Mavazu: O`simliklarning boshqarilishi. O`simliklarning tasirlanishi. Taksis, tropism, nastiya. O`simliklarning o`z-o`zini idora qilishi. Fotoperiodizm. Tayanch bilimlaringizni qo‘llang



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə1/4
tarix20.05.2023
ölçüsü23,02 Kb.
#111605
  1   2   3   4
81-mavzu. fotoperiodizm


Mavazu: O`simliklarning boshqarilishi. O`simliklarning tasirlanishi. Taksis, tropism, nastiya. O`simliklarning o`z-o`zini idora qilishi. Fotoperiodizm.
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. Fizika o‘quv fanidan yorug‘lik va uning spektral tarkibini eslang. Tirik organizmlar hayotida yorug‘likning qanday ahamiyati borligini aniqlang.
Yorug‘lik muhitning abiotik omili. Yerda hayot mavjudligining asosiy sharti koinotdan yetib keladigan quyosh energiyasidir. Quyosh energiyasi ekosistemalarda kechadigan biologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlaydi. Quyosh energiyasi fotosintez jarayoni uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi, organizmlarda issiqlik me’yorini saqlashda ishtirok etadi, suv almashinuvini ta’minlaydi, fazoda mo‘ljal olish uchun zarur omil sanaladi. Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh doimiyligi deb ataladigan quyosh nurlanishining quvvati 1380 W/m2 ga tengdir. Ammo Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki yorug‘likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi.
Biologik ahamiyatiga ko‘ra quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi (12-rasm).
Ultrabinafsha nurlar (to‘lqin uzunligi 30–400 nm). Ularning tirik organizmlarga ta’siri to‘lqin uzunligi va miqdoriga bog‘liq. To‘lqin uzunligi (290–380 nm) bo‘lgan ultrabinafsha nurlarning kam qismigina ozon ekranidan o‘tib, Yer yuziga yetib keladi. Bu nurlar bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ega. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar esa (290 nm dan kam) tirik organizmlar uchun halokatli ta’sir etadi, ular ozon ekranidan o‘tmaydi. Uzun to‘lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida teri pigmenti – melanin, ko‘z to‘r pardasi pigmenti va D vitamin sintezlanadi.
Ko‘rinadigan nurlar (to‘lqin uzunligi 400–750 nm), quyosh spektridagi Yerga yetib keladigan nurlarning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Fotosintezlovchi o‘simliklar va sianobakteriyalarning xlorofill pigmenti yordamida qabul qilinadi. Bu organizmlarda ko‘rinadigan nurlar ta’sirida fotosintez jarayonida anorganik moddalardan sintezlanadigan organik birikmalar geterotrof organizmlar uchun ham oziq bo‘lib xizmat qiladi. O‘simliklarda fotosintezning intensivligi (jadalligi) yorug‘likning optimal darajasiga bog‘liq. Yorug‘lik optimal darajadan ortsa yoki pasaysa fotosintez susayadi.
O‘simliklar yorug‘lik ta’sirida organlarning fazoda joylashuvini o‘zgartirish xususiyatini, ya’ni fototropizm va fotonastiya hodisalarini namoyon qiladi.
Fototropizm (yunoncha «photos» – yorug‘lik) – o‘simlik organlarining yorug‘lik tomonga o‘sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi. Masalan, o‘simlik novdasi yorug‘lik tushadigan tomonga burilib o‘sadi.
Fotonastiya – sutkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtining almashinishi bilan bog‘liq harakatlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, ba’zi o‘simliklarning gullari yorug‘da ochiladi, kun botganda esa yopiladi (lola, qoqio‘t), boshqa bir o‘simliklarning gullari esa aksincha, kun botganda ochiladi, tongda yopiladi (namozshomgul).
Erkin harakatlanadigan sodda hayvonlar, bir hujayrali tuban o‘simliklarning yorug‘lik ta’siri yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishi fototaksis deyiladi.
Hayvonlar uchun yorug‘lik ahamiyatga ega. Kunduzgi hayvonlar ko‘rinadigan nurlar yordamida oziq izlaydi, yashash uchun qulay joy axtaradi. Ko‘pchilik hayvonlar yorug‘lik spektri tarkibini farqlaydi, ya’ni rangli ko‘rish xususiyatiga ega. Masalan, gullarning yorqin rangi ularni changlatadigan hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Tungi hayvonlar (boyqush, ukki) qorong‘ida ham bemalol harakatlanadi, ov qiladi. Tuproqda, g‘orlarda, dengiz va okeanlar tubida yashovchi hayvonlar hayotiy faoliyati uchun yorug‘lik muhim omil hisoblanmaydi. Bunday hayvonlar yorug‘lik yetarli bo‘lmagan muhitda yashashga moslashgan. Qushlarning qishlash joylariga migratsiyasi uchun ham kun uzunligining qisqarishi signal bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə