Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar yechish


MAVZU: KO‘P XONALI SONLARNI RAQAMLASH.YUZLIKLAR



Yüklə 10,79 Mb.
səhifə5/42
tarix03.09.2023
ölçüsü10,79 Mb.
#121260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
MAVZU 1-34

MAVZU: KO‘P XONALI SONLARNI RAQAMLASH.YUZLIKLAR.


Mashg‘ulotning maqsadlari:
Ta’limiy: o‘quvchilarda ko‘p xonali sonlar, yuzliklar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
Tarbiyaviy: Al-Xorazmiyning matematika rivojiga qo‘shgan buyuk ishlarini bayon qilish orqali o‘quvchilarda o‘z Vataniga bo‘lgan g‘ururlarini oshirish;
Rivojlantiruvchi:matematik boshqotirma ustida fikrmulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Metod:Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar:Darslik, chizg‘ich, mavzuga doir ko‘rgazmalar.
Mashg‘ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Mashg‘ulotning maqsadini aytish.
II.O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Test sinovi o‘tkazish.
1. Misollarni taqqoslang:
1) 300 • 2 * 200 • 3
A) > B) < D) =
2. Hisoblang va to‘g‘ri javobni belgilang:
(47 + 33) • 5
A) 40 B) 400 D) 16
3. Qoldiq har doim bo'luvchidan qanday bo'ladi?
A) kichik B) katta D) teng
4. Bo'lishda eng kichik qoldiq nechaga teng bo'lishi kerak?
A) 2 ga B) 1 ga D) 0 ga
5. 7 ga bo'lganda qoldiq 9 ga teng bo'lishi mumkinmi?
A) ha B) yo'q
6. Qaysi qatordagi sonlar 6 ga qoldiqsiz bo'linadi?
A) 60, 32, 16, 6, 18 B) 56, 42, 21, 30, 35
D) 24, 12, 36, 48, 54
7. 9 ga bo'lganda chiqadigan hamma qoldiqlarni belgilang:
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 D) 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15 III.Yangi mavzu bayoni:
Ko‘p xonali son yuqori sinfdan boshlab yoziladi. Masalan, uch yuz olti ming olti yuz o‘n uchni yozish uchun quyidagicha mulohaza yuriting:

  1. Bu sonda ikkinchi sinf birligi nechta ekanini yozish (306).

  2. Birinchi sinfning birliklarini yozish (613).

Sinflar orasida biroz joy qoldiriladi.
Yozilishi: 306 613.
Sonlarni o'qing va yozing:

  1. ikkinchi sinfning 30 birligi va birinchi sinfning

450 birligi;

  1. ikkinchi sinfning 5 birligi va birinchi sinfning 300 birligi;

  2. ikkinchi sinfning 6 birligi va birinchi sinfning 100 birligi.



Yüklə 10,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə