Mavzu: Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski va natijalarini baholash. Reja: Kirish



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə4/11
tarix27.06.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#119011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski

Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat protseduralari samaradorligi yoki schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini tashkil etuvchi operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi. Auditor tanlashdan foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi kerak.
1.Qanday umumiy to’plam va tanlash birligi tekshirilmog’i zarur va qanday xususiyatlari tekshirilishi lozim (umumiy bosh to’plam) ?
2.Auditorlik testlash uchun qancha element tanlab olinishi kerak(tanlab olish hajmi)?
3.Tanlab olishga qanday elementlar kiritilishi lozim(tanlash) ?
4. Tanlab olishga qarab umumiy to’plam xaqida qanday xulosalar qilish mumkin (baholash)?
Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar
Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor umumiy to’plamning o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin, chunki yo a) auditor auditorlik protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki muammolarni noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor umumiy to’plamga nisbatan reprezentativ bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq auditorlik firmalari bu risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi.
Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk
Faraz qilinadiki auditorlar tanlashda hamma elementlarni sinchiklab tadqiq etadi va operatsiyalarning to’g’riligini baholash uchun dalil yig’ishda audit amallarini tanlaydi. Lekin auditor extiyotkor bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. Auditor tanlash riski bilan bog’liq bo’lmagan risklarda barcha sabablarga ko’ra xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk, shuningdek auditorlik protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi.

Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə