Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə25/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Matnshunoslik

Asosiy adabiyotlar

  1. Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962.

  2. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  3. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  4. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  5. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017, – 160 b.



6-Mavzu: MATN SHAKLLARI, PRINSIPLARI
Mavzu rejasi:

  1. Matn tuzishning shakllari.

  2. Ilmiy tanqidiy matn tuzish prinsiplari.

  3. Ilmiy-ommaviy matn

  4. Yig‘ma-qiyosiy matn.

  5. Faksimil nashr

Ilmiy-tanqidiy matn – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish. Ko‘p nusxaga ega manba matni ustida ishlash, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.
Ichki unvon – asosiy matnning turli rangdagi to‘q siyohlar bilan jadvalga olinishi. Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, zina, romb, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bezak vazifasini o‘tovchi bu shakllar ko‘proq she’riy matnlarda qo‘llangan.
Yig‘ma-qiyosiy matn – iatnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq varianti.
Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘nggida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirish sanasi va kotib mulohazalari beriladi.
Poygir – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirub keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi. Poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi.



Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə