Mavzu: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili. Bajardi: Ibrohimov m tekshirdi: Talipova d toshkent 2023 Mundarija: Kirish


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#129114
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy vositalarning texnik holati taxlili Kursavoy

1.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt biror-bir mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil qilishi uchun unda asosan to‘rt xil resurs mujassam bo‘lishi lozim.


Bunday resurslar tarkibiga:
Moddiy resurslar.
Moliyaviy resurslar.
Mehnat resurslari.
Tadbirkorlik resursi va boshqalar kiradi.
Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurslar bo‘lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki keyingi yillarda asosiy vositalar bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda.
Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib o‘zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o‘tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati.
Asosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda 5-sonli BHMS bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat qilishini xarakterlaydi.
Xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, lekin qiymat jihatdan qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, xo‘jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar va ularning tahlili to‘g‘risida bir qator iqtisodchi olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, T.Shog‘iyosovning «Kompleks iqtisodiy tahlil» nomli darsligida quyidagicha mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: «Asosiy vositalar, deb moddiy ishlab chiqarish sohasida hamda noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) ishlatiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan moddiy aktivlar ( 5-son BHMA 7-bandi)ga aytiladi.
Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida muhim o‘rin tutadi, ular birgalikda korxona tayanadigan ishlab chiqarish – texnika bazasini tashkil etadi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni hisoblanadi.
Asosiy vositalar va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish natijasida barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori darajaga erishiladi, jumladan, mahsulot hajmi mehnat unumdorligi o‘sishi tufayli ortadi, uning tannarxi pasayadi. Eksport hajmining ortishi, mahsulotning raqobatbardoshligi korxonani zamonaviy ilg‘or texnika bilan ta’minlanishiga, investitsiya hajmiga ko‘p jihatdan bog‘liq».
Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlariga, samaradorlik ko‘rsatkichlari, dinamikasi va holatiga baho beriladi.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznesrejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi. Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi, turi bo‘yicha o‘zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko‘rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi.
Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirim va chiqimi ko‘rsatkichlariga baho beriladi.
Asosiy vositalarning unumini o‘rganish asosida mahsulot ishlab chiqarishda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini omilli tahlili asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o‘rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy fondlardan foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy yo‘nalishlar belgilanadi. Korxonaning asosiy vositalari, ularning holati, harakati va samarasiga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi.
Asosiy vositalarni tahlil etishda korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanishi, asosiy vositalar harakati, texnik holati, ulardan unumli foydalanish ko‘rsatkichlari va ishga solinmagan imkoniyatlari aniqlanadi.
Asosiy vositalar tahlili bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi va asosiy vositalarning tuzilishi, dinamikasi, ulardan hamda uzoq muddatli investitsiyalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga asoslangan holda tahlil natijalariga ko‘ra baho beriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o‘rganishda tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
xo‘jalik subyektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganlik holatiga baho berish;
asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;
asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;
asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga baho berish;
asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajalariga baho berish;
xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish;
asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish va hokazo.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning biznes-reja ma’lumotlari;
«Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
asosiy ishlab chiqarish fondlarining ishga tushirilishiga oid ma’lumot;
ishlab chiqarish quvvatlari balansi;
ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishiga oid hisobot;
buxgalteriya hisobining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schot ma’lumotlari.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə