Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə28/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Matnshunoslik

Asosiy adabiyotlar:

  1. Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962.

  2. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  3. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  4. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  5. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017



7-Mavzu: TABDIL QOIDALARI, TRANSLITERATSIYA VA TRANSKRIPSIYA
Mavzu rejasi:

  1. Ilmiy nashrlar yaratish masalasi

  2. Transkripsiya, transliteratsiya va matn tabdili

  3. Ilmiy nashrlarda ishlatiladigan texnik belgilar

  4. Rasmiy hujjatlar: tavsif, transkripsiya va talqin namunasi

Savol va topshiriqlar.


1.Ilmiy nashrlar yaratishda nimalar e’tiborga olinadi?
2.Transkripsiya, transliterasiya va tabdil qanday muammolarni hal qiladi?
3.Ilmiy nashrlarda ishlatiladigan belgilar nimalardan iborat?
4.Rasmiy hujjatlar haqida qanday tushunchadasiz?


Asosiy adabiyotlar:

  1. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  2. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  3. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  4. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017



8-Mavzu: ABJAD HISOBI
Mavzu rejasi:

  1. Abjad hisoblash usuli

  2. Abjad hisoblash orqali manbalarning sanasini aniqlash

  3. She’riyatda harflar vositasidan foydalanish

Arab alifbosi 28 harfdan iborat. Alifbodagi birinchi kelayotgan 9 ta harf birlik sonlarni ifodalaydi. Shu tartibda o‘nliklar, yuzliklar va mingliklar keltiriladi. Bu hisob “jumal hisobi” deb ham ataladi.

(alif )

( be )

(jim )

( dol)

(he )

(vov )

( ze)

(he )

(to )

(yo )














(Kof )

(Lom )

( Mim)

( Nun)

( Sin)

(Ayn )

( Fe)

( Sod)

(qof )

(re )

20

30

40

50

60

70

80

90

100

200




(shin )

(te )

(se )

(xe )

(zol )

( zot)

(zo )

(g‘ayn )

300

400

500

600

700

800

900

1000

Raqamlarni oson xotirada saqlab qolish uchun quyidagi tartibda sun’iy so‘zlardan iborat 8 guruh o‘ylab topilgan:



Abjad

Havvaz

Hutti

Kalaman

Sa’fas

Qarashat

Saxxaz

Zazag‘

alif – 1
be – 2
jim -3
dol -4

he (hoyi havvaz)- 5
vov – 6
ze -7

he (hoyi hutti) -8
to
(itg‘i) - 9
yo -10

Kof -20
Lom -30
Mim -40
Nun -50

Sin -60
Ayn -70
Fe -80
Sod -90

qof-100
re-200
shin-300
te-400

se-500
xe-600
zol-700

zot-800
zo (izg‘i)-900
g‘ayn-1000

Turkiy va forsiy til alifbolarida arab tiliga qo‘shilgan 3ta harf- “p,” “ch”, “g “arab tilidagi “b”, “j” va “k” harflari asosida yasalgani uchun shu arab harflari anglatgan raqamlarni ifodalaydilar.
Masalan, Alisher Navoiyning
Harfi ishq o‘ldi azaldin safhai jonimda sabt,
Har ne andin o‘zga barcha lavhi isyonimda sabt,
Matla’li g‘azali maqtasi shunday keltiriladi:
Ishq tiyg‘i yorasidin o‘lganim tarixini ,
Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt.
Matlada g‘azalning yozilgan vaqti “sabt” so‘zida yashirin. “Sabt” so‘zi arabcha “se”-500, “be”-2, “te”-400 raqamlarni ifodalovchi harflardan tashkil topgan. Ularning yig‘indisi 902ni tashkil etadi. Demak, g‘azal hijriy 902 yilda, milodiy hisobida 1497 yilda yaratilgani ma’lum bo‘ladi.
Ilmiy mazmundagi qo‘lyozma manbalarda abjad harflari matnlarni turli bo‘limlarga bo‘lishda, astronomiya, matematika singari aniq fanlarga oid tadqiqotlarda tartib raqamlarini ifodalashda ham qo‘llaniladi. Bunday hollarda harflar ustiga chiziq tortib qo‘yiladi. Masalan, .... (lab)-32, .... (lav)-36, ....... (g‘azanah)-1958.

Savol va topshiriqlar


1.Abjad hisobi qanday yaratilgan va u nima uchun “abjad hisobi” deb ataladi?
2.Yshbu Sistema nima uchun xizmat qiladi?
3.tarix moddasini abjad asjsida hisoblang|مظهرعلما- Mazhari ulamo.


Asosiy adabiyotlar

  1. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  2. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  3. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  4. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017



9-Mavzu: HIJRIY VA MILODIY-YILLARNI HISOBLASH
Mavzu rejasi:

  1. Yil hisoblari haqida ma’lumot

  2. Hijriy yil hisoblarini milodiyga tabdil qilish

  3. Milodiy yil hisoblarini hijriyga tabdil qilish



Hijriy va qamariy yil hisoblari. Oy er atrofida aylanadi. Shuning uchun ham uning fazalari (bizga ko‘rinadigan pallalari) sathi goho kichik, goho katta bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Xalqimizda “uch kunlik oydek”, “to‘lin oydek” degan iboralar shundan. Har safar yangi oy ko‘ringanda “oy boshi bo‘libdi”, “yangi oy tug‘ibdi” deb qo‘yiladi. O‘tgan oy boshi bilan yangi oy boshi o‘rtasidagi muddat 29 sutka, 12 soat, 44 daqiqa, 3,8 soniyadan iborat. Demak, Oy hisobi bilan bir yil 354 kundir. Musulmon davlatlarining asosiy qismida ana shu oy hisobi vaqt o‘lchovi sifatida qabul qilingan va hijriy qamariy (ya’ni oy) yil hisobi deyiladi. Hijriy deyilishiga sabab, bu islom dini tarixi bilan bog‘liq. Muhammad payg‘ambarimiz Makkadan Madinaga hijrat qilgan 622-yil 16 iyul kunidan boshlab musulmon yil hisobi joriy etilgan. Musulmon yil hisobi xalifa Umar ibn al-Xattob tomonidan milodiy 638-yil, ya’ni tarixiy hijrat kunidan 16 yil o‘tib joriy etgan. Xristianlar esa milodiy yil hisobi bilan ish ko‘radilar. Bu ham din tarixi bilan bog‘liq. Xristian dinida yil hisobi sifatida Iso payg‘ambarning tug‘ilgan kuni , to‘g‘rirog‘i, tug‘ilganidan keyin 7 kun o‘tib, huqna qilingan kuni asos qilib olingan. Xristianlar erning quyosh atrofida aylanish sikli bo‘yicha o‘z yil hisoblarini yaratishgan. Er quyosh atrofini 365 kunu 6 soat ichida bir marta aylanib chiqadi. Shu bilan bog‘liq ravishda milodiy bir yil 365 kun, Kabisa yili esa 366 kunni tashkil etadi. Demak, hijriy qamariyning bir yili milodiy bir yildan 11 kun kam. Shu tufayli hijriy qamariy yil hisobi bilan bog‘liq bo‘lgan diniy marosimlar - ramazon,mavlud, haj safari, hayitlar ko‘chib yuradi. Ular har safar o‘tgan yildagiga ko‘ra 11 kun oldin keladi. Shu tariqa, har yili 11 kundan kamayib, milodiy yil hisobidan ortda qola boshlaydi. 32 yil mobaynida 363 kun ortda qoladi. Bu esa milodiy yil hisobi bilan deyarli bir yilga teng. Nari-berisi bilan milodiy 32 yil davomida hijriy qamariy yil 33 yil ortda qolishi ilmda qabul qilingan. Hijriy qamariy yil hisobidan boshqa hijriy shamsiy yil hisobi ham bor. Bu islom davlatlari bo‘lgan Eron va Afg‘onistonda amal qiladi. Turkiyada ham ilgari shu yil hisobi bilan ish ko‘rilgan. U milodiy yildan faqat yil boshi bilan farq qiladi. Hijriy shamsiyni milodiy yilga aylantirish juda oson. Istalgan hijriy shamsiyga 621 raqamini qo‘shsangiz, milodiy yil hosil bo‘ladi. Yoki, aksincha, milodiyni hijriy shamsiyga o‘tkazish uchun istalgan milodiy yildan 621 raqamini olsangiz kifoya. Hijriy shamsiy 21 martdan boshlanadi.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə