Mashinasozlik texnologiyasi


Populyatsiyalar dinamikasi



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/109
tarix11.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84440
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
Mashinasozlik texnologiyasi

Populyatsiyalar dinamikasi 
 
Populyatsiyalar  ekologiyasi  zararkunandalarning  ko’payishini  oldindan  aniqlaydi 
va  unga  qarshi  kurash  yo’llarini  ishlab  chiqadi.  U  turlarning  kritik  soni  va 
yashovchanligini  o’rganadi.  Populyatsiyadagi  organizmlar  sonining  dinamikasi 
uzoq, vaqt muddat davomida kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga 
bog’liqligi aniqlanadi.  
Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini, 
yoshi  va  jinsini  o’rganishdan  iborat.  Chunki  ular  hosildorlik  va  ko’payish 
xarakterini  ko’rsatadi,  bu  esa  yashash  sharoitiga  moslashish  kriteriyasi  bo’lib, 
o’lish bilan ko’payish o’rtasidagi nisbatan belgilaydi. 
Populyatsiyaning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  o’zini  son  jihatidan  idora  etishdir. 
Ayni  sharoitda  individlar  optimal  sonning  individlar  saqlanib  turilishi 
populyatsiyaning  gomeostazi  deyiladi.  Ta’rifdan  ko’rinib  turibdiki  populyatsiya 
guruhiy  birlashma  hisoblanadi.  Individlar  o’rtasida  aloqalar  bo’lishi  bilan  birga, 
ularning  yashab  turgan  joylari  bilan  ham  aloqalari  mavjud.  Guruhli  hayot  tarzi, 
populyatsiya  uchun  o’ziga  xos  xususiyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Bunday 
xususiyatlar  quyidagilardan  iborat:  populyatsiyaning  soni,  zichligi,  tug’ilishi, 
o’lishi, populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar. 


36 
 
Individlarning  ma’lum  xududda  tarqalishi,  jinsi  va  yosh  bo’yicha  nisbatlari, 
morfologik,  fiziologik  xulqi  va  genetik  xususiyatlar  populyatsiyaning  tuzilmasini 
ifodalaydi. 
Populyatsiyadagi  individlar  bir—biridan  yoshi,  jinsi,  o’zaro  chatishadigan 
avlodlariga  hayot  tsiklining  turli  fazalar  va  guruhchalarga  (poda,  koloniya  va 
boshqalar)  mansubligi  bilan  farq  qiladi.  Har  qanday  tur  populyatsiyalar  tizimidan 
tarkib  topadi.  Uning  tuzilmasi  esa  individlarning  harakatlanishi  yoki  ma’lum 
xududga  bog’liklik  darajasi,  tabiiy  to’siqlarni  yengib  o’ta  olish  kabi  biologik 
xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  U  doimiy  emas.  Populyatsiyalar  ichida 
organizmning  o’sishi,  turilishi  va  boshqa  ko’pgina  sabablarga  ko’ra,  ya’ni  tashqi 
muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq 
holda o’zgarish vujudga keldi. 
Populyatsiyaning  jins  tuzilmasi,  turli  yosh  va  guruhlardagi  erkak  va  urg’ochi 
individlarning  soni  orqali  ifodalanadigan  nisbatidir.  Populyatsiyadagi  jinslar 
nisbati,  birinchidan,  jinsiy  xromosomalarning  qo’shilishiga,  ya’ni  genetik 
qonuniyatlarga bog’liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit xam ta’sir 
etishi  mumkin.  Populyatsiyaning  evolyutsiyasi  uchun  urg’ochi  organizmlarning 
soni  muhim  ahamiyatga  ega,  Masalan,  odamlar  populyatsiyasining  potentsial 
o’sishi,  o’smir  va  qariyalar  emas,  15  yoshdan  35  yoshgacha  bo’lgan  ayollar 
hisobiga to’g’ri keladi. 
Populyatsiyadagi  individlarning  nobud  bo’lishi  va  jinslar  nisbati  amaliy 
ahamiyatga ega. 
Populyatsiyaning  yosh  tuzilmasi  qayta  tiklanish  jadalligi,  nobud  bo’lishi  darajasi 
va  nasllar  gallanishining  tezligi  kabi  muhim  jarayonlarni  ifodalaydi.  U  aniq 
sharoitga  qarab,  har  bir  populyatsiya  uchun  turning  genetik  hususiyatiga  bog’liq 
bo’ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. 
Populyatsiyani  boshqarish,  foydalanish,  monitoring  va  muhofaza  vositasi  bo’lib 
xizmat  qiladi.  Chunki  populyatsiya  sonining  boshqarilishi  tabiatda  kuzatiladi, 
uning  bir  qismi  olinganda  u  yana  tiklanadi.  Shuning  uchun  populyatsiyani 
boshqarish  muhofaza  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  U  monitoring  vositasi  ham, 
chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza qilganda esa 
populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish 
mumkin. 
Hozirgi  vaqtda  antropogen  omillar  ta’sirida  tabiiy  o’simliklar  jamoasida  ba’zi  bir 
ko’p 
iste’mol 
qilinadigan 
dorivor 
va 
yem-xashak 
o’simliklarining 
populyatsiyalaridagi  organizmlar  meyorsiz  foydalanish  natijasida  yo’qolib 
ketmokda.  Masalan,  mollar  ko’p  yeydigan  yem  —xashak  o’tlari  meyorsiz 
foydalanish  natijasida  Angren  adirlari  va  boshqa  joylarda  kamayib  bormoqda, 
ularning joyini esa termopsisga o’xshagan mollar iste’mol qilmaydigan o’simliklar 
populyatsiyasi  egallamoqda.  Shuning  uchun  foydali  o’simliklar  populyatsiyasini 
saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo’li bilan kuzatish kerak va foydali 
o’simliklar  populyatsiyasining  tiklanishi  uchun  tabiatdan  meyorda  foydalanish 
kerak. 
 


37 
 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə