Mavzu: Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski va natijalarini baholash. Reja: Kirish


Tanlashning statistik va nostatistik turlari



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə7/11
tarix27.06.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#119011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski

3.Auditorlik tanlash turlari

3.1.Tanlashning statistik va nostatistik turlari


Auditorlar nostatistik va statistik tanlashdan foydalanadilar. Agar zarur tarzda foydalanilsa tanlash har qanday yondashuvi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini taqdim etishda samarali bo’lishi mumkin. Nostatistik tanlashlar auditorga tanlab olish haqidagi noto’g’ri talqin qilish riskini statistik jihatdan nazorat qilish yoki o’zgartirishga ruxsat bermaydi. Statistik tanlash auditorga tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun mulohazalari va tajribalari bilan bir qatorda ehtimollar nazariyasini va statistik tanlab olishni ham qo’llashni o’z ichiga oladi. Aksincha, nostatistik tanlash ehtimollik nazariyasi va statistik xulosalarni qo’llash ko’zada tutilamaydi; buning o’rniga auditorga tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun auditorning mulohazalari va tanlab olishni qo’llashdagi tajribasida qo’llanilishi ko’zda tutadi. jadval nostatistik va statistik tanlashni tegishli o’lchamlarda taqqoslaydi.


Nostatistik va statistik tanlab olishlarni taqqoslash




Nostatistik tanlash

Statistik tanlash

1

2

3

Tanlab olish hajmi

Tanlab olish hajmi auditorning mulohazasi bilan aniqlanadi.

Auditor mulohazalari miqdoriy jihatdan aniqlanadi va tanlab olish hajmi ehtimollar nazariyasi bilan aniqlanadi.

Tanlab olishni saralash

Tanlab olish jamlanganlikka reprezentativligiga yig’ilgan hamma usulllarni o’z ichiga oladi. Tanlab olishning muhokamasi ham jamlanganlikning bir qismiga, masalan yilning o’tgan besh kuni davomidagi hamma operatsiyalarga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.

Tanlab olish jamlanganlikning har bir birligiga tanlab olishga tushishga teng imkoniyat berish uchun tartibsiz saralangan bo’lishi mumkin. Jamlanganlik bilan qiziquvchilarga yo’nalish berish mumkin masalan, yilning o’tgan 10 kunidagi operatsiyalar statistik jihatdan saralangan bo’lishi mumkin.

Baholash

Baholash auditorning mulohazalariga asoslangan, bashoratlar esa tanlab olishlar natijalariga asoslangan.

Baholash auditorlik mulohazalariga yordam berishi uchun foydalaniladigan statistik xulosalarga asoslangan

Xarajatlar

Saralash uchun Xarajatlar past chunki auditorlik mulohazalari faqat tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va natijalarni baholashda talab qilinadi. Tanlab olishning bu turi, tanlab olish risikini nazorat qilish va o’lchashning ob’ektiv usullarini ta’minlamaydi

O’quv Xarajatlari yuqori, chunki tanlab olishning statistik yo’llarini bilish va/yoki tanlashning maxsus kompyuter dasturiy ta’minoti talab qilinadi. Tanlab olishning bu turi auditor maqbul riskni avvalroq aniqlashini tanlab qiladi.

Ustuvorlik

Bu usul auditorning schetlardagi xatolar haqida avvalgi kutganlariga asoslangan bo’lishi mumkin. Bu usul tanlab olishni rejalashtirishi, saralashi va baholashga kam vaqt sarflashi mumkin.

Bu usul auditorga tanlab olish riskining obektiv choralarini ta’minlay borib, samarali tanlab olishni to’zish, dalillar etarliligini, xisoblash va natijalarni baholashga yordam beradi. Bu usul auditorga kompyuterlashtirilgan tanlov va statistik baholash orqali tanlab olish xulosalarini himoyalashda foydali maslahatlar olishga ko’maklashadi, chunki ular statistika nazariyasiga asoslangan

Statistik tanlab olishni qo’llaydigan auditor tanlov hajmini xisoblab chiqish uchun jadvallar va formulalardan foydalanadi, shu bilan birga statistik bo’lmagan tanlab olishni kullaydigan auditor esa fakat kasbiy mulohazalaridan foydalanadi. Odatda tanlab olishning nostatistik hajmi statistik tanlab olishning mohironi va samarali to’zilgan tanlov hajmidan kam bo’lishi mumkin emas. Statistik va nostatistik tanlovlarning ikkalasidan ham zarur holatda foydalanilganda, auditorning xulosasi uchun etarlicha dalillar takdim etishi mumkin. Statistik tanlab olish auditorga jamlanganlik haqidagi noto’g’ri xulosa riskini aniq boshqarish va o’lchash imkonini beradi, statistik bo’lmagan tanlab olish esa bunday nozorat va o’lchovlar qilishga imkon bermay. Ikkala yonda shu uchun ham auditor nazoratga layoqatsizlik yoki tanlab olishda topilgan xatoliklarning mohiyatini xisoblab chiqishni va tanlab olish natijalarini jamlanmalarga spektrlashtirishi va butun jamlanganlikni yakunlamog’i zarur. Tanlab olishning miqdoriy baholanishiga qushimcha ravishda auditor nazorat va xatoliklar layoqatsizligi tomonlarini ko’rib chiqishi kerak. Tanlab olishlar natijalari xatolar tufayli kelib chiqqanligi yoki ular firibgarlik extimolini ko’rsatayaptimi va nazoratning layoqatqizligi auditning boshqa fazalariga qanday ta’sir etadi? Audit mulohazalari bilan kombinatsiyalangan statistik tanlab olishlar odatda fakat auditorlik bitta mulohazasidan foydalanganlikga nisbatan ancha yuqori sifatli auditorlik xulosalarin yaratadi. Bundan tashqari, statistik tanlab olish regulyatorlar yoki hakamlar yigilishining ikkinchi nuqtai nazari (farazi) dan qochishga imkon berishi mumkin, boshqa tomonlar tanlab olishning foydalanilayotgan usullariga nisbatan shubhani bartaraf etish lozim.


3.2.Atribut tanlash va uning mohiyati


Auditor moliyaviy xisob ustidan boshqaruvning muhim vositalarini tekshira borib, mijozning ichki nazorat tizimi ishlarining samaradorligi haqida dalillar yigadi. Auditor ishning samaradorligiga qaratilgan boshqaruv vositalariga testlarni auditorning konstruktsiyalanishi schetlar saldosidagi jiddiy xatoliklar extimoli kamaytirilgandagina samarali bo’lishi mumkinligi aniqlangandan keyingina bajaradi.
Nazorat samaradorligini baholash quyidagilarga asoslangan bo’lishi mumkin.

  • Ichki nazorat samaradorligini amalda tekshirib ko’rish uchun tanlash.

  • Auditorning boshqaruv vositalarini muhim biznes jarayonlar doirasida ko’zatishi.

  • Mijoz kompyuter tizimida mavjud ichki nazoratni testlash.

  • So’rovnoma va monitoring hisobotlarini sharhlash.

Tanlash kontseptsiyasi boshqaruv ichki nazoratni testlashning hammasiga ta’lluqli emas. Boshqaruvning samarali umumiy kompyuter vositalari eshtirok etganda, boshqaruvning avtomatlashtirilgan vositalariga testlarni qo’llash, odatda tanlab olishning bir yoki bir necha elementlari hajmi bilan bajariladi. Tanlab olish, odatda majburiyatlarni mos holda bo’lishini aniqlash uchun qo’llanilmaydi, hamda nazorat atrof muhiti samaradorligini boshqarish testlariga tegishli bo’lmasligi mumkin. Tanlab olish mos keluvchan bo’lsa, auditor tanlab olishdan jamlanganlik nazorati samarali ishlayotganligi yo’kligini ko’rish uchun foydalanishi mumkin. Odatda boshqaruv vositalariga testlar uchun foydalanadigan statistik yondashuv tanlab olish atributlari xisoblanadi. Tanlab olish atributlari tanlab olishning statistik usuli bo’lib, bir tanlab olish saralashga asoslangan nazorat protseduralari layoqatsizlik ko’rsatkichlarini baholash uchun foydalaniladi.
Atribut auditor kizakayotgan jamlanganlikning harakteristikasi xisoblanadi. Qoidagi ko’ra, audit tekshirib kurmokchi bo’lgan atribut nazoratni samarali boshqarish xisoblanadi, masalan, mijoz sotuvchining buyurtmaga schetining detallariga rozi bo’ldi, buyurtma etkazib berilishi va savdo qo’llab-quvvatlanishidan oldin xisobot olishi va ular olingan tovarlarga to’lovlarga, avvalo mos kelishi dalillari.
Tanlab olish atributlarida qadamlar.
Tanlab olish atributlari boshqaruv vositalari samaradorligi ishlarini tekshirishda foydalaniladi. Bu «Kredit zarur tarzda ma’qullandimi?» yoki «Mijozning buyurtmasi yuk xati berilishidan oldin junatildimi?» yoki «Rahbar tomonidan tasdiqlangan Xarajatlar kompaniya siyosatiga mosmi?» kabi savollarga javob berish uchun dalillar yigishda foydalaniladi.
Tanlab olish atributlari rejalarini realizatsiya qilishi bo’yicha qadamlar quyidagilar xisoblanadi.

  1. Qizikuvchi atributlarni va layoqatsizlik nimalarni bildirishini aniqlang.

  2. Tanlab olish olinishi lozim bo’lgan jamlanganlikni aniqlang.

  3. Tanlab olish hajmini aniqlang.

  4. Tanlab olishni saralash usullarini aniqlang.

  5. Tanlab olish elementlarini tanglang va nazorat uchun testlar to’ldiring.

  6. Tanlab olish natijalarini baholang va rejalashtirilgan mustaqil protseduralar samaradorligini kurib chiking.

  7. Tanlab olish jarayonining hamma bosqichlarini hujjatlashtiring.

1-qadam. Qizikuvchi atributlarni va laekatsizlik nimalarini bildirishini aniqlang.
Ko’plab atributlar tekshirib chiqilishi mumkin edi, ammo auditor faqat boshqaruvning muhim vositalarini tekshiradi. Nazoratning laekatsizligi, auditor tanlab olishlarsiz bilan bog’lik risklar qanday tarzda pasayishini qidiraetganligiga aniq tushunishiga ishonishi uchun, aniq aniqlangan bolmog’i zarur. Masalan, yangi schet uchun kreditni ma’qullashni qidirish laekatli emas, chunki bunday ma’qullashni kompaniya siyosati tanlab qiladi, bunda nazorat layoqatsiz xisoblanadi.
Nazoratning layoqatsizligi avtomatik tarzda xatoliklar yuz berganini bildirmaydi. Masalan, ko’pchilik kompaniyalar kreditini ma’qullash jarayonini kreditni berishdan oldin talab qiladi. Vaqt etishmayotganligini boshdan kechirayotgan marketing bo’yicha menedjer kreditga tegishli ma’qullashni olmay turib savdoni ma’qullashi mumkin. Kreditni ma’qullashni talab qiluvchi nazorat omadsizlikka uchradi, lekin bunda, a) agar jarayon tugagan bo’lsa, kredit berilarmidi yoki b) mijoz to’laydimi – extimoli kam. Va nihoyat, ushbu nazoratning layoqatsizligi boshlang’ich operatsiyalarining tegishli yozuviga emas , lekin bu yil oxirida debitorlik qarzdorligini baholashga ta’sir etishi mumkin.
2-qadam. Tanlab olish imkoni bo’lgan jamlanmani aniqlang. Jamlanganlikni aniqlashda quyidagi omillar kurib chiqilishi lozim.

  • Test bilan qamrab olinishi kerak bo’lgan davr, masalan, nazoratni baholashda yo’l.

  • Tanlab olish birligi, masalan, nazorat operatsiyasini ko’rsatishi mumkin bo’lgan element.

  • Jamlanganlikning to’liqligi.

Tekshiruv bilan qamrab olingan davr. Tekshiriladigan davr auditining maqsadiga bog’liq. Ko’pchilik hollarda davr – bu moliyaviy xisobotlarni aditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davr. Amaliyotda boshqaruv vositalariga testlar balans to’ziladigan sanagacha bajariladi va yilning dastlabki un yoki un birinchi oyida qoplanishi mumkin. Agar boshqaruv vositasi samarali deb xisoblansa, auditor boshqaruv vositalari yilning qolgan davri mobaynida ham samarali bo’lishida davom etishiga ishonch hosil qilish uchun qushimcha qadam quyishi lozim bo’ladi. Qo’shimcha choralar va surovlarni yo’naltirish, boshqaruv vositalarining kelgusi testlashtirilishi yoki kengrok, tekshiruv davomida o’tkazilgan mustaqil protseduralardan nazorat samaradorligi dalillarini yig’ish kabilarni o’z ichiga olishi mumkin. Agar auditor moliyaviy xisobot tayorlash uchun ichki nazoratga nisbatan fikrlar bersa, auditorda boshqaruv vositasi mijozning xisobot sanasi bo’yicha samarali xisoblanishiga oqilona ishonch hosil bo’ladi.
Tanlab olish birliklari. Tanlab olish birliklari jamlanmada tekshiruv uchun asosiy sifatida belgilangan element xisoblanadi, bu hujjat, kompyuter tizimidagi yozuv yoki hujjatlardagi qator elementlar bqlishi mumkin. Bir kompaniya bir necha schet – fakturalarni initsiallar bilan tulashga nazorat qilib, ma’qullashni talab qilishi mumkin, tanlab olish birligi schet – fakturalaraga ruxsat beruvchi hujjat bo’lishi mumkin edi. Boshqa kompaniya har bir schet – faktura uchun yozma ruxsatnoma surashi mumkin, tanlab olish birligi alohida to’lov uchun ishlov berilgan schet faktura bo’lishi mumkin edi.

Bosh hajmning to’liqligi. Auditor tanlab olishda foydalaniladigan jamlanganlik bosh (asosiy) jamlanganlik ekaniga ishonch hosil qilish uchun qadamlarni qo’llashi zarur. Auditor, odatda fayllarni yigish va balansni bosh kitobga tartibga solish yoki jamlanganlikni to’liqligini kafolatlash uchun raqamlangan hujjatlar yokligini kurib chiqish kabi ayrim protseduralarni bajaradi.


3-qadam. Tanlab olish hajmini aniqlang.
Tanlab olishning optimal hajmini tanlab olish riskini minimallashtiradi, auditning samaradorligiga erdam beradi. Navbatdagi auditorlik muloxazalari tanlab olish miqdorini aniqlashga ta’sir etadi.
1. Tanlab olish riski, 2. Og’ishning yo’l qo’yiladigan darajasi va 3. Jamlangalnlik og’ishining kutilayotgan darajasi.
Tanlab olish riski – tanlab olish riski ko’pincha auditorlik riski singari aniqlanadi, (masalan 1% eki 5%) chunki ichki nazoart auditorning bahosi boshqa testlashtirishning harakter iva ko’lamini belgilaydi.
Og’ishning yo’l qo’yiladigan darajasi – auditorlik tanlab olinishni AICPA bo’yicha raxbariyat 2012 yilda og’ishning yo’l ko’yiladigan darajasini auditor tomonidan uning olishga urunuvchi ishonchlilikning mos keluvchi darajasi sifatida aniqlangan og’ish darajasi jamlanganlikdagi haqiqiy og’ish darajasidan ortiqcha emas. Bu atama ba’zida layoqatsizlikning yo’l qo’yiladigan ko’rsatkichi sifatida esga olinadi. Amaliyotga yanada yaqinroq ma’noda auditorning yo’l qo’yiladigan og’ish darajasi nazoratni boshqarish layoqatsizligi auditorning nazorat samarasiz va chamasi, auditor schetlar saldosini testlashtirishni bajarishda nazorat riskining rejalashtirilgan bahosini o’zgartirgandir, degan xulosaga kelishga majburlagan bo’lar edi.

  • Jamlanganlikdagi og’ishning kutilayotgan darajasi – bu og’ish darajasini bosh jamlanganlikdan kutish xisoblanadi. Bu atama ba’zan laekatsizlikning kutilayotgan ko’rsatkichi sifatida ham ishlatiladi. Ba’zan nazorat muvaffakiyatsizlikga chidaydi yoki o’tib ketadi. Xodimlar shoshqaloq yoki extiyotkor bo’lmasa, vakolatsiz yoki zarur tarzda o’qitilmagan bo’lsa, laekatsizlik kelib chiqadi. Auditorda, chamasi, asosiy nazorat avvalgi tajribaga asoslanib tizimdagi har qanday o’zgarishlar va hodimlarga o’xshab muvoffakkiyatsizlikga uchragani hakida darajaga dalillar bor.

Umuman, jamlanganlikdagi elementlar soni, agar jamlanganlik uncha katta bo’lmasa, tanlab olish hajmiga nisbatan uncha katta bo’lmagan samaraga ega. Auditorlar ba’zan tanlab olishning uncha katta bo’lmagan miqdori bilan bog’liq muammolarni yangib o’tish uchun tanlab olishning minimal hajmidan foydalanadi.
Ko’p marta takrorlanadigan atributlar.
Auditorlar dastlabki manbalaring o’zidan foydalanib bir qancha boshqaruv vositalarini yoki atributlarini tez-tez tekshiradilar. Shunday qila borib, auditor hamma testlar uchun tanlovning o’sha riskini o’zidan foydalanishi kerak. Biroq og’ishning yo’l qo’yiladigan darajasi va bu atributlar uchun jamlanganlik og’ishning kutilayotgan darajasi, chamasi tanlovning turli hajmlari natijasida farqlanadi. Masalan, sotish operatsiyalari toifasi to’g’ri tasniflanganligi, ular tartib bilan ro’yxatdan o’tkazilganli va og’ishning yo’l qo’yiladigan darajasi- 5%, 3 % va mos xolda 3% foydalanib va kredit uchun tegishli tarzda va ma’qullanganligini tekshirib ko’rishi va mos xolda 2 %, 1 % va 0 % jamlanganlik uchun og’ish darajasini kutishi mumkin. Agar auditor yuqori ishonchlilik riskini 10 % deb belgilasa, tanlov hajmlari yuqori daraja -176 - 2 atributlar uchun kichik darajasi 76 – 3 atributlar uchun tebranib turadi (o’zgarib turadi)



Atributlar (o’ziga xos xususiyatlar)

Yo’l qo’yiladigan daraja

kutilayotgan daraja

Tanlov hajmi

1

Taqsimlanadigan schetlar mustaqil sharxi dalillari

5%

2%

132

2

Mijoz byurtmasi va savdo schet-fakturasi orasidagi ta’riflar, miqdori va narxlarni taqqoslash uchun dalillar

3%

1%

176

3

Tegishli sharxlar dalillari va kreditni ma’qullash

3%

0%

76

Bu testlar uchun elementlar saralash uchta oqilona yondashuv bor:


- auditor savdo bo’yicha (sotish bo’yicha)176 ta operatsiyani tanlab olishi (tanlovning eng katta hajmi) va ularning hammasini 2 atribut uchun to’rttasini 1 atribut uchun va xoxlaganini 3 atribut uchun tekshirish mumkin. Biroq bu jarayon anchagina og’ir.
- auditor dastlabki 76 tartibsiz olingan hujjatlarni hamma 3 atribut va hujjatlarni, 77-132 tanlov elementlarini 1 va 2 atributlar uchun, qolganini fakat 2 atribut uchun tadqiq etishi mumkin edi. Bu jarayon ham og’ir.
-ko’pgina eng samarali yondashuv sifatida uchala atributga ham 176 elementga tekshirish lozim. 1 va 3 atributlar ayrim ma’nolarda tekshirilgandan ortiqcha(yuqori) bo’ladi, lekin yuqori darajada tekshirilganlar, tanlov elementlari qaysi atribut uchun tekshirilishi kerak bo’lsa, uni ko’zatishdan ko’ra kamroq vaqtni band qilishi mumkin. 1 va 3 atributlarga testlashtirish auditor tanlov uchun hujjatlarni tanlab olganidan, o’zok vaqt egallamaydi. Nazorat bahosi auditor tomonidan ushbu 176 ta tadbiq etilgan elementlarga asoslangan va nazorat riski darajasi bahosi aniqligini yaxshilaydi.
4-qadam. Tanlab olinganlarni saralash usulini aniqlang
Tanlab olish hajmi aniqlanishi bilanoq auditor tanlab olish elementlarini tanlashi zarur, shu tariqa tanlov jamlanganlik uchun reprezentativ bo’lishlikni kutishi mumkin va shu tarzda natijalar jamlanganlikka loyihalashtirilgan bo’lishi mumkin. Auditor oddiy tasodifiy tanlov tizimli (muntazam) tanlovdan, tasodifiy yoki blokli tanlovlar foydalanishi mumkin.
Oddiy tasodifiy tanlov. Oddiy tasodifiy tanlov kompyuter tomonidan ishlab chiqilgan yoki jadvaldan tanlab olingan tasodifiy son kabi tasodifiy sonlarga mos tasodifiy tanlovni saralashni o’z ichiga oladi. Masalan hujjatlar raqamlari, schet fakturalar yoki etkazib berishga byurtma raqami kabi. Ushbu usul bilan har bir tanlov birligida tanlovning boshqa har qanday birligini saralab olinishi extimoli bor. Oddiy tasodifiy tanlab olish tanlovning statistik bo’lmaganiga ham, statistika ham qo’llashga to’g’ri keladi.
Tizimli (muntazam) tanlov. Ushbu tanlov bir xil intervalni aniqlash uchun tanlab olish hajmi yordamida sonlarni jamlanmalardagi fizik birliklarga bo’lishni o’z ichiga oladi; tasodifiy yuboriladigan nuqta birinchi intervalda tanlab (saralab) olingan va bir element yuboriladigan nuqtadan keyin bir xil intervallarning har birining jamlanmasi bo’yicha hamma erdan tanlab (saralab) olingan. Tizimli (muntazam) tanlab olishdan foydalanish uchun auditor jamlanganlik to’liqligini aniqlashi va jamlanganlikda tizimli (muntazam) na’muna yukligiga ishonch hosil qilish kerak.r
Masalan, faraz qilinqi, jamlanma to’lov vedomostlari jurnalidagi xodimlar soni buyurtmalarda sanab utilgan to’lov operatsiyalardan iborat. Bu sonlar xodimlar qo’nimsizligi tufayli izchillikda emas. 1.300 to’lov operatsiyalari mavjud va auditor tanlab olish hajmini 26 deb belgiladi. Har 50-operatsiya (1.300/26 ¼ 50) testlashtirish uchun tanlab olingan bo’lishi kerak. Tanlovni tartibsiz jarayonga keltirish uchun 1 dan 50 gacha tasodifiy sonlardan tanlab olish elementlarini aniqlash uchun foydalanish kerak. Bu masalan, dollar banknotasining ro’yxatga olinganlik raqamidagi oxirgi ikki raqam yordamida qilinishi mumkin edi. Agar o’sha tsifr (raqam)lar 87 ga teng bo’lsa, 50 xisoblab chiqiladi, 37 esa dastlabki na’munali punkt sifatida chiqib ketadi. Shundan keyin har bir 50-operatsiya tanlab olishga qo’shiladi. Birinchi element intervaldan tartibsiz ravishda olingandan keyin tanlovning ushbu usuli tizimli tasodifiy tanlab olish deb nomlangan.
Tizimli tanlab olish qonunchiligi jamlanmadagi elementlar tartibsiz taqsimlangan, degan farazga asoslangan. Auditor jamlanmadagi hech qanday takrorlanishlar yoki mos keluvchi na’munalar tanlovni reprezentativ bo’lmaslikka majburlay olmasligiga qat’iy ishonch hosil qilish uchun jamlanma tabiatidan (mazmunidan) yaxshi xabardor bo’lmog’i lozim. Ko’pchilik auditorlar tanlab olishning tizimli (izchil) saralanishi ko’p martalik ishga tushirishlar yordamida jamlanma imkoniyatlarini kengaytirishga urinadilar.
Tasodifiy tanlab olish. Tasodifiy tanlab olish tanlovni saralashning statistik bo’lmagan metodi (usuli) xisoblanib, hech qanday ongli og’ishlarsiz va tanlovdan ma’lum elementlarni qo’shish yoki chiqarib tashlash sabablarisiz tanlov birligini tanlab olish bilan tasofiy saralashni yaqinlashtirishga urinadi. Tasodifiy so’zi tanlangan elementlar e’tiborsizlik bilan tanlab olinganini bildirmaydi. U saralab olingan tanlov elnmentlari jamlanganlik uchun reprezantativ bo’lishini bildirishga mo’ljallangan. Bu texnika statistik tanlab olish uchun mumkin emas, chunki u auditorga tanlov birliklari kombinatsiyasini saralash ehtimolini o’lchash imkonini bermaydi.
Blokli tanlov. Ushbu tanlov jamlanganlikning bir kun yoki hafta uchun operatsiyalar toifasini saralab olish kabi aralash elementlardan iborat bo’ladi. Bunday yondashuvda ko’plab samaradorlik bor, lekin operatsiyalarga o’sha kun yoki haftada ishlov berilgan usul ular boshqa 364 kun yoki 51 hafta uchun qanday ishlov berilganligiga ko’ra reprezentativ bo’lmasligidan risk kelib chiqishi mumkin. Ushbu echim ikkinchi farazga tegishli chunki bunday tanlov reprezentativ bo’lishi mumkin emas. Blokli tanlov (tanlab olish) ko’prok yil oxiridagi qisqartirilgan testlarga to’g’ri keladi.
5-qadam. Tanlab olish elnementlarini tanlang va nazorat uchun test to’ldiring.
Auditor tanlovni tanlab, to’g’ri kelmaydigan bekor qilingan yoki foydalanilmaydigan hujjatlar bilan qanday munosabatda bo’lishni xal qiladi. Tug’ri kelmaydigan hujjatlarga telefon scheti misol bo’la oladi. Uni naqd pul bilan to’lov bitimi sifatida aniqlangan xatoga tekshira borib, olinganlik xaqidagi xisobot yo’qligicha (xisobotga tegishli emasligiga) duch kelinadi. Agar to’g’ri kelmaydigan hujjat tekshiriladigan nazoratni ko’rsatmasa u boshqa tartibsiz tanlab olingani bilan almashrirlishi kerak .
Tanllangan elementni topib bo’lmasa, auditor nazorat protsedurasi o’tkazilmaganligi faraz qilishi va uni muvoffaqiyatsizlik sifatida boholashi lozim . Agar ushbu tanlovni auditorlik tekshiruvi tugatilishidan oldin bu turdagi ko’plab layoqatsizliklari aniqlangan bo’lsa auditor tekshirilgan nazorat protseduralariga hech qanday ishonch yo’qligi haqida xulosaga kelishi lozim. Bunday vaziyatda auditor vaqtni bekor ketkazmaslik uchun testni tugatishi va uni boshqaruv (boshqarma) va auditorlik qo’mitasi bilan muhakama qilishi lozim.
6-Qadam. Tanlovlar natijalarini bohalang va rejalashtirilgan mustaqil protseduralarning samaradorligini ko’rib chiqing
Tanlov natijalarini bohalah auditor auditorlik xulosasini chiqarishdan oldin ushbu natijalarni jamlanganlikka loyihalab olishni talab qiladi.
Miqdoriy baholash. Auditor og’ishlarining yo’l qo’yiladigan darajasi ustidan og’ishining ehtimoliy darajasi yuqori chegarsini oshirib yubormayaptimi, aniqlashi zarur. Agar og’ishning ehtimoliy darajasi yuqori chegarsi yo’l qo’yiladigan og’ish darajasidan ortib ketsa , auditor 1) ushbu riskning pasaytirish uchun ishlab chiqilgan turlicha nazoratni tekshirib ko’rish va 2) mahiyatni tartibga solish vaqtni tanlash yoki nazoratga bog’liq schetlarni mustaqil testlashtirish talab qilinadi.

Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə