Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr



Yüklə 121 Kb.
səhifə10/27
tarix26.05.2022
ölçüsü121 Kb.
#88109
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Mavlonova

Psixobiagrafiya –shaxslarning hayot yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro‘-e’tiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Anamnez metod – bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish tarixi xaqidagi ma’lumotlarni yig‘adi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro‘-e’tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Praksimmetrik metodlar guruhi. Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo‘llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasbiy psixologiyaning bu guruhidan quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega.
Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan.Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.
Ye.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni omilli tahlil qilish yo‘li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so‘rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos bo‘ldi (RAQ).
RAQ 187 elementdan iborat bo‘lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko‘rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo‘l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar.
RAQ metodi asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bo‘limlar bo‘yicha javoblarni oladi. Ta’kidlash kerakki, RAQ – topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo‘lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo‘llaniladi. RAQ ishchilarni o‘qitish, malaka oshirish va ma’muriy jihatdan o‘zgarishlarida qo‘llaniladi.
Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik voqealar metoddir. Uning mohiyati shunda-ki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini tasvirlaydi.
Hujjatlarni o‘rganish – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
- Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga quyiladigan talablar;
- Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi;
- Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo‘nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma’lumotlar;
- Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog‘ligining holati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat metodi – bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to‘ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzalligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir.

Yüklə 121 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə