Mavzu: auditorning kasb etikasi


Auditorning kasb etikasi haqida tushuncha



Yüklə 160,82 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü160,82 Kb.
#134141
1   2   3
4-MAVZU AUDITORNING KASB ETIKASI

Auditorning kasb etikasi haqida tushuncha:

  • Kasbiy etika kodekslarining mavjudligi — bu davlatning yordamisiz ham mustaqil ravishda o’z ahzolarining ahloqini tartibga soluvchi jamiyatning ahloqiy etukligidan darak beradi.
  • Kasbiy etika Kodeksi — bu kodifikatsiyalashgan normativ hujjat bo’lib, kasbiy faoliyatni tartibga soluvchi ahloqiy etik qoidalarni ijro etish uchun tizimlashtirilgan ko’rinishdagi majburiy xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir kasb egalari tomonidan qabul qilinadi.

Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamoyillar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir:

  • Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab ish tutmasligi lozim.
  • Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish.
  • Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur;
  • Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur;
  • 5.Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon beradigan darajada tutishi zarur.

Axloq kodeksining asosiy talablari

1. Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga majbur.

2. Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak.

3. Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarning aniq hajmigina auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda ob’ektiv asosi bo’lishi mumkin.


Yüklə 160,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə