Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar yechish


II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa tekshirilib baholanadi. Misollar yechiladi



Yüklə 10,79 Mb.
səhifə38/42
tarix03.09.2023
ölçüsü10,79 Mb.
#121260
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
MAVZU 1-34

II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa tekshirilib baholanadi. Misollar yechiladi.
Savol-javoblar:
O'quvchi savoli: 6 metr uzunlikdagi yog'ochni 1 metrdan qilib necha marta arralash kerak?
O'quvchi javobi: 5 marta
O'quvchi savoli: Soatning katta strelkasi 6 da turibdi, 48 soatdan keyin u nechani ko 'rsatadi?O'quvchi javobi: Yana 6 ni ko 'rsatadi.
O'quvchi savoli: Siz 24-martdan ta’tilga chiqdingiz, 31-mart kuni yana maktabga qaytdingiz. Necha kun ta’tilda bo‘ldingiz?
O'quvchi javobi: 31-23 = 8 kun.
O'quvchi savoli: 21 metr uzunlikadagi yerga 3 metrdan oralatib nechta terak ko'chati ekish mumkin?
O'quvchi javobi: 8 ta
O'quvchi savoli: Agar kechasi soat 2 da yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, 72 soatdan keyin quyosh chiqishi mumkinmi?
O'quvchi javobi: Yo 'q, 72 soatdan keyin yana kechasi bo 'ladi. III.Yangi mavzu bayoni.
Bo'lish vaqtida bo'linmaning sinash raqami ba'zan to'g'ri kelmaydi, uni o'zgartirish kerak bo'ladi. Tushuntirish: 184 ni 23 ga bo'lish kerak. Bo'lamiz: 184 ni 20 ga. Buning uchun 18 ni 2 ga bo'lamiz, 9 chiqadi. 9 - sinash raqami, uni tekshirib ko'ramiz.
Ko'paytiramiz: 23 ni 9 ga, 207 chiqadi, bu 184 dan katta, demak, bo'linmada 9 dan kichik raqamni olish kerak.
8 ni tekshirib ko'ramiz. 23 ni 8 ga ko'paytirsak, 184 chiqadi. 8
raqami to'g'ri keladi. Demak, bo'linma 8., Tushuntirish bilan yeching:
273 : 39= 7 288 : 48=6 168 : 28 =6 259 : 37=7 IV. Mustahkamlash.
Ko'chaning uzunligi 600 m, eni esa 12 m. Shu ko'chaga asfalt yotqizildi. Har 100 m2 ga 3t asfalt ketdi. Butun ko'chaga qancha asfalt kerak bo'lgan?
Uzunligi- 600 m
Eni- 12 m
Har bir 100m2 – 3 t asfalt
Butun ko‘chaga-? t
600•12=7200 m2
7200:100= 72
72•3=216 (t) javob: 216 t asfalt
Bir oshxonaga bir xil qoplarda 150 kg, ikkinchi oshxonaga 90 kg don mahsulotlari keltirildi. Ikkinchi oshxonaga birinchidagidan 2 qop kam mahsulot keltirildi. Har bir oshxonaga necha qop don mahsulotlari keltirilgan?
Ifoda tuzing va qiymatini hisoblang:

  1. 407 va 374 sonlarining ko'paytmasini 10 578 ta kamaytiring;

407•374- 10578= 152218-10578=141 640

  1. 2 148 va 1 954 sonlarining ayirmasini 37 ga ko'paytiring;

(2148-1954)•37= 194•37=7178
4) 1 357 va 983 sonlarining yig'indisini 26 marta orttiring.
Bo’sh katakchalarni to’ldiring

5.Uyga vazifa:
Tumanga 2 ta yuk poyezdida 1 824 t qurilish materiali
keltirildi. Birinchi poyezdda 24 vagon,
ikkinchi poyezdda esa 33 vagon bor edi.Har bir poyezdda necha tonnadan qurilish materiali keltirilgan?

  1. poyezdda – 24 vagon-? t

  2. poyezdda- 33 vagon-? t 1824 t

24+33=57
1824:57=32
24•32=768
33•32=1056
Javob: 768 t va 1056 t
256 302 : 87= 2946 181 366 : 59 = 3074
483 • 250 : 75=120750:75=1610
VI. Mashg‘ulotni yakunlash. O‘quvchilar bilimini baholash.

Yüklə 10,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə