Mavzu: Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski va natijalarini baholash. Reja: Kirish



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə5/11
tarix27.06.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#119011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski

Tanlash bilan bog’liq risk
Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan har qanday tanlovlar agar auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi. Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab olish natijalari umumiy to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish miqdori qancha kam bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi. Tanlash bilan bog’liq risk shunday riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda auditorlik protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval qilingan xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash yordamida auditor agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk tanlashning nostatistik yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash uchun o’lchanishi mumkin.
Ichki nazorat tizimini testlash bilan bog’liq tanlash risklari
Auditor ichki nazoratni integratsiyalangan auditning bir qismi sifatida samaradorligini baholash uchun dalillarni yig’ishda ko’pincha tanlashdan foydalanadi. Nazorat pasayishga uchrasa, auditor vaqt foizining aniq bahosini talab qiladi; masalan, agar nazorat vaqtning 4%da samarali yuritilmasa, auditor bu axborotdan nazorat samaradorligi haqidagi va bajarilishi kerak bo’lgan mustaqil nazorat amallar miqdori yoki ichki nazorat to’g’risida fikr ega bo’lish uchun foydalaniladi. Chunki tanlab olish hamisha ayrim noaniqliklarga ega bo’ladi, shu bilan birga auditor yomon senariyni boshqarishga urinadi; masalan, auditor nazorat vaqtning 8% dan ortig’iga pand bermaydi deya 95% ishonishni xohlaydi. Auditor hamisha tanlab olishning uncha katta bo’lmagan miqdoridan noto’g’ri xulosalar chiqarish bo’yicha risklarni boshqarishga xarakat qiladi.
Ichki nazoratni testlash bilan bog’liq tanlash risklari jadvalda keltirilgan. Ichki nazorat ishonchliligini noto’g’ri qabul qilish riski (shuningdek, nazorat riskining o’ta past yoki ishonchlilikdan ham yuqori baholovchi risk deb ataluvchi risk) bunda auditor ichki nazorat tizimini samarali deb topganda haqiqatda esa ichki nazorat tizimi samarsiz bo’lganligi riski hisoblanadi. Ichki boshqaruv ishonchliligining noto’g’ri og’ishi riskga (shuningdek, nazorat riskini o’ta yuqoriligida yoki ishonilganidan past riskni baholash deb ham ataluvchi) auditor nazoratning ichki vositalari holati samarasiz deb xisoblanadi, aslida esa nazoratning ichki vositalari samaralidir.



Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə