Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix11.12.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#148004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
BMI

 
 
 
 
 


~ 57 ~ 
X U L O SA 
Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish 
o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, misol va 
masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan 
tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir. 
Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir 
paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan 
an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim 
o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga 
qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdek 
muhim vazifalar qo’yilgan. 
Masala ustida
og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik 
atamalar tiliga o’tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv 
shaklida ifodalash kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni 
bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi 
ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o’quvchi xotirasiga 
tayanch bo’lib, sonli ma’lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi, bu 
ma’lumotlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash kerakligini aniqlashga 
yordam beradi. Shunday qilib matematik masalalar yechish o’quvchilarning 
matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu 
bilan birga murakkab va qiziqarli masalalar o’qitish samaradorligini oshirishning 
eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo’lishi ham mumkin. Shu sababli boshlang’ich 
sinf matematika darslarida masalalar yechish usullarini to’g’ri tashkil etish, undan 
oqilona foydalanish, masalaning turli shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik 
vositalardan imkon darajasida foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning 
muhim omillaridan biri sifatida qaralmog’i maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə