgach hujayralar to‘liq parchalanadi. Ajratib olingan virusni identifikasiya qilish uchun kulturalarda IFA hujayra neytrallash va komplementni bog‘lash reaksiyalaridan foydalaniladi. Bemorlarning juft qon zardobidagi antitelolarni aniqlash uchun KBR va NR kabi Serologik reaksiyalar qo‘llaniladi.

Maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Asosan simptomatik davo, ikqilamchi baktyerial infeksiyalarga qarshi antibiotiklar buyuriladi

Mashg‘ulotda qo‘llanadigan yangi pedagogik texnologiyalar:

“NIMA UChUN?” ISh O‘YINI.

“NIMA UChUN?” chizmasini to‘zish qoidalari?

- Aylana yoki to‘rtburchak shaklidan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz.

- Chizmaning ko‘rinishi - muloxazalar zanjirini to‘g‘ri chiziqli, to‘g‘ri chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz.

- Yo‘nalish ko‘rsatgichlari sizning qidiruvlariningizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi.

«Nima uchun?» sxemasi «Nima uchun?» sxemasini to‘zish qoidalari bilan tanishiladi.

Yakka tartibda (juftlikda) muammo shakllantiriladi.

Gripp kasalligidagi o‘lim nima uchun yuz byeradi?

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Ortomiksoviruslar va paramiksoviruslar oilasi mavzusi “Vyertushka“ o‘yinini o‘tkazish usuli

Ish uchun zarur :

1. O‘quvchilar uchun qog‘oz, ruchka.

2. Qur’a tashlash uchun yozilgan qog‘ozlar .

3. Vazifalar solingan qonvyertlar.

Ishni olib borish:

1. Talabalar 5 ta guruhchaga bo‘linadi.

2. Guruhchalarga vazifalar solingan qonvyertlar tarqatiladi.

3. Guruhlar qonvyertdagi vazifalar bilan tanishadi.

4. Vazifalar bilan tanishish uchun 5 minut ajratiladi.

5. Vazifalarni har-bir guruh yakka holda belgilaydi.

6. Belgilangan qonvyertlar yig‘ib olinadi.

7. Keyin bu qonvyertlar aralashtiriladi va guruhlarga tarqatiladi..

8. Yana vazifa bilan 5 minut ichida tanishib chiqiladi.

9. Har bir guruh o‘z fikrlarini bayon qiladi.

10. Talabalar orasida savol-javob kyetadi.

11. O‘qituvchi bu jarayonni kuzatib boradi.

12. To‘g‘ri javob aniqlanadi.

13.Javobga qarab talabalar baholanadi.

14.O‘yin maksimal ball bilan belgilanadi (to‘g‘ri javob - “100” ball).

15.O‘tkazilgan o‘yin jurnalda qayd qilinadi.

Vazifalar:

1-vazifa.

1.Paramiksoviruslar oilasiga qaysi viruslar kiradi?

2.Bu oilaga mansub viruslarning struktura tuzilishi qanday?

3.Virusning yuqish yo‘llarini ayting.

2-vazifa.

1.Qizamiq virusining morfologiyasi.

2.Virusning antigenlarini aytib byering

3.Kasallikning odamlarga yuqishi va patogenezi.

3-vazifa

1.Qizamiq virusini ko‘paytirish usullari.

2.Kasallikning klinikasi.

3. Qizamiqning laboratoriya tashhisi

4-vazifa

1.Epidemik parotit virusining morfologiyasi

2.Virusning ko‘payishi va chidamliligi.

3.Hayvonlarga nisbatan patogenligi.

5-vazifa

1.Gripp virusning antigenlik xususiyati.

2.Kasallikning laboratoriya tashhisi.

3.Kasallikning davosi va uni oldini olish.

13.2.1. Tahliliy qism.

Vaziyatli masala:

Klinikaga tana tyerisida toshmalar toshgan bola keltirildi. Tana harorati yukori darajada.

1. Qaysi belgilari bo‘yicha kizamik bo‘lishi mumkin?

qanday tekshirish usullarini qo‘llaysiz?

13.2.2. Amaliy qism.

1. Gemagglyutinasiya tormozlash reaksiyasini bajara bilish va reaksiya natijasini o‘qish.

2. Viruslar bilan shikastlangan hujayra kulturalaridagi o‘zgarishlarni aniqlash. (virusning SP ta’siri)




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə