Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə26/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Matnshunoslik

NAZORAT SAVOLLARI

Ilmiy-tanqidiy matn necha qismdan iborat?


Ta’limiy she’riyat nima?
Ilhom ehtiyoji va burch mas’uliyati deganda nimani tushunasiz?
Qo‘lyozmada unvon tushunchasi nima?


Test savollari

Savollar

To‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Ifoda yo‘llari haqidagi ilm



bayon ilmi;



so‘z yasalishi haqidagi ilm;;

she’r vaznlari haqidagi ilm;

misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm

Mubayyin” kimning asari:

* Bobur



Fuzuliy;



Navoiy

Mashrab

Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida

12 ta *

10 ta

8 ta;



4 ta.

Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:



*shakliga;

ruhiga;



mazmuniga

Tiliga

Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:



tab’i nazm;

adabiy ta’lim;

qofiyadoshlik;

ma’no uyg‘unligi.



Asos-matn matnshunos tomonidan amalga oshirilgan eng to‘la, mukammal ishdir. Lekin asos-matnni qayta tuzish yoki unga tuzatishlar kiritish ham mumkin. D. S. Lixachev asos-matnni “kanonicheskiy”, ya’ni “yopiq, tugallangan” matn deb bilib, quyidagicha xulosaga keladi: “Asos(kanonicheskiy) matn oshkoro bo‘lmagan kelishuv, klassik asarlarni nashr etishda ommaviy muhokama va ilmiy taqrizlar natijasida vujudga keladi”143.


Bizningcha, muayyan asar asos-matni tuzilgandan so‘ng ham, qadimiy nusxalar aniqlanishi yoki muallif nusxasining topilishi kabi sabablar bilan asos-matn qayta tuzilishi mumkin. Bunday holda asos-matnni yakunlangan deb hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, Firdavsiy “SHohnoma”sining 1966 yili E. E. Bertels muharrirligida tanqidiy matni tuzilgan edi.1441991 yili M.-N. Osmanov asarning qadimiy qo‘lyozmalarini aniqlash asosida asarning ilmiy-tanqidiy matnini qayta yaratdi.145
Matnshunosning asos-matn tuzish uchun tamoyil tanlashiga nashr tipi maqsadi sabab bo‘ladi. Asos-matn yig‘ma-tanqidiy, ilmiy-tanqidiy kabi tamoyillardan biri tanlanishi bilan amalga oshiriladi. A. S. Reyserning yozishicha, matnshunos asos-matn tuzishda matnni boshqa ma’lumotlar asosida tekshirishdan o‘tkazadi va matnni asl holati darajasiga etkazishga harakat qiladi.146
Yig‘ma-tanqidiy matn matnshunos aniqlagan, imkoniyatida bo‘lgan manba nusxalari asosida amalga oshiriladi. D. S. Lixachev qayd etishicha, bunday matn tayyorlashda xuddi dastlabki yoki muallif qalamiga yaqin nusxa tiklanadi. Birinchi holatda, mavjud qo‘lyozmalardan asos nusxa tanlanishiga ahamiyat beriladi. Ikkinchi holatda, matnshunos asos uchun eng tuzatilgan nusxani, ya’ni boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam – so‘z tushib qolmagan, xatolar, noaniq joylar oz nusxani jalb etadi. Ammo ba’zi nusxalardagi tuzatishlar soxta, xattot tomonidan kiritilgan, asl nusxaga muvofiq bo‘lmasligi ham mumkin. Bu, albatta, inobatga olinadi. Uchinchi holatda esa, matnshunos manbalardan nisbatan qadimiysini tanlaydi. To‘rtinchi holatda, matnshunos asos qilib nisbatan individual belgilari kam bo‘lgan nusxani tanlab, yig‘ma-tanqidiy matn tuzadi.147
Bunday matn xususida A. Erkinov o‘zining xulosalarini shunday bildiradi: “Yig‘ma-tanqidiy matn muallif dasxati yoki muallif nazorati ostida ko‘chirilgan qo‘lyozma mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif yaratgan asl matnni yaratish yo‘lidagi bir bosqichdir. Mullif dastxati yoki muallif nazorati ostida ko‘chirilgan qo‘lyozma mavjud bo‘lganida ilmiy-tanqidiy, ya’ni muallif yaratgan matnga yaqin matn to‘g‘risida gapirish mumkin”148. SHuning uchun ham M.-N. Osmanov “SHohnoma”ning 1966 yildagi nashrini tanqidiy matn emas, balki yig‘ma matn deb hisoblaydi. M.-N. Osmanov fikrini ilmiy-tanqidiy matn tuzishda qo‘lyozmalar bazasining kamligi, matn turli tahrirlar aralashuvidan tuzilganligi, asarning kompozitsion qurilishi to‘liq ifodalanmasligi, ya’ni ba’zi dostonlarning qo‘shilishi yoki ajratilishi kabi asosli kamchiliklarni ko‘rsatish bilan tasdiqlaydi.149
Matnshunos yig‘ma-tanqidiy matn tayyorlashda tayanch nusxani tanqidiy kuzatuvga olmaydi. YA’ni, tayanch nusxa matni aynan ko‘chiriladi, qolgan asos nusxalar matnidagi farqli o‘rinlar ilmiy apparatda qayd etib boriladi. Xususan, 1948 yili A. N. Kononov “Mahbub ul-qulub” asarining yig‘ma(svodniy) matnini yaratdi.150 So‘zboshidan ma’lum bo‘ladiki, asar matni Leningrad hamda Toshkent qo‘lyozmalar fondda saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma nusxa asosida tiklangan. Ularning eng qadimiysi XVI asr boshlarida kitobat qilingan Leningrad nusxasi(2095) bo‘lib, matn shu qo‘lyozma asosida tuzilgan, boshqa nusxalar solishtirilib, ular orasidagi farqlar ilmiy apparatda ko‘rsatib borilgan. A. N. Kononov so‘zboshida o‘zi amal qilgan matn tuzish tamoyili xususida hech qanday ma’lumot bermaydi. P. Shamsiyev asar nusxalari qiyosiy o‘rganilganligidan bo‘lsa kerak, “Mahbub ul-qulub”ning bu matnini chog‘ishtirma matn deydi.151
Asos-matnini ilmiy-tanqidiy tamoyil bilan tuzish manbaning eng qadimiy, benuqson, to‘la deb topilgan nusxasi aniqlangandan so‘ng amalga oshiriladi. P. Shamsiyev jahon qo‘lyozma fondlarida Navoiy asarlari qadimiy qo‘lyozmalarining topilishi shoir asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish uchun katta imkoniyat berganligini qayd etadi.152Xususan, P. Shamsiyev Qozon davlat universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Xamsa”ning XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilingan nusxasining aniqlanishi haqida shunday yozadi: “Xamsa”ning ana shunday qadimiy nusxasining topilishi navoiyshunoslikda muhim hodisadir. CHunki u ulug‘ shoir asarining yagona ilmiy-tanqidiy matnini tuzish ishini yanada takomillashtirish yo‘lida zarur manba xizmatini o‘taydi, matn tuzishdagi ko‘pgina masalalarni, chigalliklarni hal etishga yo‘l ochadi”153.
Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda matnshunosning asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur bilishi va aniq xulosaga kelishi muhimdir. CHunki tayanch deb olingan nusxa matni ham boshqa asos nusxalar singari tanqid ostida bo‘ladi.
Yig‘ma-tanqidiy matn matnshunos aniqlagan va bir qator ko‘rib chiqqan manba nusxalari asosida amalga oshiriladi. Matnshunos yig‘ma-tanqidiy matn tayyorlashda tayanch nusxani tanqidiy kuzatuvga olmaydi. YA’ni, tayanch nusxa matni aynan ko‘chiriladi, qolgan asos nusxalar matnidagi farqli o‘rinlar ilmiy apparatda qayd etib boriladi. Yig‘ma-tanqidiy matn asarning asosiy matni hisoblanadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzish talablariga javob bermaydi. Yig‘ma-tanqidiy matn tuzishning muhim ahamiyati shundaki, asar matni tiklanadi va keyingi matnshunoslik ishlarining keng va chuqur tarzda olib borilishiga zamin yaratiladi. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtograf) bo‘lmagan taqdirda asarning qadimiy, ishonchli nusxasi asos sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi manba sifatida foydalaniladi. Matnshunos ishga jalb etilgan nusxalarni qiyosiy o‘rganib, tayanch nusxadan kelib chiqqan holda barcha matniy o‘zgarishlarni tagxat(ilmiy apparat)da qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi uning ilmiy qimmatini oshiradi.
Ko‘p nusxali manba ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralash muhim hisoblanadi. R. Zohid qayd etganidek, ko‘p nusxali manba matni ustida ishlash, ayniqsa, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan o‘ta mashaqqatli, ammo sermahsul mehnatdir.154
Asl matnni tuzishda yig‘ma-tanqidiy bilan ilmiy-tanqidiy yondashuv farqlanadi. Lekin ba’zan, ularni chalkashtirib yuborish hollari uchramoqda. Jumladan, Q. Ergashev Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlari yaratilishi xususida so‘z yuritar ekan, “Mahbub ul-qulub”ning A. N. Kononov tomonidan tayyorlangan nashrini asar ilmiy-tanqidiy matni deb hisoblaydi.155
Asl matnni tiklash, tuzish ishida boshqayondashuvlarham mavjud. Jumladan, D. S. Lixachevning A. A. SHaxmatov haqidagi bir maqolasida shunday yoziladi: “SHaxmatovdan oldingi matnshunoslar matn tuzishda rekonstruksiyalar yasab, oldindan tuzilgan konsepsiyalariga matnni moslashtirishgan. A. A. SHaxmatov o‘zining ilmiy tadqiqotlarida burilish qildi. U avval matnni tadqiq etdi, qo‘lyozmalar bog‘liqligini aniqladi, kelib chiqishini belgiladi va so‘ngra nashr ettirdi”156. Agar to‘g‘ri mulohaza yuritsak, bunday matn tashqi belgilar asosida tiklanadi, matn tarixini yaratish, nusxalarning aloqadorlik, bog‘liqlik munosabatini aniqlash kabilar mutlaqo tadqiq doirasida bo‘lmaydi. Bunday matnga “aniq bir matn, lekin asl asos-matn emas”157 deb qaraladi.
A. Habibulaevning qayd etishicha, asarning qurama matni ham tuzilishi mumkin. Bunda mavjud qo‘lyozma nusxalar matni asosida matniy tafovutlar birma-bir almashtirilib boriladi. Aniq nusxa tanlanmaydi. Bunday matn rus matnshunosligida XVIII – XIX asrlarda qo‘llanilgan.158
SHunday qilib, asl matnni yuqorida keltirilgan yondashuvlardan biri tanlanganidan so‘ng, kitobga aylanadi. Tomashevskiyning ta’kidlashicha, “matn bilan ishlashda birinchi navbatda kitob tabiatini aniq bilish zarur”159.
Matn kitoblashuvida nashr tipi, matn joylashuvi, nashr yordamchi apparati kabilarning tayyorlanishi muhim. Bugungi kunda millionlab kitobxon talabini qondirish uchun ko‘plab yirik – “Fan”, “Ma’naviyat”, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, “CHo‘lpon”, “Meros”, “SHarq”, “O‘zbekiston”, “YAngi asr avlodi”, “Tasvir”, “O‘qituvchi”, “Adolat” singari nashriyotlar faoliyat olib borishmoqda. Nashr tiplari kitobxonning talabi va qiziqishlariga moslashtirib maxsus tayyorlanadi. “Nashrni kimga mo‘ljallanganini hisobga olmaslik – bu kitobni havoga sovurishdir”160.
O‘zbek matnshunosligi nazariy va amaliy aspektlari, tadqiqot usullari xususida P. Shamsiyev, H. Sulaymonov, A. Hayitmetov, B. Valixo‘jaev, I. Abdullaev, A. Rustamov, S. G‘aniyeva, SH. Sirojiddinov, N. Rahmonov, V. Rahmonov, N. Jumaxo‘ja, M. Hamidova, Habibullaev, I. Bekjonov kabi olimlarning ilmiy-tadqiqotlari va maqolalarida qimmatli fikr-mulohazalarni uchratish mumkin.161

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə