Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy pedagogik shart-sharoitlari Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə5/6
tarix25.03.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#103182
1   2   3   4   5   6
Bolalar nutqini rivojlantirishning ilimiy pedagogik shart sharoitlari Kurs ishi

DIDAKTIK O‘YINLAR
Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir.O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud.O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi.O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralganda javob berish.
3. O’rtoqlari fikrini eshita olish.
4. O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermas
5. O‘yin qoidasini bajarish.
6. O’z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim.O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) oQzaki-so‘z o‘yinlari.
Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga etgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi.O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Stol–bosma o‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.

Xulosa:
– Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. – Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. – Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. – Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarakatrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. – «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur.


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə