Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar yechish


Uch xonali 328 sonining yozuvida uchta xonani — birlar, o'nlar, yuzlar xonasini tashkil etuvchi uchta raqam bor. Bu xonalar birlashtiriladi va sinf deb ataladi



Yüklə 10,79 Mb.
səhifə4/42
tarix03.09.2023
ölçüsü10,79 Mb.
#121260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
MAVZU 1-34

Uch xonali 328 sonining yozuvida uchta xonani — birlar, o'nlar, yuzlar xonasini tashkil etuvchi uchta raqam bor. Bu xonalar birlashtiriladi va sinf deb ataladi.
Istalgan miqdordagi raqamlardan tashkil topgan sonlarni — to‘rt xonali, besh xonali, olti xonali, yetti xonali va h.k.
sonlarni yozish mumkin.
625 347 soni — olti xonali son. 0‘ngdagi dastlabki uchta raqam birlar sinfini tashkil etadi. Birlar sinfidan keyin minglar sinfi keladi.Minglar sinfida uchta xona bor, bular: bir minglar, o‘n minglar, yuz minglar. 5 raqami beshta minglikni, 2 raqami ikkita o‘n minglikni, 6 raqami oltita yuz minglikni anglatadi. Hammasi bo‘lib bu sonda 625 ta minglik, 347 ta birlik bor. Shuning uchun 625
347 sonini bunday o‘qish qabul qilingan: olti yuz yigirma besh ming uch yuz qirq yetti („birlik“ so‘zi aytilmaydi).
Minglar sinfidan keyin millionlar sinfi keladi.Uning xonalari bunday ataladi: bir millionlar, o‘n millionlar, yuz millionlar.
Abakdan raqamlar ko‘rsatiladi, o‘quvchilar ularni o‘qiydilar. IV. Mustahkamlash.
Jadvalni ko‘rib chiqing:

Qaysi xonalar birliklari I sinfni, qaysilari II sinfni tashkil etadi?Har bir sinf necha xonadan iborat?
538 ming; 602 ming; 30 ming; 76 ming sonlarida har bir xonaning nechta birligi bor?
Javob namunasi: 538 ming sonida 5 ta yuz minglik, 3 ta o‘n minglik va 8 ta bir minglik yoki oltinchi xonaning 5 birligi, beshinchi xonaning 3 birligi va to‘rtinchi xonaning 8 birligi bor.
Masala.Do'konda 400 ta katakli va ulardan 2 marta ko‘p bir chiziqli daftar bor. Do'konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor?
Misollarni yeching.

.
VI. Mashg‘ulotni yakunlash. V.Uyga vazifa:
Qisqa yozuv bo'yicha masala tuzing va uni yeching:

Tarvuzlar - 560 kg ?
Qovunlar - ?, 245 kg kam
To‘rtta 9 raqami va amal ishoralari yordamida 100 sonini hosil qiling? Beshta 5 raqami va amal ishoralari yordamida 36 sonini hosil qiling ?
Natijalarni rim raqamlari bilan yozing.
XXXV:VII= XII·III= XVI+VIII=



Yüklə 10,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə