Mashina detallari uchun zagotovka turlari va


qo‘zg‘almas va ajralmas birikmalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
MARUZA - 9

qo‘zg‘almas va ajralmas birikmalar 
(payvand, kleylash, zo‘riqish o‘tkazishi 
bilan hosil qilingan birikmalar va hokazo); 
b) 
qo‘zg‘almas va ajraluvchi birikmalar 
(boltli yoki vintli birikmalar, konusga 
o‘tkazilgan va o‘tuvchi o‘tkazish bilan hosil qilingan birikmalar); 
v) 
qo‘zg‘aluvchan va ajraluvchi birikmalar 
(«vint-gayka» juftligi, oraliq 
o‘tkazish bilan 
hosil qilingan birikmalar, sharnirli va shu kabi birikmalar); 
g) 
qo‘zg‘aluvchan ajralmas birikmalar 
(titrash podshipniklari, tutqichni 
juvalangan o‘q bilan birikmasi va hokazo); 
Yig‘ish ishlari 
mashina va mexanizmlar tayyorlashda oxirgi ish hisoblanadi. 
Yig‘ish ishlari sifatli bajarilganligi mashina va mexanizmlarning ishonchli va uzoq 
vaqt ishlashini belgilovchi omildir. 
Yig‘ish ishlarini mashina va mexanizmlar tayyorlashdagi umumiy hajmi 20-
30% (qishloq xo‘jalik mashinasozligi), 40-60% (samolyot sozlik) tashkil etadi. 
Yig‘ish ishlarining tashkil qilish shakllari va o‘rni ishlab chiqarish sharoiti va 
mahsulot turiga bog‘liq bo‘ladi. Donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida 
yig‘ish operatsiyalari mexanika yig‘uv sexlarining yig‘ish bo‘linmalarida amalga 
oshiriladi. Seriyalar ishlab chiqarish sharoitida alohida yig‘uvchi sexlari tashkil etish 
mumkin. Ko‘p seriyali va yalpi ishlab chiqarishda maxsulotning ayrim yig‘ma 
birikmalari to‘g‘ri oqimli yoki oqimli ishlov berish tizimlarining oxirida yig‘iladi, 
tayyor mahsulotni hosil qilish esa alohida yig‘ish konveyerida bajariladi. 
Mexanik ishlov berishga sarflangan vaqt hajmiga nisbatan belgilangan yig‘ish 
uchun sarflangan vaqtning hajmini quyidagicha ifodalash mumkin: 
- donali va mayda seriyali ishlab chiqarish 40-50%; 
- o‘rta seriyalida 30-35%; 
- ko‘p seriyalida 20-25%; 
- yalpi ishlab chiqarishda esa 20% dan kam. 
Yig‘ish texnologik jarayonlarni loyihalash uchun dastlabki ma‘lumotlar. 


Yig‘ish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun asosiy dastlabki ma‘lumotlar 
quyidagilardan iborat: 
- mahsulotning umumiy ko‘rinishini va yig‘ma birikmalarini ifodalovchi 
chizmalar; 
- mahsulotni sinash va qabul qilish uchun texnik shart-sharoitlar; 
- mahsulot ishlab chiqarishni yillik dasturi; 
- mahsulotning yig‘ma birikmalari va detallarning spetsifikatsiyasi; 
Mahsulotning va uning yig‘ma birikmalarini, ishchi chizmalarini o‘rganilganda 
yig‘ish jarayonida operatsiya qilinishi talab etilayotgan texnik shart-sharoitlarga 
alohida e‘tibor qaratish kerak. Bular qatoriga detallarning o‘zaro joylashuvini 
ifodalovchi chiziqli va burchak o‘lchamlarining qo‘yimlari, detallarning o‘zaro 
o‘tkazish bo‘yicha oraliqlar kattaligi, tayyor mexanizmida bevosita ish jarayonida 
ayrim detallarning siljish kattaligi va shu kabilar. Tayyor mahsulotni qabul qilish 
bo‘yicha texnik shartlarda mahsulotni sifatli ekanligini belgilovchi ko‘rsatkichlarning 
chegaraviy miqdorlari beriladi. Ko‘p hollarda bu ko‘rsatkichlarning kattaligi sinov 
yo‘li bilan aniqlandi. Mahsulotning yillik ishlab chiqarish dasturida yig‘ilayotgan 
mahsulotning va uning yig‘ma birikmalarini massasi keltirilgan bo‘lishi kerak. 
Mahsulotning yig‘ma birikmalari va detallarning spetsifikatsiyalarida ularning nomlari 
bitta mahsulotda ishlatiladigan soni qaysi sexdan yoki ombordan keltirilishi 
ko‘rsatilgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
 
3.3.2-§. Yig‘ish texnologik jarayonlarning elementlari 
Mahsulot va uning yig‘ma birikmalarini ishchi chizmalarini o‘rganish va tahlil 
qilish natijasida mahsulot tarkibiga kiruvchi alohida elementlarning o‘zaro 
bog‘liqligini hamda ularni biriktirish ketma-ketligini belgilovchi mantiqiy yig‘ish 
sxemasi tuziladi. Yig‘ish jarayoni «oddiydan murakkabga» tamoyiliga asoslangan 
holda quyidagi davrlardan iborat bo‘ladi: 
a) yig‘ma birikmalarni va ularning ayrim qismlarini yig‘ish; 
b) agregat va mexanizmlarni yig‘ish; 
v) tayyor mahsulotni mutloq yig‘ish va uni rostlash; 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə