Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə21/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Matnshunoslik

Konyekturamatn kontekstidan kelib chiqib, matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni matn mantig‘idan kelib chiqib tiklash. Konyektura beixtiyor yoki e’tiborsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
Test savollari



Savollar

To‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Ifoda yo‘llari haqidagi ilm



bayon ilmi;

so‘z yasalishi haqidagi ilm;;

she’r vaznlari haqidagi ilm;

misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm

Mubayyin” kimning asari:

* Bobur



Fuzuliy;



Navoiy

Mashrab

Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida



12 ta *

10 ta

8 ta;



4 ta.

Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:



*shakliga;

ruhiga;



mazmuniga

tiliga

Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:



tab’i nazm;

adabiy ta’lim;

qofiyadoshlik;

ma’no uyg‘unligi.





Asosiy adabiyotlar

  1. Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962.

  2. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  3. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  4. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.

  5. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017, – 160 b.



4-Mavzu: LITOGRAFIK MANBALAR, FIHRISTLAR, KOTIB VA NOSHIRLAR, YIG‘MA-QIYOSIY MATNLAR
Mavzu rejasi:

    1. Yurtimizda noshirlik ishlari tarixi

    2. Nashrlarni turlarga ajratib o’rganish

    3. Qadimiy va hozirgi zamon kitoblari

Toshbosma nusxadagi kitoblar O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lishi bilan birga ba’zi bir yozma yodgorliklarning dastlab toshbosmada bosilishi kabi jihatlari matnshunoslik nuqtai nazaridan muhim hodisa hisoblanadi.


O‘zbek matnshunosligi taraqqiyotida bu bosqich o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, toshbosma nusxa tayyorlash uchun aynan matnshunosning ishini bevosita o‘z vazifasi bilan aloqador holda kotib, noshir, muharrir kabilar amalga oshirgani e’tiborlidir.
O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixini o‘rgangan xattot A. Murodov ta’kidlaganidek, SHarqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir shaxsni biz oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi sifatida emas, balki o‘z zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol o‘ynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbob sifatida taniymiz.103
Qadimdan kotiblar yuksak mas’uliyatli vazifani bajaruvchi kishilar hisoblangan. Hatto qadimgi manbalarda ham ular ulug‘langan. “Uyg‘ur yozuvli manbalarda kotiblar bitigçi, ïlïmγa (alïmγa), baxşï, ka:tib deb atalgan”104.
Kotiblar ko‘chirgan asarlariga xolis baho bera olishgan. Hatto ular ijodkor asarlarini sevib, ixlos bilan tartib berganlari bois o‘zlari ham ilhomlanib to‘plamlar tartib qilishgan. Masalan, Navoiyning xos kotibi Abduljamilning “Tuhfat us-salotin” kitobi ana shunday hayrat natijasida tuzilgani, shubhasiz. “Tuhfat us-salotin”ning muqaddimasidan ma’lum bo‘ladiki, kotib Navoiy nazmidan bahra olib, hayratli hayajon dengiziga g‘arq bo‘lgan va taassuroti nihoyat darajada jo‘shqinligidan ushbu majmuani jam qilmoqqa jazm etgan. Kotib shoir baytlari xususida shunday yozadi: “Har tuhfasida chandin latoyif va g‘aroyibi marg‘ub maknun va mavjud va har lafzi bir qissaga shomil va har bayti bir oyatga mutazzamin va misrai bir hadisg‘a muvofiqdurur”105. Abduljamil kotib buyuk mutaffakir ijodining o‘z zamonidagi ilmiy tadqiqotchisi va o‘tkir zehnli olim hisoblanadi.
Adabiyotshunos A. Hayitmetovning yozishicha, kotiblar ko‘chirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini tanlashga, yoki manbaning asos-matnini yaratishga intilgan. Asarning dastlabki qo‘lyozma nusxalari yo‘qolib ketishidan xavfsirab, savodli kotiblar buyutmachilarning talabi bilan yig‘ma-matnlarni tuzishga kirishgan.106
Toshbosma nusxa uchun asarni ko‘chirayotgan xattot ham ishiga o‘z davrining ma’rifatparvar kishisi sifatida yondashgan. Adabiyotshunos A. Erkinov ta’kilaganidek, toshbosma nashr uchun matn tayyorlashda xattot qo‘lyozmalarni ma’lum darajada o‘rganib, ularning ishonchlilari asosida toshbosma uchun matn tayyorlagan va muayyan matnshunoslik faoliyatini olib borgan.107
O‘zbek matnshunosligi rivojlanishning ilk bosqichidagi muhim tomonlardan biri, toshbosma nusxa uchun asarni ko‘chirayotgan kotiblarning ko‘pchiligi filologik bilimga ega savodli, ilmli kishilar edi. A. Murodov mashhur SHohmurod kotib shogirdlaridan Husniddinxon haqida so‘z yuritarkan, uni “SHarq adabiyoti tarixi va nazariyasi bo‘yicha olim hamda arab, fors tillariga tarjimon edi”108, – deb yozadi. Filologik bilimga ega, savodli, ilmli kotiblargina asar matnining mukammal bo‘lishiga harakat qilishgan.
YAna toshbosma nusxa kotiblarining ko‘pchiligi shoir, tarjimon ham bo‘lishgan. Masalan, Almaiy Qori Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li XIX asrning ikkinchi yarmiga mansub bo‘lgan mashhur shoir va xushnavislardan hisoblanadi. O‘zbek tilidagi tarjimalar orasida eng mashhurlaridan biri “Kalila va Dimna”ning Almaiy tarjimasi bo‘lib, toshbosmada bir necha bor nashr etilgan va xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan. “Kalila va Dimna”ning o‘zbek tiliga qilingan keyingi tarjimasida qahramonlar hamda personajlar, mamlakat, shahar va qushlar nomi ham turli tarjimalarda turlicha bo‘lganligidan ko‘proq Almaiy tarjimasiga tayanilgan.109
SHu bilan birga, qo‘lyozmalarning har xil saviyadagi kotiblar tomonidan ko‘chirilishi, ayrim xattotlarning e’tiborsizligi, ba’zi kotiblarning baytlarni o‘qiy olmasligi yoki ba’zi baytlarni ataylab tushirib yoki o‘zgartirib yozilishi natijasida asar muallif tahriridan uzoqlasha borgan. Bu hol qo‘lyozmalar qancha ko‘chirilsa shuncha ortib borgan.
Toshbosma nusxalar tayyorlanishida kotibning matn mazmunini qay daraja tushunishi, muallif g‘oyasini idrok etishi muhimdir. Jumladan, 1323/1905 yili Toshkentda Porsev matbaasida tayyorlangan “Xamsa” asari toshbosma nashri matni Abdummanof Hoji tomonidan ko‘chirilgan. A. Murodovning bergan ma’lumotlariga ko‘ra bu kotibning asli to‘la ismi Abdumannof Abdulvahhob o‘g‘li bo‘lib, xalq o‘rtasida Qori Abdumannof, Abdumannof Hoji nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Toshbosma uchun ko‘chirib bergan qo‘lyozmalariga ham Qori Abdumannof yoki Abdumannof Hoji deb imzo qo‘ygan. Qori Abdulmannof Toshkentning Hofiz Ko‘yki mahallasida yashagan. U Buxoroda ta’lim olgan. So‘ngra Toshkentda mashhur xattot Abdulhaq Kotib Alim o‘g‘li(1808 –1886)ga shogird tushib xattotlik san’atini o‘rgangan va tez yozuvchi xattotlardan bo‘lib tanilgan. Qori Abdulmannof 1945 yili 65 yoshida poezd ostida qolib halok bo‘lgan. Kotibning arab va fors tillarida ko‘chirgan qo‘lyozmalari saqlanib qolgan.110
Alisher Navoiy asarlarini kitobat qilgan kotiblar xususida adabiyotshunos SH. Sirojiddinov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Xattot va kotiblar Navoiy asarlarini ko‘chirishda, bir tomondan, xattotlik mahoratini orttirsalar, ikkinchi tomondan, ko‘chirish jarayonida Navoiy so‘zi qudratining naqadar kuchli ekanligiga imon keltira boshlaganlar va maftunkor she’riyat sehri ularni batamom o‘z og‘ushiga olgan. Ko‘pchilik xattotlar Navoiyning biror-bir asarini ko‘chirib bo‘lishgach, o‘sha asar ruhi ta’siridan chiqolmay, o‘z taassurotlarini kitob oxirida qayd etib ketishgan”111.
Dunyodagi har bir xalq o‘zining yozma tarixiga ega. Bu tarixni o‘rganishda hech bir manba yozma yodgorliklardek batafsillikka da’vo qilolmaydi. Ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha bag‘riga joylagan qo‘lyozma manbalar o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi ko‘prik. Insoniy tamaddun tarixida qadimiy qo‘lyozmalarning ahamiyati shu darajada ekan, bu bebaho ma’naviy merosga chinakam voris bo‘lish uchun ularni chuqur o‘rganish, o‘rganilganda hosil bo‘lgan bilimni ommalashtirish talab qilinadi. Ajdodlardan qolgan ma’naviy mulkni o‘zlashtirish, ya’ni “o‘ziniki qilib olish” ayni jarayondan – bilimning ommalashuvidan boshlanadi.
SHu ma’noda, matbaa ixtirosi nafaqat kitobat tarixida, balki insoniy fikr, insoniy madaniyat tarixida ham yangi asrni boshlab berdi. Matbaa sohasi sanoatlashgach, ilgari bitta yoki bir necha nusxadagina ko‘chirish mumkin bo‘lgan kitob uchun yuzlab, minglab nusxada ko‘paytirish imkoni tug‘ildi, keng xalq orasida qo‘lyozma kitoblar asrida bo‘lmagan fikrlar ommalashuvi yuzaga keldi. Tabiiyki, matbaachilik faoliyati bilan bog‘liq bu holat qo‘lyozma manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab chiqishni kun tartibiga qo‘ydi.
Vazifaning og‘irligi shunda ediki, matnshunoslik ishi dastavval, har xil ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko‘ra, dunyoning turli kutubxonalariga tarqalib ketgan muayyan qo‘lyozma nusxalarini aniqlash, aniqlagandan so‘ng keyingi tadqiqot uchun ularni jamlashni taqozo qiladi. Matnshunos o‘zi o‘rganayotgan qo‘lyozma asarning turli nusxalarini qo‘lga kiritar ekan, endi uning oldida “qaysi nusxa nashr qilishga haqliroq” degan prinsipial savol tug‘iladi. Qadimiyrog‘imi yo zamonaviyrog‘i? To‘lig‘imi yoki noqisi? Xushxatimi yo badxatrog‘i? Ishonchlisimi yoki ishonchsizrog‘i? Bu savollarga javob topish nazariy jihatdan oson ko‘rinsa-da, ularning amaliy tatbiqi engil kechmaydi. Har doim ham qadimiyroq nusxa zamonaviyrog‘idan yoki to‘lig‘i noqisidan etakchi bo‘lolmaydi, balki buning aksi ham bo‘lishi mumkin.
Nashr uchun muvofiq nusxa tanlandi ham deylik, eng serzahmat jarayon shundan so‘ng boshlanadi, bu – matn tahqiqi masalasidir. Tahqiq jarayoni matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi olim sharqda “muhaqqiq” atamasi bilan nomlangan.
Savol va topshiriqlar:
Matnshunoslik ilmi necha qismdan iborat?
Xiva xonligidagi kutubxonalar qanday edi?
Jadidlarning matnshunoslik faoliyati qanday edi?



Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə