Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar yechish


MAVZU: O‘NLIK SANOQ SISTEMASI HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 10,79 Mb.
səhifə2/42
tarix03.09.2023
ölçüsü10,79 Mb.
#121260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
MAVZU 1-34

MAVZU: O‘NLIK SANOQ SISTEMASI HAQIDA TUSHUNCHA


Mashg‘ulotning maqsadi:
Ta’limiy: o‘nlik sanoq sistemasi haqida tushuncha berish, misol va masala yechish;
Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.
Metod: Suhbat,tushuntirish,savol-javob, tarqatmalar bilan ishlash, mustaqil ish.
Jihoz:Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir ko’rgazmalar, texnik vositalar.
Mashg‘ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Mashg‘ulotning maqsadini aytish.
II.O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og‘zaki savol –javob o‘tkazish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Biz 10 ta raqam orqali istalgan sonimizni ifodalay olamiz.Shuning uchun ham biz foydalanadigan sanoq sistemasi o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi.Shuningdek,o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarning yozuvida har bir keyingi xona birligi o‘zidan oldingi xona birligidan 10 marta katta bo‘ladi. Har bir sonda 5 raqami nimani anglatadi?
594 451 275
Sonlar yozuvida ayni bir raqam, u qaysi xonada turganiga qarab, har xil qiymatga ega bo‘ladi.Masalan, 275 sonidagi 5 raqami birlar xonasida turibdi, shu sababli u 5 birlikni anglatadi.451 sonida 5 raqami o‘nlar xonasida turibdi, shu sababli u 5 o‘nlikni anglatadi. Bunda uning bu xonadagi qiymati birlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq. 594 sonida 5 raqami yuzlar xonasida turibdi, shu sababli u 5 yuzlikni anglatadi.
Bunda uning bu xonadagi qiymati o‘nlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq.
O‘nlik sistema pozitsion sistemadir, chunki sonning yozuvida har bir oldingi xona birligi undan keyingi xona birligidan 10 marta ortiq.


Yüklə 10,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə