Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə161/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   175
Str. sаlivarius

3,20 ± 0,2

2,40 ± 0,2

1,25 ± 0,1

1,20 ± 0,1

Str. mutans

2,25 ± 0,1

2,20 ± 0,1

2,10 ± 0,1

1,40 ± 0,1

Str. mitis

3,10 ± 0,2

2,25 ± 0,1

2,40 ± 0,1

2,10 ± 0,1

Staphylococcus

3,70 ± 0,2

2,70 ± 0,1

2,25 ± 0,1

2,10 ± 0,1

Escherichia

2,20 ± 0,1

2,10 ± 0,1

1,70 ± 0,1

1,40 ± 0,1

Klebsiella

1,10 ± 0,1

1,40 ± 0,1

1,55 ± 0,1

2,10 ± 0,1

Candida уруғига

мансуб замбуруғлар



3,70 ± 0,3

2,40 ± 0,1

2,25 ± 0,1

3,10 ± 0,2

Surunkali virusli gepatit V (SVG V) bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroekologiyasining miqdoriy va sifatiy holatini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning og‘iz bo‘shlig‘ini mahalliy himoya omillarini holati ham o‘rganib chiqildi. Bunda asosan lizosim titri, fagositoz ko‘rsatkichi, sekretor immunoglobulin A darajasi o‘rganildi (12-jadval). Olingan

natijalardan ko‘rinib turibdiki, SVG V bilan kasallangan bolalar og‘iz bo‘shlig‘ida barcha o‘rganilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha immuntanqislik holati mavjud. Bunda, lizosim titri (13,7±0,5) mg%, fagositoz ko‘rsatkichi (42,9±1,4) %, sekretor immunoglobulin A titri (1,2±0,1) g/l ga teng bo‘lgan.

Ushbu kasal bolalarda, an’anaviy davolash bilan bir qatorda maxsus davolash usullari: elyudril, parodium, elgidium, vifyeron dori vositalari qo‘llanilib, davolangandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya omillari tekshiruvdan o‘tkazilgan. Olingan tekshirishlar natijalariga ko‘ra, har ikki holatda ham faqatgina ikki o‘rganilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy tomonga siljish kuzatilgan (lizosim titri, fagositar ko‘rstakich). Lekin, SVG V bilan kasallangan bolalarga maxsus yordam ko‘rsatilgandan so‘ng yuqoridagi ijobiy ko‘rsatkichlar an’anaviy davolashdagiga nisbatan yanada yaxshilangan, ammo sekretor immunoglobulin A miqdori yana o‘zgarishsiz qolgan.

Shunday qilib, SVG V bilan kasallangan bolalarning og‘iz bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan mikrobiologik va immunologik

tekshiruvlarning natijalari quyidagi xulosalar chiqarishga imkon byerdi:

Birinchidan, o‘tkazilgan tekshiruvlarga asoslanib shuni taxmin qilish mumkinki, SVG V bilan kasallangan bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasida disbiotik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

Ikkinchidan, makroorganizmning umumiy rezistentligining kamayishi, kasal bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy himoya omillari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada shilliq qavatlarning kolonizasion rezistentligi buziladi. Bu o‘z navbatida, mikroblar sonini kyeragidan ortiqcha ko‘payishi holatiga olib keladi. Uchinchidan, ushbu bolalarda elyudril, parodium, elgidium va vifyeron dori vositalarini qo‘llab o‘tkazilgan maxsus stomatologik davolash og‘iz bo‘shlig‘ining ham mikrobiologik, ham immunologik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va umuman olganda,

bemorlar holatini sezilarli yaxshilaydi.

Surunkali residivlanuvchi Gerpes labning qizil hoshiyasida, tanglay, ko‘z, jinsiy a’zolar shilliq pardalarida, lab tyerisida, burun qanotlarida yakka holda yoki zich to‘plam holida joylashuvchi toshmalar - mayda pufakchalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Odatda ushbu toshmalar achishib turadi. Keyinchalik pufakchalar birlashib, eroziv (yarali) yuza hosil qiladi. Bu zararlangan soha ovqatlanganda yoki boshqa ta’sirlovchilar ta’sirida og‘rib turadi. Bemor Gerpes virusli infeksiya bilan kasallangandan so‘ng bir umr tashuvchi bo‘lib qoladi.

O‘tkir gerpetik stomatit - bu virusli kasallik bo‘lib, u kattalarda ham, bolalarda ham uchraydi. Oxirgi yillarda o‘tkir gyerpetik stomatitga og‘iz bo‘shlig‘i birlamchi gyerpetik infeksiyasining ko‘rinishi sifatida qaralmoqda




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə