Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-54% Қониқарсиз “2”



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə69/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   175
50-54%

Қониқарсиз “2”

Саволларнинг 1\3 қисми тўғри ёритилган. Мавзуни асослашда жуда кўп хатоликларга йўл қўйиши. Мавзу бўйича хеч қандай тасаввурга эга эмас. Вазиятли масалалар нотўғри ечилган ёки қисман тўлиқ бўлмаган холда ечилган.. Лаборатория машғулотларини бажара олмаган.

16. Машғулотнинг хронологик харитаси.



Машғулот этаплари

Машғулот шакли

Давомийлиги (180 минут)

1

Ўқитувчининг кириш сўзи (мавзуни асослаш)

информация

5

2

Талабаларнинг назарий билим даражаларини янги технология усуллари ёрдамида бахолаш

Тушунтириш, сўров

50

3

Ўқитувчини мавзу бўйича умумлаштириши

информация

10

4

Мавзуни ўзлаштириши учун талабаларга кўрсатма материалларни таркатиш: микропрепаратлар, микроблар ўстирилган озик мухитлар

намоиш

15

5

Машғулотни амалий кисмини ўзлаштириши бўйича талабаларнинг мустакил ишлари

Ичак таёқчасига фенолнинг таъсирини ўрганиш. Қоғозли диск усулида микроорганизмларни антибиотикларга сезгирлигини аниқлаш.

50

6

Амалий иш натижаларини мухокама килиш ва талабаларни билим даражаларини бахолаш

Сўроқ, мухокама натижаларини текшириш

35

7

Хар бир талабани 100 балли система бўйича бахолаш ва эълон килиш

информация

10

8

Машгулот бўйича ўқитувчининг якуний сўзи ва келгуси машғулот мавзусини эълон қилиши

Информация, мустақил шуғулланиш учун саволлар

5

17. Nazorat uchun savollar:

1. Baktyeriyalarni antogonistik xususiyatini keltirib chikaruvchi faktorlarni sanab uting.

2. Penisillin katori antibiotiklari baktyeriyalarga kanday ta’sir kursatadi.

3. Baktyeriyalarni antibiotiklarga chidamliligini nimalar boshkaradi.

4. Nistatin, levoringa qaysi baktyeriyalar sezgir va ularni ta’sir kilish mexanizmlari.

5. Antibiotiklarni antibaktyerial spektyeri, misollar keltiring.

6. Baktyeriosenlar nima va u kanday baktyeriyalarda topilgan, ta’sir mexanizmi.

7. Mikroorganizmlarni antibiotiklarga ta’sirini aniklashda sifat buyicha va miqdor buyicha aniklash usullari

8. Baktyeriyalarning antibiotiklarga chidamlilik xususiyatini oshishi nimaga boglik

9. Mikroorganizmlarni antibiotikka sezgirligi aniklash usullarining tibbiyot amaliyotida axamiyati.

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 5.1.Asosiy adabiyotlar:

1. Muxamedov I.M. va b. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, O‘quv qo‘llanma.Toshkent, 2019 y.

2. Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A. Mikrobiologiyadan laborotoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma, Darslik. Toshkent, 2013 y.

3. Muxamedov I.M. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Tashkent, 2011 g.

4. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N., Zokirov M. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, Darslik, Toshkent, 2006 y.

5. Muxamedov I.M., Eshboev E.X., Zokirov N. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, Darslik.Toshkent, 2002 y.

5.2. Qo‘shimcha adabiyotlar

6. Zvyerev V.V. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Moskva, 2016 g.

7. Muxamedov I.M. i dr. Klinicheskaya mikrobiologiya. Rukovodstvo dlya vrachey. Tashkent, 2016 g.

8. Saryov V.N. Mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Moskva, 2016 g.

9. Muxamedov I.M., Xujayeva Sh.A., Rizaev J.A., Zakirov M.M. Stomatologiyada klinik mikrobiologiya, O‘quv qo‘llanma.Toshkent, 2015 y.

10. G.Tortora. Microbiology, 2015.

11. Murray P.R. Medical Microbiology. Elsevier Mosby. 2015.

12. Y. Levinson-Medikal Microbiology. California, 2015

13. Vorobev A. A. i dr. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Moskva. 2004 g. (Elektronnaya forma).

14. Muxamedov I. M. va boshqalar. Tibbiyot virusologiyasi, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2013 y.

15. Muxamedov I.M. va boshq. Umumiy virusologiya, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2012 y.

16. Vorobev A.A. Atlas medisinskoy mikrobiologii. Moskva. 2008 g.

17. Muxamedov I.M. Mikrobiologiya i immunologiya polosti rta v norme i patologii, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2005 y.

5.3.Intyernet saytlari

18. www.mikrobiologiya.uz.

19. http://meduniver.com/Medical/Microbiology/245.html

20. http://www. jmicrobiol.com

26

21. www.tsdi.uz.



22. www.mikrobiology.ru.

23. www.med.ru



6-mavzu. Stomatologik kasalliklarda (tish karashidan, og‘iz bo‘shlig‘idan, so‘lak bezlaridan, milk suyuqligi, karies bo‘shlig‘i va kanalidan, tish-milk cho‘ntagidan) baktyeriologik tekshiruvlar uchun material olish qoidalari.

Amaliy stomatologiyada ko‘pincha shilliq qavatlardan olingan bosma-surtmalar, yiringli ajralma, punktatlar tekshiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘i ma’lum tur baktyeriyalar tutuvchi og‘iz suyuqligi bilan yuvib turilgani uchun, og‘izning har xil sohalardan material olinayotganida namunaga so‘lak tushishini oldini olish kyerak. Buning uchun tekshirilayotgan sohani atrofi styeril paxtali tamponlar bilan o‘rab chiqiladi. Namuna olishdan oldin og‘iz bo‘shlig‘iga baktyerisid preparatlar bilan ishlov byerish mumkin emas hamda bemordan oxirgi ikki xafta ichida antibiotik qabul qilgan, qilmaganligini so‘rash lozim.

Og‘iz bo‘shlig‘i rezidentlarining ko‘pchiligi obligat anaerob ekanligini nazarda tutib, namuna olayotganda va uni laboratoriyagacha tashishda anaerobioz sharoitlariga rioya qilish lozim.

Tish karashini tekshirish

Tish karashi tarkibini tekshirishda mikroskopik va baktyeriologik usullardan foydalaniladi.

Tish karashini olishdan oldin og‘iz bo‘shlig‘iga puxtalik bilan gigienik ishlov byerish zarur, bunda turli xil mexanik usullardan foydalaniladi va gigienik indeksni aniqlash bilan ishlov byerish sifati nazorat qilinadi. Buning uchun, tish karashi joylashgan joyni aniqlashda maxsus eritmalardan foydalaniladi.

Tish karashini tekshirish uch jihatga asoslangan:

1. Tish yuzasidan karashni olish usuli.

2. Tish karashi namunasini dispyersiyalash usuli.

3. Mikroblarni mikroskopik hisoblash va ularning tirik qolish foizini aniqlash usullari.

1. Tish karashi namunasini olish usuli

Tish yuzasining mumkin bo‘lgan joyida (lunjdagi, tildagi) joylashgan karashni styeril asbob bilan qirib olish mumkin: ekskavator, skeylyer bilan. Proksimal yuzalarda joylashgan karashni olish uchun styeril ipdan foydalanish mumkin.

Chuqurcha va fissuralarda joylashgan karashlarni o‘tkir zond yoki uchi o‘tkir ortodontik ingichka sim bilan olinadi. Ayrim hollarda namunani kichik styeril paxtali tamponlar bilan olinadi. Biroq, karashni zich yopishishi va olinishini qiyinligi uchun bu usul faqatgina emaldagi mikroblar kolonizasiyasining boshlang‘ich bosqichini o‘rganish uchun yaraydi.

Milk usti tish karashini styeril ekskavator yoki skeylyer bilan olish mumkin. Patologik milk cho‘ntagidan namunani olish qiyinroq, chunki bunda baktyeriyalarning bir qismi tish ildizi yuzasiga birikkan, qolganlari esa milk suyuqligida erkin holatda bo‘ladi. Milk cho‘ntagidan mikroskopik tekshirishlar uchun namunani sellyuloidli ingichka plastinka bilan olish mumkin, bunda plastinkani ehtiyotkorlik bilan milk cho‘ntagiga kiritiladi va milk tomonidan tish ildizi yuzasiga taqaladi.

Plastinkani ichki qismida tishning ildiz qismidagi mikroblar, tashqi qismida esa milk suyuqligidagi erkin mikroblar yopishadi.

Milk cho‘ntagidagi namunani yana styeril kyuretaj qoshig‘i yoki chuqurchasi bor ingichka sim bilan olish mumkin. Olib tashlangan tishlardan qirma olish yoki gistologik kesmalar tayyorlash mumkin.

Baktyeriologik tekshirishlar uchun olingan namunani darrov tashuvchi ozuqa muhitiga (0,06 % tioglikol muhiti) solish lozim, bu mikroblarning tirikligini saqlab qolish uchun qilinadi.

2. Tish karashi namunasini dispyersiyalash usuli

Tish karashidagi baktyeriyalar soni va turlarini aniq bilish uchun namuna yaxshilab dispyersiyalangan bo‘lishi lozim.

Tish karashi konglomyeratlarini shishali marjonlar solingan gomogenizator va ultratovushli dezintegratorlardan foydalanib parchalanadi. Ammo, ultratovush ta’sirida ayrim baktyeriyalar nobud bo‘lishi mumkin: ayniqsa, spiroxetalar va ayrim grammanfiy baktyeriyalar ultratovush ta’siriga sezgir. Shu sababli, ultratovushli ishlov byerishni 10 soniyadan oshirmaslik kyerak.

3. O‘stirilganida mikroblar tirikligini mikroskopik hisoblash Suspenziyalangan mikroblarning bevosita mikroskopik hisoblashini Goryayeva kamyerasida amalga oshirish mumkin. Yana namunani qorong‘ilashtirilgan maydonda yoki faza-kontrastli mikroskopiya yordamida ham o‘rganish mumkin. Olingan namunada tirik hujayralarni aniqlashni styeril fiziologik eritmada syeriyali suyultirish usulidan foydalanib amalga oshiriladi (1:10, 1:20 va h.k.). Har bir suyulmadan ma’lum hajmdagi namuna qattiq oziq muhit yuzasiga ekiladi. Inkubasiyadan so‘ng KHQB soni aniqlanib, boshlang‘ich hajmga nisbatan qayta hisoblanadi. Ushbu usulning samarasi ishlatiladigan muvofiq ozuqa muhitlar va o‘stirish sharoitlariga bog‘liq, chunki rezidentlarning ko‘pchilik qismi qat’iy anaeroblar yoki mikroaerofillar hisoblanadi. Mikroblarning kam o‘sishini, namunani yetarli darajada dispyersiyalamaslik, suyultirish vaqtida mikroblarni shisha yuzasiga yopishishi va ozuq muhitlarni noto‘g‘ri

tanlanishi bilan tushuntirish mumkin.

Og‘iz suyuqligini tekshirish. Odatda og‘iz suyuqligini nahorga yoki ovqatlanganidan so‘ng 2 soat o‘tib olinadi, bunda uni 10 daqiqa davomida styeril probirkalarga yig‘iladi. Bunday so‘lakni

stimulyasiya qilinmagan, deb ataladi. Stimulyasiya qilingan so‘lakni olish uchun til orqasiga 1-2 tomchi styeril 2% limon kislotasi tomiziladi yoki 30 soniya davomida 5 g parafin bo‘lagi chaynaladi. Parotid so‘lakni olish uchun so‘lak yo‘llariga maxsus styeril kanyulya kiritiladi.

Karies bo‘shlig‘ini tekshirish. Boshida styeril bor yordamida, karies bo‘shlig‘idagi yumshagan dentinning so‘lak bilan namlangan ustki qatlamlari olib tashlanadi. Bunda so‘lakni tekshiriladigan materialga tushmasligini ta’minlab, boshqa styeril bor bilan bo‘shliqqa ishlov beriladi va styeril tekislagich yordamida dentinni tashuvchi oziq muhitga solinadi.

Kariesli kanallarni tekshirish. Tishning ildiz kanallaridan materialni, styeril paxtali turundalari bor ildiz ignalari bilan olinadi. Oldinroq 4-5 ildiz ignalariga ingichka paxtali turundalar o‘raladi, ularni qog‘oz paketchalarga solinadi va avtoklavda styerilizasiya qilinadi.

Milk suyuqligini tekshirish. Milk tarnovchasi, patologik milk cho‘ntagidan materialni kichik styeril kyuretajli qoshiqcha, skeylyer bilan olish mumkin. Milk suyuqligini, kapillyarlik prinsipiga asoslanib styeril mikropipetka, styeril shimadigan tasmachalar va styeril iplar yordamida yig‘ish mumkin.

Shilliq qavatdan olingan qirmalarni tekshirish. Qirmani shilliq qavat, tilning orqasidan styeril shpatel, tekislagich bilan olish mumkin. Eroziya, yaralardan material olishdan oldin ustki karashni quruq yoki styeril izotonik eritma bilan namlangan tampon bilan olib tashlash lozim, bunda antiseptik preparatlardan foydalanilmaydi. Bu material mikroskopik va baktyeriologik tekshirishlarda ishlatilishi mumkin. Ayrim hollarda, shilliq qavatdan yoki shikastlanish elementlaridan bosma-surtmalar

tayyorlash mumkin. Buning uchun yog‘sizlantirilgan, quruq, chetlariga ishlov byerilgan oynachani bir necha marotaba tekshirilayotgan joyga bosiladi. Agarda kirish qiyin bo‘lgan joylar bo‘lsa, namuna olish uchun plastik rezinkadan tayyorlangan styeril rezinali ustunchalardan foydalaniladi, boshida uni shikastlangan joyga, keyin oynachaga bosiladi.

Mavzu bo‘yicha: “RUChKA STOLNING O‘RTASIDA” NOMLI IShBILARMONLIK O‘YININI O‘TKAZISh USLUBI.

ISh UChUN ZARUR NARSALAR:

1.Savollar, alohida qog‘ozlarga yozilgan holda.

2. Toza qog‘ozlar, ruchka.

3. Ish daftari.

IShNING YuRITILIShI.

1. Hamma talabalar qur’a tashlangan holda 4 ta talabadan iborat bo‘lgan 3 guruxga bo‘linadi.

2. Har bir gurux alohida stol atrofiga o‘tirib, toza qog‘oz va ruchkalarni tayyorlaydi.

3. Qog‘ozga kun, oy, yil, guruxning raqami, qaysi kulliyotdanligi, ishtirokchi talabaning ismi sharifi va o‘ynalayotgan o‘yinning nomi yoziladi.

4. O‘yinda ishtirok etayotgan guruxga (umumiy) bitta aniq savolga javob byerish topshirig‘i beriladi

5. Har bir talaba qog‘ozga o‘zining ismi sharifini, to‘g‘ri deb hisoblagan javobini yozib yozgan qog‘ozini yonidagi ishtirokchiga uzatadi ruchkani esa stol o‘rtasiga surib qo‘yadi.

6. O‘qituvchi guruxning ishtirokini o‘yinni qay tarzda olib borayotganini nazorat qilib turadi. Umumiy aniq, to‘g‘ri javob daftarga yozib boriladi.

7. To‘g‘ri javob byergan talabaning eng yuqori oladigan balli -100%, reytingning teoretik qismidan kelib chiqqan holda. 2- o‘rinni olgan talabalarga-85,9 reyting hisobida; 3-o‘rinni olgan talabalarga -70,9% .

8. Javob byera olmagan yoki noto‘g‘ri javob byergan talabalarga - 0 ball beriladi.

9. Qog‘ozga o‘qituvchi ball va imzo qo‘yadi.

10. O‘yin davomida olingan ball mashg‘ulotlar davomida teoritik qism uchun byerilgan ball sifatida hisobga olib boriladi.

11. Jurnalning pastki qismida qo‘shimcha o‘tkazilgan o‘yin haqida belgi qo‘yib boriladi va bunga gurux sardori imzo qo‘yadi.



12. Ish bayonnomasi o‘qituvchida saqlanadi.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə