Matematika darslarida innovatsion texnologiyalar



Yüklə 304,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix01.04.2023
ölçüsü304,43 Kb.
#103936
1   2   3   4   5   6
2069-Article Text-4284-1-10-20211127

“Matematik bozor” o‘yini 
- Bu mashg‘ulotni odatda biror katta bo‘lim yoki 
bobning oxiridagi takrorlash darslarida o‘tkazish mumkin. Biror bob yakunlangandan 
keyin o‘qituvchi shu bobda o‘rganilgan materiallarga taalluqli misollarni 
kartochkalarga yozib tayyorlaydi. Har bir kartochkada 2-3 tadan turli qiyinlikdagi 
misollar yoziladi va har bir misolga qiyinlik darajasiga qarab “narx” belgilanadi 
(masalan 50so‘m, 100so‘m, 200so‘m,...). Kartochkalar soni sinfdagi o‘quvchilar 
soniga qarab tuziladi. O‘quvchilar 4 tadan qilib guruhlarga bo‘linadi, bunda sinfda 
o‘rtacha 8-10 ta guruh tashkil qilish mumkin. Demak, har bir kartochkadan guruhlar 
soniga mos ravishda 8-10 tadan tayyorlash kerak bo‘ladi. Kartochkalarning turi esa 4-
5 xil bo‘lsa yetarli bo‘ladi (jami 32-40 ta kartochka). Har bir guruh kartochkalardan 
bittadan oladi, ya’ni har bir guruhda 4 yoki 5 xil kartochka bo‘ladi, “narxlar” 
kartochkalarda har bir misol (savol) to‘g‘risida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
 
1-variant 
1. Topshiriq 
100s. 
2. Topshiriq 
150s. 
3. Topshiriq 
200s. 
Biror guruh 1-variantdagi topshiriqlarni birichi bo‘lib bajarsa, o‘qituvchiga 
ko‘rsatadi va o‘qituvchi yechimni tekshirib shu guruh ishlagan pulni doskada 
tayyorlab qo‘yilgan jadvalga yozib qo‘yadi. Shu 1-variantni keyingi bo‘lib ishlagan 
guruhga har bir topshiriqdan 25 so‘mdan chiqarib tashlanadi. Shu tariqa guruhlar har 
bir variantdagi topshiriqlardan iloji boricha ko‘proq va tezroq yechishga va ko‘proq 
pul to‘plashga harakat qiladilar. Variantlardagi topshiriqlar xilma-xil va har xil narxli 
bo‘lishi mashg‘ulotlarni qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
886


Ma’lum vaqtdan so‘ng (masalan 30 minutdan keyin) “bozor” to‘xtatiladi va 
o‘qituvchi guruhlar to‘plagan pullarni jadval yordamida hisoblaydi. Guruhlarni 
nomerlash yoki ularning o‘zlari guruhga nom tanlashlari mumkin. Qaysi guruh 
ko‘proq pul to‘plagan bo‘lsa, shu guruh g‘olib topiladi, qolgan guruhlarga ham 
o‘rinlar beriladi. O‘qituvchi guruhlarning bajargan ishlarini kuzatib, qaysi guruh biror 
topshiriqni bajarishga qiynalgan yoki bajara olmagan bo‘lsa, shu topshiriqni bajargan 
guruhlar yechimini doskada namoyish qilib berishlari mumkin. Biror topshiriqni har 
bir guruh bajara olmagan bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi shu topshiriqni yechish 
yo‘llarini ko‘rsatib berishi mumkin va shu kabi misollar ustida ishlash zarurligini 
bilib olishi mumkin. 
So‘ngra o‘qituvchi guruhlarning to‘plagan pullariga qarab o‘quvchilarni 
baholaydi. Besh balli tizimda eng ko‘p pul to‘plagan guruh o‘quvchilariga 5 ball, 
keyingi 2 ta guruhga 4 balldan, keyingi 3ta guruhga 3 balldan va hokazo, qo‘yish 
mumkin. 
Yakuniy jadval 
1-V 
2-V 
3-V 
4-V 
5-V 
Jami 
O‘rin 
Ball 
1-G 
500 
425 
2-G 
425 
350 
3-G 
350 
500 
Bu usullardan foydalanish doiralari: 
Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda. 
Afzalliklari
ushbu mashq o‘quvchilarga maktabda o‘rganiladigan fanlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yordam beradi, o‘quvchilar birmuncha dastlabki 
ishni bajarishga ulgurgan mavzular o‘rtasidagi aloqani o‘rganish uchun juda qulay 
imkon yaratadi. 
Zamonaviy o‘qituvchining muammolardan biri - muammolarni aniqlash va aniq 
misollar bilan talabalarga tushuntirish. Bu sifat ta’lim tizimini barpo etishning juda 
muhim shartidir. Chunki ilm murakkabligi amaliy muammolarni hal qilish uchun 
qo‘llash samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kun o‘quvchisini bugungi zamonning 
talablari asosida o‘qitish lozim. Zero, yangi texnologiyalar zamonida dunyoga 
kelayotgan o‘g‘il-qizlar o‘zining bir qator umumiy sifatlari bilan ajralib turadi. 
Turmush tarzimiz, qiziqish va xohish-istaklarimiz global makonda qariyb o‘xshash 
tus olayotgan bir vaqtda kechagi o‘qitish usullari bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 
Zamon bilan hamqadam rivojlanib borgandagina yuksak intellektual avlodni 
tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga 
tatbiq etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish va ta’lim jarayoniga texnologik 
yondashish mumkin. Hamda bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-
talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Ta’limda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
887


innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadidagi ilmiy natijalarni o‘rganish va 
nazariy ma’lumotlarni tayyorlash, o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otishga 
xizmat qilishi mumkin. 
Shu bilan bir qatorda yoshlarni olimpiadalarga tayyorlash mashg‘ulotlarida 
interfaol metodlardan foydalanish [1-27] ham maqsadga muvofiq. Tajribalar shuni 
ko‘rsatmoqdaki, mashg‘ulotlar davomida matematikaning amaliyotga tadbiqlariga 
bag‘ishlangan ilmiy ishlar [28-29] bo‘yicha qisqacha ma'lumotlar berilishi, ularda 
fanga bo‘lgan qiziqishni ortishi va dunyoqarashlarini kengayishiga hamda ilmiy 
ishlar [30] chop qilishlariga sabab bo‘lmoqda. 

Yüklə 304,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə