Mavzu: Amaliy ekonometrik modellar


Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi



Yüklə 475 Kb.
səhifə8/11
tarix01.02.2023
ölçüsü475 Kb.
#99947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10.Amaliy ekonometrik modellar-1

Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya’ni jamg’arma real foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg’arma mablag’larining yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi bilan iste’mol pasayib, jamg’arma esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.

J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog’liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo’jaliklarining joriy daromadlarini ko’rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko’ra, iste’mol – uy xo’jaliklari joriy daromadlarining o’sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi:




.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg’arilgan daromadlari hisobiga, yoki o’zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste’mol darajasi deyiladi.




Yüklə 475 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə