Mavazu: O`simliklarning boshqarilishi. O`simliklarning tasirlanishi. Taksis, tropism, nastiya. O`simliklarning o`z-o`zini idora qilishi. Fotoperiodizm. Tayanch bilimlaringizni qo‘llang


Organizmlarning yorug‘likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra tasnifi



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə3/4
tarix20.05.2023
ölçüsü23,02 Kb.
#111605
1   2   3   4
81-mavzu. fotoperiodizm

Organizmlarning yorug‘likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra tasnifi. Tirik organizmlarning yorug‘likka ehtiyoji turlicha. O‘simliklar yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi. Yorug‘sevar o‘simliklar ko‘p miqdorda quyosh energiyasini qabul qiladi. Bu o‘simliklar dasht, cho‘l, o‘tloq kabi ochiq joylarda o‘sadi. Yorug‘sevar o‘simliklarga o‘t o‘simliklardan zubturum, daraxtlardan saksovul, gledichiya, qarag‘ay, qayin, shumtol, yapon saforasi, madaniy o‘simliklardan makkajo‘xori, oqjo‘xori (sorgo), shakarqamish kabilar kiradi. Yorug‘sevar o‘simliklarning shox-shabbasi bir-biriga soya solmasdan o‘sadi. Bu o‘simliklarning barg plastinkalari qalin bo‘lib, sirti mum bilan qoplangan, xloroplastlarga boy, barg og‘izchalari ko‘p bo‘ladi. Soyaga chidamli o‘simliklar – yorug‘ joyda yaxshi o‘sadi, lekin yorug‘likning yetishmovchiligiga ham bardosh bera oladigan o‘simliklar. Bu guruhga nastarin, lipa, qulupnay, binafsha kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. Soyasevar o‘simliklar – o‘rmonlarning quyi yaruslarida va suv havzalarining tubida o‘sadigan o‘simliklar. Bu o‘simliklar kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi. Soyasevar o‘simliklarga yo‘sin, plaun, qirqquloq, qirqbo‘gim, qizil va qo‘ng‘ir suvo‘tlar kiradi.
O‘simliklarning yorug‘likka bo‘lgan talabini yaxshi bilgan holda Yer sharining turli joylaridan keltirilgan madaniy va manzarali o‘simliklarni ko‘paytirish mumkin (13–14-rasmlar).
Hayvonlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi: kunduzgi, kechqurungi va tungi hayvonlar. Bu hayvonlarning faolligi sutkaning yoritilganlik darajasiga bo‘g‘liq. Kunduzgi hayvon turlari ko‘pchilikni tashkil etadi (asalari, qaldirg‘och, quyon), ularning hayotiy faoliyati sutkaning yorug‘ vaqtida faol kechadi. Tungi hayvonlar (bo‘ri, ukki, chirildoq, suvarak) tunda faol harakatlanib, oziq izlaydi. Kechqurungi hayvonlar (ko‘rshapalak, may qo‘ng‘izi) o‘z faoliyatini quyosh botgan g‘ira-shira vaqtda boshlaydi. Hayvonlarning rang ajrata olish qobiliyati ham sutkaning qaysi vaqtida faol bo‘lishiga bog‘liq. Yirtqich sutemizuvchilar, yirtqich qushlar ranglarni farq qilmaydi, kunduzgi hayvonlardan primatlar, to‘tiqushlar, kolibrilar ranglarni ajrata olish qobiliyatiga ega.
Yer yuzining turli kengliklarida kun uzunligi bir xil emas. Ekvatorda kun uzunligi yil davomida deyarli bir xil, taxminan 12 soatni tashkil etadi. Ekvatordan qutblarga borgan sari kun uzunligi yil fasllariga qarab farqlanadi.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liq. Bu hodisa fotoperiodizm deyiladi. Fotoperiodizm kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi. Fotoperiodizm yorug‘likning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtlarining almashinish davriyligiga bog‘liq. Fotoperiodizm tirik organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning kun uzunligiga bog‘liq ravishda ritmik o‘zgarishlaridir.
Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi.

Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə