Mavzu: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili. Bajardi: Ibrohimov m tekshirdi: Talipova d toshkent 2023 Mundarija: Kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə4/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#129114
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy vositalarning texnik holati taxlili Kursavoy

Boshlang'ich qiymati

Eskirish qiymati

Qoldiq qiymati

Eskirish darajasi

Yaroqlilik darajasi

O‘tgan yili

168900

54890

114010

32.5

67,5

Hisobot yili

187320

65780

121540

35,1

64,9

Farqi (+;-)

18420

10890

7530

2,6

-2,6

Korxonada aktiv asosiy vositalaming eskirish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 2.6% ga oshgan. Unga qarama qarshi bo‘lgan ko‘rsatkich asosiy vositalaming yaroqlilik darajasi esa 2,6% ga kamaygan. Biroq, korxonadagi aktiv asosiy vositalarlarning yaroqlilik darajasi 64,9 foizni tashkil etib ijobiy holatga ega.

Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyekti asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlari (4-jadval)

Korxonada asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatadiki joriy davrda asosiy vositalarning yangilanish darajasi oldingi yilga nisbatan 3,3 % ga o‘sgan. Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi esa +1,5 % ga ortgan. Ular orasidagi nisbat 2.2 ga (3.3 / 1.5) teng bo‘lgan.


Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari sifatida bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari, ish о‘rni, maydonining asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni korxona faoliyatiga faqat miqdor ko‘rsatkichlar orqaligina emas, balki sifat ko‘rsatkichlarini ham o‘rganish asosida baho beriladi.
Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyekti ishchilaming asosiy vositalar bilan qurollanganligi (5-jadval)

Korxonada ishchilaming asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18000 so‘mga o‘sgan. Bu o‘sish ikki omil hisobiga: birinchisi - ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga; ikkinchisi - asosiy vositalaming o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi hisobiga sodir bo‘lgan.


Mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi nafaqat asosiy vositalarning texnik holat va harakat ko‘rsatkichlariga, balki ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liq. Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi ishlab chiqarishdagi mehnat vositalari me’yor darajasida mavjud yoki mavjud emasligini tavsiflab beradi.
Avvalo, korxonaning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligida quyidagi jihatlarini farqlash lozim:
- o‘ziga tegishli bo'lgan mehnat vositalar hisobiga ta’minlash;
- ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlash.
Demak, korxona har ikki holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxonada asosiy vositalarning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Asosiy vositalardan foydalanishda ulaming samaradorligiga baho berish iqtisodiy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Samaradorlik korxona xo‘jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Ulaming qatoriga quyidagilami kiritish mumkin.
(6-jadval)

Ushbu qaytimga oid samaradorlik ko‘rsatkichlari har bir ming yoki bir so‘mlik asosiy vositalarga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini ifodalaydi. Qaytim ko‘rsatkichlarini tobora oshib borishi ijobiy o‘zgarishlami bildiradi.


Sig‘imga oid ko‘rsatkichlar esa bir birlik mahsulot tarkibida qancha asosiy vositalar qiymati mavjud ekanligini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich kamayib borishi yaxshi natijalami ko‘rsatadi yoki aksincha.
Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyekti asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
(7-jadval)

Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida asosiy vositalarning samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yaxshilangan. Fond qaytimi va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi +1,447 (14,171–12,724) so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘zgarishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’siri +0,857 (13,581–12,724) so‘mni, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi esa salbiy ta’sir etgan va uning natijasida fond qaytimi +0,590 (14,171–13,581) so‘mga kamaygan. Barcha omillar ta’sirida asosiy fondlar qaytimi o‘tgan yilga nisbatan +1,447 so‘mga ortgan (14,171- 12,724).


Asosiy fondlar sig‘imi o‘tgan yilga nisbatan – 0,008 so‘mga kamaygan. Bu o‘zgarishga mahsulot hajmining ta’siri – 0,005 (0,074– 0,079) so‘mni, asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati o‘zgarishining ta’siri esa – 0,003 (0,071–0,074) so‘mni tashkil qilgan.
Mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri tahlilida asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi ta’sirida yalpi mahsulot hajmi +179688,3 (+14122·12,724) ming so‘mga, fond qaytimining o‘zgarishi hisobiga +260781,2 (1,447·180222) ming so‘mga o‘sishini ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va uning holatiga baho berishga iqtisodiy tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Korxona ishlab chiqarish quvvati uning to‘la ish bilan bandlik holatiga aytiladi. Bu holat nafaqat mahsulot ishlab chiqarish darajasiga balki uning xarajatlar tarkibiga, moliyaviy natijasiga ham ta’sir etuvchi birlik sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish quwatlari va uning foydalanish daraj alariga baho berish asosida korxonaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uni maqsadli boshqaruvi belgilanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə