Mavzu: Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski va natijalarini baholash. Reja: Kirish



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə10/11
tarix27.06.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#119011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski

Reja:
Kirish
1. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi.
2. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar.
3. Auditorlik tanlash turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada 2017 yil 7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmoni 3.2. bandida “Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”.
Mazkur chora tadbirlar, avvalambor aholining yangi shakllanayotgan bozor institutlari hamda mexanizmlariga ishonchini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Auditorlik faoliyatni rivojlantirish huquqiy-meyoriy va amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish maqsadida 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va
boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000
yil 22-sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 365-sonli
«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini
oshirish to’g’risida»gi qarori orqali mustahkamlandi. Shuningdek 2000 yil 7
avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik
tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil professional jamoat
tashkiloti – O’zbekiston Auditorlar palatasi tashkil etildi. Auditorlik tashkilotlari
faoliyatini yanada takomillashtirish shu bilan birga ular ko’rsatayotgan
xizmatlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular
ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida» 4-aprel
2007 yil 615-sonli qarori hamda boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Natijada, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya
o’tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
tartiblari aniqlandi.
Xulosa
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotininng shakllanishi moliyaviy nazoratning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko’rib chiqish zaruriyatini tug’dirdi. Chunki, moliyaviy nazoratning harakatdagi tizimi va asosan taftish, birinchidan, mulkchilikning turli shakllarga asoslanib tuzilgan yangi korxonalarning ehtiyojlarini qondira olmay qolgan bo’lsa, ikkinchidan, bu korxonalarda davlat manfaatlari va qonunchilikni nazorat qilishda ojizlik qilib qoldi. SHunday sharoitda ishbilarmonlarga yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqelikda paydo bo’lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko’rsatuvchi, hamda ular faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda qonunchilikning buzilishini oldini oluvchi bozor iqtisodiyotining infratuzilmasining elementi bo’lgan xizmat turi – audit vujudga keldi.
O'zbekistonda auditorlik faoliyatining yanada takomillashishi biznes yuritish uchun mo'ljallangan axborot manbalarini yaxshilash, mahalliy va xorijlik investorlarning xavf-xatarlarini kamaytirish va buning natijasida xususiy sector o'sishining barqaror yuqori sur'atlarini ta'minlashga ko'maklashadi. Auditorlik hujjatlari tekshirish faoliyatini xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi zarur darajada saqlab turishga yordam beradi va har xil auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlarni umumiy ko’rinishga olib keladi va bajarilgan ishlar sifatini taqqoslanishini ta’minlaydi hamda auditorlik tekshiruv ishlarini ixchamlashtiradi va yengillashtiradi. Xorijiy auditorlik firmalari o’zlari bajargan ishning hajmi va sifatini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadigan ishchi hujjatlarini tuzadilar. Bo’larning shakli ixtiyoriy bo’lib, unda firma bajargan ishlarining qisqacha bayoni beriladi, xususan: qanday birlamchi hujjatlar va hisobga olish registrlari tekshirilganligi, tekshirish usuli bu yerda yalpi yoki tanlov asosidaligi ko’rsatiladi. Tanlab tekshirishda tanlash darajasi (masalan, tekshiriladigan hujjatlarning xar bir yoki uchinchisi va xokazo) yoki tekshirilgan hujjatlar xajmi(masalan oylar bo’yicha ko’rish mumkin) yoki tanlash boshqa bir me’zon asosida bo’lganligi ko’rsatiladi. Auditning samadorligini oshirish uchun auditor sub’ekt tomonidan tayyorlagan jadvallardan, taxliliy va boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin. Bunday xolatlarda auditor ushbu materiallar tegishli ravishda tayyorlanganligiga ishonch xosil qilishi lozim.



Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə