Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


O’qituvchi: --- Bu masalamiz biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz haqida ekan-a?  Chindan ham kitobni sevamizmi?  O’quvchi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix11.12.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#148004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
BMI

O’qituvchi:
--- Bu masalamiz biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz haqida ekan-a? 
Chindan ham kitobni sevamizmi? 
O’quvchi:
--- Ha-a-a! Chunki u bizga doim hamroh bo’ladi. 
O’quvchi:
--- Bizni to’g’ri yo’lga yetaklaydi.
 
O’qituvchi:
--- Barakalla! Doim kitoblar bilan oshno bo’lishimiz kerak.
Endi 842-843 masala bilan tanishamiz.
842- masala:
Yuk mashinasiga umumiy massasi 3115 kg bo’lgan 17 ta motoroller va 24 ta 
velosiped ortildi. Agar bitta motorollerning massasi 107 kg bo’lsa, velosipedning 
massasini toping?
Yechish: 1) 107 * 17= 1819 
2) 3115 – 1819= 1296 
3) 1296 : 24= 54 
Javob: velosipedning masssasi 54 kg. 
843-misol: Tengsizliklar tuzing va ularni tekshiring: 
1) 7020 va 90 sonlarining bo’linmasi 5030 va 4961 sonlari ayirmasidan katta. 
7020 : 90 > 5030-4961 
2) 704 va 42 sonlari ko’paytmasi 26470 va 3704 sonlari yog’indisidan kichik. 
704 * 42 < 26470+3704 
O’quvchilar mustaqil ravishda bajaradilar. Bajarib bo’lganlaridan so’ng o’qituvchi 
birma –bir aytadi, ular tekshirib boradilar.
Yuqoridagi har bir masalada har bir guruhdan 3 tadan birinchi va to’g’ri bajargan 
o’quvchini baholashi aytiladi. 
Dars davomida o’zlashtirishi qiyin bo’layotgan o‘quvchilarga: tarqatmali 
materiallar orqali nisbatan soddaroq bo’lgan savollar beriladi. 
1) eng katta to’rt xonali sonni eng kichik uch xonali songa bo’ling
2) 75 km masofani 15 km/soat tezlik bilan necha soatda bosib o’tish mumkin 
3) 234 sonini shu sondagi yuzlar xonasidagi songa bo’ling 


~ 54 ~ 
3) Yangi mavzuni mustahkamlash.

 O’qituvchi:
--- mavzuni mustahkamlash uchun sizlar bilan kim topqir o’yinini 
o’ynaymiz.
Iqtidorli o’quvchilarga:
Matematikadan eng yaxshi biladigan o’quvchilar chiqishi 
aytiladi, ular 2 ga karrali bo’lgan sonlarni tashlab, qolgan sonlarni aytishlari kerak 
bo’ladi. Qolgan o’quvchilar kuzatib, diqqat qilib boradilar. Yutqizgan o’quvchi 
o’yinni tark etadi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə