Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining ishchi o


Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari



Yüklə 223,49 Kb.
səhifə5/7
tarix01.06.2023
ölçüsü223,49 Kb.
#114862
1   2   3   4   5   6   7
113182 Matematika 3-kurs 2020 (maxsus sirtqi) (2)

8. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 19 avgustdagi 19-2018 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069-son bilan ruyxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq chiqildi.



Baholash usullari

Ekspress testlar, yozma ishlar, og`zaki so`rov, prezentatsiyalar va boshqalar

Baholash
mezonlari

5” baho (a’lo) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining maqsad va vazifalarini, bo‘limlarini, ilmiy va amaliy asoslarini, tamoyillarini, o‘zaro fanlararo bog‘lanishni, ta`lim jarayonida qo‘llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, fanning xususiyatlarini va mazmunini, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baholash mezonini, asosiy o‘quv vositalari darslik, o‘quv qo‘llanmasi va boshqa vositalarni qo‘llash metodikasini, Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha metod va usullarni, boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish metodikasi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo‘lgan muammolarini, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay bo’lgan shakllari, usullari va vositalarini, ta’lim jarayonida integratsiyalashni, innavatsiyon texnologiyalardan foydalanishni, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay bilishi kerak.
4” baho (yaxshi) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining bo‘limlarini, o‘zaro fanlararo bog‘lanishni, ta`lim jarayonida qo‘llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, ta’lim mazmunini, vazifasi va maqsadini, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baholash mezonini, fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha metod va usullarni, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay bo‘lgan shakllari, usullari va vositalarini bilishi kerak.
3” baho (qoniqarli) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining bo‘limlarini, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan metodlarni, fanning mazmunini, vazifasi va maqsadini, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baholash mezonini, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning usullari va vositalarini bilishi kerak.
2” baho (qoniqarsiz) Fan mavzularni o’zlashtirmaganlik, fanning (mavzuning) mohiyati bilmaslik va tushunmaslik. Fan, uning ilmiy ijoddagi o’rni haqida aniq tasavvurga ega bo’lmaslik.


Yüklə 223,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə