Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar yechish


MAVZU:O‘RGANILGAN MATERIALNI MUSTAHKAMLASH



Yüklə 10,79 Mb.
səhifə39/42
tarix03.09.2023
ölçüsü10,79 Mb.
#121260
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
MAVZU 1-34

MAVZU:O‘RGANILGAN MATERIALNI MUSTAHKAMLASH


Mashg‘ulotning maqsadi:
Ta'limiy: ko‘p xonali sonlarni bo‘lish va ko‘paytirish mavzuni mustahkamlash, misol va masala yechish ko‘nikmalarini hosil qilish, masalalar yechish malakalarini rivojlantirish, o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish
Tarbiyaviy:o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga
o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi: mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Mashg‘ulot turi: bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma hosil qilish, malakalarini shakllantirish.
Mashg‘ulot uslubi: og'zaki savol-javob, mustaqil ish, tarqatmalar bilan ishlash. Mashg’ulot jihozi: tarqatmalar.
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Mashg‘ulotga hozirlik ko‘rish;

  1. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.

Tarozining pallasidagi har bir shaklning og’irligini aniqlang


  1. Matematik diktant:

  1. 500, 600, 700 sonlarini 200 ta orttiring.

  2. 9 dan 90 gacha bo'lgan sonlarni 9 talab sanang.

  3. 9 soni noma'lum sondan 5 ortiq. U qanday son?

  4. 999 sonidan keyingi sonlarni yozing. 190 va 160 sonlarini 7 ga bo'ling.

  5. Kamayuvchi 130, ayirma 35, ayiriluvchini toping.

  6. 888 dan oldingi bir xil raqamli 3 xonali sondan 8ta yozing. 7) 15, 30, 45, 60, 75, 90 sonlaridan foydalanib bo'lishga doir misollar yozing.

8) Qaysi son 13 dan 5 marta ortiq.
IV. Og‘zaki savol- javob qilish:

  1. Qoldiq har doim bo'luvchidan qanday bo'ladi?

  2. Bo'lishda eng kichik qoldiq nechaga teng bo'lishi kerak?

  3. Qaysi qatordagi sonlar 6 ga qoldiqsiz bo'linadi?

  4. 7 ga bo'lganda qoldiq 9 ga teng bo'lishi mumkinmi?

  5. 9 ga bo'lganda chiqadigan hamma qoldiqlarni ayting Mantiqiy savol- javoblar:

O'qituvchi savoli: Uzunligi 12 dm bo‘lgan simni 1 dm dan qilib bukish yoki qirqish orqali payvandlab mustahkam kub hosil qilindi. Buning uchun eng kami bilan necha marta payvandlash talab qilinadi?
O'quvchi javobi: 8 marta
O'qituvchi savoli: 4 ta olmani 6 ta bolaga teng qilib bo'lib bering.
Bunda har bir olmani 1 marta bo'lish mumkin xolos.
O'quvchi javobi: 6 ta bolaga 2/3 dan olma tegadi.
O'qituvchi savoli: Ko 'rinishi har xil bo 'Igan 75 ta uzuk bor. Ularning ichidan bittasi og'ir yoki yengilligi bilan farq qiladi. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish bilan uning yengil yoki og'ir ekanligini aniqlang. O'quvchi javobi: 37 + 37 + 1 = 75 Qiziqarli boshqotirma
So’roq o’rnidagi sonni toping

V. Mashg‘ulotni yakunlash. O‘quvchilarga ta’tilgi topshiriqlar berish.O‘quvchilar bilimini baholash.

Yüklə 10,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə