Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar yechish


Yodingizda tuting! Agar biror xonada nol turgan bo



Yüklə 10,79 Mb.
səhifə6/42
tarix03.09.2023
ölçüsü10,79 Mb.
#121260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
MAVZU 1-34

Yodingizda tuting! Agar biror xonada nol turgan bolsa, sonni
oqishda shu xona nomi tushirib qoldiriladi.
IV. Mustahkamlash.Aqlni charxlovchi topshiriq
Tez hisoblang ,kerakli ishorani qo’ying

Mustaqil ish
Sonlarni xona birliklarining yig’indisi ko’rinishida yozing.
2847, 4540, 5604, 9300, 3502, 6531. Bu sonlarda nechta o’nlik, nechta yuzlik va nechta minglik bor?
Namuna: 2847 = 2000 + 800 + 40 + 7 9300 = 9000 + 300
4540 = 4000 + 500 + 40. 3502 = 3000 + 500 + 2
5604 = 5000 + 600 + 4. 6531 = 6000 + 500 + 30 + 1
Uyga vazifa: misollar yechish.
MAVZU: MISOL, MASALALAR YECHISH.

Mashg‘ulotning maqsadlari:
Ta’limiy: o‘quvchilarda ko‘p xonali sonlarni raqamlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda o‘zaro do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularini rivojlantirish;
Rivojlantiruvchi:Matematik boshqotirma ustida fikrmulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Metod: Suhbat,savol-javob, mustaqil ishlash.
Jihozlar:Darslik, tarqatmalar,mavzuga doir ko’rgazmalar.
MASHG‘ULOTNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Mashg‘ulotning maqsadini aytish.
II.O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
380000:1000=380 6000:100=60 8000:10=800
III.Yangi mavzu bayoni.
Katakchalar o‘rniga mos sonlarni qo‘yib ko‘chiring:
7 yuzl. = □ o‘nl. = □ birl.
3 mingl. = □ yuzl. = □ o‘nl. = □ birl. 25 mingl. = □ yuzl. = □ o‘nl. = □ birl. 3 745 sonini yozing:
a) Bu sonda hammasi bo‘lib nechta birlik borligini topamiz. Birlar xonasida 5 ta birlik bor.
o‘nlar xonasida 4 ta o‘nlik bor.
1 o‘nl. = 10 birl.; 4 o‘nl. = 40 birl. Yuzlar xonasida 7 ta yuzlik bor.
1 yuzl. = 10 o‘nl. = 100 birl.; 7 yuzl. = 700 birl. Minglar xonasida 3 ta minglik bor.
1 mingl. = 10 yuzl. = 100 o‘nl. = 1 000 birl. 3 mingl. = 3 000 birl.
Demak, 3 000 birl. + 700 birl. + 40 birl. + 5 birl. = 3 745 birl. b) Bu sonda hammasi bo‘lib nechta o‘nlik borligini topamiz. Birlar xonasida o‘nlik yo‘q. O‘nlar xonasida 4 ta o‘nlik bor. Yuzlar xonasida 7 ta yuzlik bor. 1 yuzl. = 10 o‘nl.; 7 yuzl. = 70 o‘nl.
Minglar xonasida 3 ta minglik bor.
1 mingl. = 10 yuzl. = 100 o‘nl.
3 mingl. = 300 o‘nl.
Demak, 300 o‘nl. + 70 o‘nl. + 4 o‘nl. = 374 o‘nl.

  1. 3 745 sonida hammasi bo‘lib nechta yuzlik bor?

  2. 5 619, 78 042, 910 537 sonlarini ko'rib chiqing.

Tagiga chizilgan sonlardan qaysi biri sonda hammasi bo‘lib nechta o'nlik; yuzlik; minglik borligini ko‘rsatadi?
IV. Mustahkamlash
Mantiqiy savollarga javob bering

Masala.
1.Bir qop shakarning massasi 50 kg. Do‘konda tushlikkacha 4 qop va tushlikdan keyin shunday 5 qop shakar sotildi. Shu kuni hammasi bo‘lib necha kilogramm shakar sotilgan? 2.Do‘konda 4200 kg un bor edi. Kechqurun 80 kg un qoldi. Necha kilogramm un sotilgan?
Bu masalaga teskari masala tuzib (og‘zaki) yeching.

Yüklə 10,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə