Mavzu: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili. Bajardi: Ibrohimov m tekshirdi: Talipova d toshkent 2023 Mundarija: Kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#129114
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy vositalarning texnik holati taxlili Kursavoy

Tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha:
• asosiy vositalarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;
• asosiy vositalarning ortiqcha qismini ushlab turmaslik;
• eskirgan asosiy vositalarni va ma‘naviy talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish;
• asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning eng maqbul shakllarini belgilash va hokazo.
Texnik yo‘nalishlar bo‘yicha:
• asosiy vositalarni ta’mirlash choralarini ko‘rish, texnik qarov;
• eskirgan asosiy vositalarni yangilari bilan almashtirish;
• mexanizatsiyalashni kuchaytirish va hokazo.
Ekspluatatsion yo‘nalishlar bo‘yicha:
• bir smenalik va ko‘p smenalik;
• ishlab chiqarish hajmiga qarab asosiy vositalarni texnik holat va harakatini boshqarish;
• asosiy vositalar qarovi yuzasidan mas’ul shaxslarni ajratish;
• asosiy vositalar bo‘yicha javobgarlik markazlarini belgilash va hokazo.
Xulosa
Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyektining asosiy vositalari tahlili natijasida joriy yilda mashina va jihozlarning qiymati o‘sganligi va korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengayganini ko’rishimiz mumkin. Chunki mashina va jihozlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarishda qatnashadigan vositalar qatoriga kiradi.
Umuman olganda korxonada asosiy vositalarning dinamik o‘sishi kuzatilgan bo‘lib,bu korxonada asosiy vositalarning bosqichma-bosqich yangilanayotganligidan dalolatdir.
Davr oxiriga kelib asosiy vositalarning o‘sishi bazis davriga nisbatan 14,38 %ni tashkil etgan. Eng yuqori o‘sish suratiga ham korxona 2023-yilda erishgan. Shuningdek, oldingi yilga nisbatan o‘sishda esa eng yuqori o‘sish sur’ati 2021-yilga to‘g‘ri kelmoqda, ya’ni ushbu yilda asosiy vositalar qiymati oldingi yilga nisbatan 8,73 % ga o‘sgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxona so‘nggi paytlarda asosiy e’tiborni eskirgan asosiy fondlarni hisobdan chiqarishga va ularni yangi fondlar bilan almashtirishga qaratmoqda.
Tahlil etishda jami asosiy vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho berildi va o‘zgarishlari o‘rganildi.
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot davrida jami 180222 ming so‘mlik asosiy vositasi bo‘lib, shundan, 45,88 % aktiv asosiy vositalar va qolgan 54,12 % passiv asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan bevosita ishlab chiqarishda ishtirok etadigan, ya’ni aktiv asosiy vositalar salmog‘i 2,67 %ga ortganligini ijobiy baholash lozim bo‘ladi. Bunga mos ravishda passiv asosiy vositalar salmog‘i esa 2,67 %ga pasaygan. Asosiy vositalarning o‘tgan yilga nisbatan mutlaq o‘zgarishi +14122 ming so‘mni yoki 8,5 foiz (14122/166100* 100)ni tashkil etgan.
Korxonada aktiv asosiy vositalaming eskirish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 2.6% ga oshgan. Unga qarama qarshi bo‘lgan ko‘rsatkich asosiy vositalaming yaroqlilik darajasi esa 2,6% ga kamaygan. Biroq, korxonadagi aktiv asosiy vositalarlarning yaroqlilik darajasi 64,9 foizni tashkil etib ijobiy holatga ega.
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida asosiy vositalarning samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yaxshilangan. Fond qaytimi va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi +1,447 (14,171–12,724) so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘zgarishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’siri +0,857 (13,581–12,724) so‘mni, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi esa salbiy ta’sir etgan va uning natijasida fond qaytimi +0,590 (14,171–13,581) so‘mga kamaygan. Barcha omillar ta’sirida asosiy fondlar qaytimi o‘tgan yilga nisbatan +1,447 so‘mga ortgan (14,171- 12,724).
Asosiy fondlar sig‘imi o‘tgan yilga nisbatan – 0,008 so‘mga kamaygan. Bu o‘zgarishga mahsulot hajmining ta’siri – 0,005 (0,074– 0,079) so‘mni, asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati o‘zgarishining ta’siri esa – 0,003 (0,071–0,074) so‘mni tashkil qilgan.
Mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri tahlilida asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi ta’sirida yalpi mahsulot hajmi +179688,3 (+14122·12,724) ming so‘mga, fond qaytimining o‘zgarishi hisobiga +260781,2 (1,447·180222) ming so‘mga o‘sishini ko‘rish mumkin.
Ushbu ko’rsatkichlar va taxlilning xulosasiga ko’ra “ Makon ShifoBor ” Xususiy Korxonasining asosiy vositalari samaradorligini oshirish, ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini yanada ko’tarish uchun tavsiyalar ham berib o’tildi.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə