Mavzu: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili. Bajardi: Ibrohimov m tekshirdi: Talipova d toshkent 2023 Mundarija: Kirish


Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning tahlilining quyidagi qatorlarini tavsiflash mumkin



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#129114
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy vositalarning texnik holati taxlili Kursavoy

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning tahlilining quyidagi qatorlarini tavsiflash mumkin;
- korxona ishlab chiqarish quvvatlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi;
- texnik-iqtisodiy ко‘rsatkichlar va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanishni qiyosiy tahlili;
- ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanishning korxona xarajatlariga ta’sirining tahlili;
- ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanishning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili.
Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ulaming ta’sir etuvchi omillari ikki tarkib bo‘yicha o‘rganiladi:
1. Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
2. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sirining tahlili.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ulaming o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi.
Fond qaytimi (sig‘imi) va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar:
- mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning o‘zgarishi;
- asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi.
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi;
- asosiy fondlaming o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi;
- fond qaytimi (sig‘imi)ning o‘zgarishi.
Asosiy vositalar tahlili natijalari ular bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.

3.Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish tahlili.

Ishlab chiqarish jihozlaridan vaqt va quvvat bo‘yicha foydalanish tahlilida korxona asosiy fondlari va ularning tarkibida mashina va uskunalar, stanoklar ish vaqtidan foydalanishning darajasiga, quvvatlarning foydali ish koeffitsentlariga, foydalanishning real holatiga baho beriladi.


Mashina va uskunalar ish vaqtidan samarali foydalanishda ularning jami sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibidagi salmog‘iga va ularning ish samarasiga ahamiyat beriladi.
Mashina va uskunalarning jami ishlagan vaqti hamda mashina va uskunalar ish vaqtidan olingan samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil etiladi hamda uni o‘stirishning ichki imkoniyatlari belgilanadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida “ Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyektining asosiy vositalari va ularni tahlil etishning uslubiy asoslarini ko‘rib o‘tish mumkin.
Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyektinig mashina va uskunalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari (8-jadval)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda o‘tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 440537 ming so‘mga o‘sgan bo‘lsa, buning aksi o‘laroq, jami ishlangan stanok soatlar hajmi 8500 ming stanok soatga qisqargan. Buning natijasida esa bir stanok soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o‘tgan yilgi 16,41 ming so‘mdan hisobot yiliga kelib 21,23 ming so‘mga ko‘tarilgan.
Uskunalar (ishlab chiqarish uskunalari, mashinalar) vaqt jihatdan kalendar, rejim va yillik ish vaqti fondlariga bo‘linadi. Kalendar vaqt fondi koeffitsiyenti mashina, uskunalarni yil davomida ishlagan vaqt fondini kalendar bo‘yicha vaqt fondiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Uskunalarning rejim vaqt fondidan foydalanish koeffitsiyentini aniqlash uchun yillik vaqt fondini rejim vaqt fondiga bo‘lish lozim.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə