Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari


Kalkulyatsiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə13/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi

Kalkulyatsiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida
Kalkulyatsiya-tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Shuningdek, savdo korxonalaridagi muomala harajatlari, moddalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham Kalkulyatsiyadan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Mahsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida vujudga keladigan harajatlar tarkibi yoritib berilgan.
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir.
Kalkulyatsiya usulini schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, Kalkulyatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq harajatlar tegishli schyotlarda aks ettirilganligidir.
Baholash bilan Kalkulyatsiyaning bog‘liqligi shundaki, Kalkulyatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi.
Turli mablag‘lar tannarxi Kalkulyatsiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, tayyorlanga nmahsulot, sotilgan tovarlar (ish, xizmat) tannarxi ham Kalkulyatsiya yordamida aniqlanadi.
Ushbu barcha mablag‘lar tannarxi hisoblanayotganda korxonani xo‘jalik barcha jarayonlaridagi – ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi harajatlari hisobga olinadi.
Ushbu Nizomda barcha harajatlar qo‘yidagilarga guruhlangan:

  1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar:

A) bevosita va bilvosita moddiy harajatlar;
B) bevosita va bilvosita mehnat harajatlari;
V) boshqa bevosita va bilvosita harajatlar shu jumladan, ishla chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan ustama harajatlar.
2 Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar:
A) sotish harajatlari;
B) boshqarish harajatlari (ma’muriy sarf-harajatlar);
V) boshqa operatsion harajatlar va zararlar.

  1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha harajatlari:

A) foizlar bo‘yicha harajatlar;
B) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
V) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
G) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar;
Yuqorida mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan harajatlar keltirib o‘tildi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita moddiy harajatlar, bevosita va bilvosita mehnat harajatlari, shuningdek,boshqa harajatlar moddalari mavjud bo‘lib,ular Nizomda keng yoritilgan. Ob’ekt tannarxi Kalkulyatsiya qilinayotganda uning qay darajada aniq bo‘lishi hisobni to‘g‘ri yuritilishiga, harajatlarni tegishli schyotlarda aks ettirilishiga bog‘liqdir. Bunga erishish uchun harajatlar analitik hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, harajatlar bilan bog‘liq,xo‘jalikni yaxshi yo‘lga qo‘yish, shuningdek,harajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi o‘zlashtiri bolish kerak bo‘ladi.Mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun harajatlarni davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash kerak bo‘ladi. Bunday holat gazeta va oynomalar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq harajatlar sarflangan davrda yuzaga keladi.Ma’lumki,korxonalar obunani yilni oxirgi oylarida amalga oshiradilar, obuna to‘lovlari ham shu oylarda to‘lanadi. Vaholanki, obuna kelgusi yilning 12 oyi uchun mo‘ljallangandir. Shuning uchun ham obuna to‘lovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiqish ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga tegishli harajatlarni qo‘shish maqsadlidir. Agar to‘langan obuna haqlari shu to‘langan oyda ishlab chiqilgan mahsulotlar tannarxiga birdaniga qo‘shilsa, shu oydagi mahsulotlar tannarxini sun’iyravishda oshib ketishiga olib kelishi tabiiydir.Ahamiyat berib qaralsa, obuna harajatlari kelgusi davrga tegishligiga ishonch hosil qilinadi. Shunga o‘xshash harajatlar hisobi uchun «Kelgusi davr harajatlari» 3100 – schyot mo‘ljallangan. Harajatlar amalgaoshirilganda, hisobi «Kelgusi davr harajatlari» 3100 – schyotda yuritiladi. Harajat mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan davrda, kelgusi davr harajatlari schyotidan joriy davr harajatlari schyotiga o‘tkazib boriladi.Kelgusi davr bilan bog‘liq harajatlarga yana qo‘yidagi misolni keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki umumiy ovqatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq harajatlar (xomashyo, mehnat haqi va hokazo) joriy davrda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi. Yangi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tekshiruvlardan o‘tib, uni keng miqyosda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr harajatlari schyotida hisobga olib qo‘yilgan harajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida taqsimlab boriladi.Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalar jismoniy eskirishi natijasida ta’mirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash ishlari ko‘p miqdordagi harajatlar sarflanishini e’tiborga olsak,ta’mirlash ishlari bajarilgan davrdagi harajatlarni, ya’ni mahsulot tannarxini birdaniga oshib ketishi kuzatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib ketishini oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta’mirlash ishlari yuzasidan zahira hisoblab boriladi.Zahira hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zahira hisobini yuritish uchun - 8910 «Kelgusi davr to‘lovlari va harajatlari yuzasidan zahira» passiv schyoti mo‘ljallangan. Zahira hisoblanganda ham shu oydagi harajat (Debet 2010, 2310, 2510, 9400) hamda zahira (Kredit 8910) ko‘payadi. Shunday qilib, har oyda ma’lum bir miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hisobidan ta’mirlash ishlari bajariladi. Uvaqtda harajat ko‘paymaydi, balki, zahira summasi kamayadi.Zahiralar ko‘rinishidagi harajatlarga ishchi va xodimlarni mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblanadigan mehnat haqi harajatlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin.Ma’lumki, mehnat kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodimlar bir yilda bir mehnat ta’tilini olish huquqiga egadir.Ba’zi bir korxonalarda ishchilar soni ko‘p bo‘ladi, bizga ma’lumki, ko‘pchilikshaxslar mehnat ta’tilini yoz oylarida olishga harakat qiladi. Agarda mehnat haqlari mahsulot tannarxiga qo‘shilishini e’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqilayotgan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda birdaniga oshib ketishi ro‘y berishini tushunish mumkin. Sababi mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham, ular o‘rniga mehnat qilayotgan xodimlarga ham mehnat haqi hisoblanishi kerak. Sun’iy ravishda mahsulot tannarxini mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblangan harajatlar hisobiga oshib ketishini oldini olish maqsadida zahira hisoblab boriladi. Zahira umumiy summasi yig‘ilishi uchun bir miqdorda oyma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira hisoblab boriladi.Mehnat ta’tili uchun ish haqlari hisoblanayotgan oyda harajat ko‘paymasdan zahira summasi kamayadi va shu yo‘l bilan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi.Hisoblab borilgan zahira summalari ortib qolsa, korxona foydasiga o‘tkazadi.Shubhali qarzlar yuzasidan zahiralar ham korxona zararini birdaniga oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa, 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira» passiv schyotida yuritiladi. Bunda har oyda Debet 9430 Kredit 4910 buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi. Shubhali qarzlar yuzasidan yig‘ilgan zahira hisobidan kreditorlik qarzlari qoplansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi yoziladi:Debet 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira».Kredit 4010 «Olinadigan schyotlar».Savdo korxonalarida muomala harajatlari bo‘lib, ular hisobi 9410 schyotda yuritiladi. Muomala harajatlarining 23 ta moddasi mavjuddir. Sotilgan tovarlar uchun muomala harajatlarini Kalkulyatsiya qilinishi tovar uchun savdo ustamasini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi.Masalan: muzlatgich bilan bog‘liq harajatlar (shu muzlatgich eskirish summasi, ta’mirlash harajatlari, elektroenergiya sarfi uchun to‘lov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan tovarlar miqdori o‘rtasida proportsional taqsimlash zarur, ya’ni muzlatgichda oy davomida saqlangan jami tovarlar miqdorida tovarni necha foizni tashkil etishi aniqlab olinadi, so‘ngra muzlatgich bilan bog‘liq barcha harajatlarni shuncha foizi tegishli tovar bilan bog‘liq harajatga qo‘shiladi.Reklama harajatlari reklama qilingan tovarlar miqdoriga mos ravishda taqsimlanadi. Savdo korxonasi umumiy tarzda reklama qilingan bo‘lsa, oy davomida sotilgan jami tovarlar bo‘yicha har bir tovarning miqdori foizlarda aniqlanib, so‘ngra shu foizlarga ko‘ra reklama umumiy harajatlari sotilgan tovarlar o‘rtasida taqsimlanadi.Savdo korxonalarida bunday hisob ishlari «Muomala harajatlari Kalkulyatsiyasi» fanida o‘rganiladi. Bu fan hozirgi vaqtda amaliyotda kamroq qo‘llanilmoqda.Ammo savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tegishli transport harajatlarining aniqlash amaliyotda qo‘llaniladi. Bu bilan oy davomida sarflangan transport harajatlarini jami shu oydagi harajatlarga qo‘shilishi oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlarni barchasi shu oyda sotilmaydi, shuning uchun ham sotilmay qolgan tovarlarga tegishli transport harajatlari aniqlanib, transport harajatlari qoldig‘i sifatida qolishi kerak.Sotilgan tovarlarga tegishli transport harajatlari esa, joriy davr muomala harajatlariga qo‘shiladi va foyda hisobidan qoplanadi.Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Kalkulyatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi.Foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini e’tiborga olsak Kalkulyatsiya o‘rnini, ahamiyatini bilish qiyin emas.
Mavzu: asosiy xo’jalik jarayonlarining buxgalteriya xisobi

Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi



Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari yetakchi rolni o’ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko’rinishini o’zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo’jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to’g’ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko’plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o’z tashqi ko’rinishlari, xususiyatlarini o’zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari o’z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo’lib, kapital qo’yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Nomoddiy aktivlar o’z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar beradi. Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari foydalanish muddatlarida o’zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga asta-sekin o’tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo’lgan boshqa aktivlarga ham kapital qo’yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi obyektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo’sh qolgan pul mablag’larini qo’yishdan ham iborat.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang’ich materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg’ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o’zlarining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o’tkazadi.
Хom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan metalning har xil turlari tushuniladi.
Yordamchi materiallar asosiylardan farqli o’laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo’shish yo’li bilan ularga sifat o’zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi.
Yoqilg’i o’z mohiyatiga ko’ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi yoki asosiy materiallarga qo’shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi. Hisobda yoqilg’i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko’pchilik qismi singari, yoqilg’ining bu xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg’ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o’xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tgan, lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o’tgan bo’lsalar xam, lekin ishlov yoki yig’ish uchun navbatdagi bosqichga yo’naltirilishi kerak bo’ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar ham bo’lishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga, shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi.
Тugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o’xshab, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to’la o’tgan bo’lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu yerda hali ishlanishi kerak bo’ladi.
Buxgalteriya hisobida inventar va xo’jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta minimal ish haqi miqdorigacha bo’lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag’lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi mablag’lardan iborat.
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo’natilgan tovarga bo’linadi. Ortib jo’natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo’shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to’lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo’natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo’lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to’lovning yo’qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu holda mazkur obyekt operatsiya doirasidan hisob-kitobdagi mablag’larga o’tadi.
Pul mablag’lari har xil to’lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul mablag’lari yordamida korxona mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o’z xodimlariga ish haqi to’laydi, davlat daromadlariga har xil to’lovlar va ajratmalar qiladi. Pul mablag’lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko’rinishida, yuqori tashkilotlar hamda yuqori kompaniyalardan vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi.
Pul mablag’lari o’zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar o’zlarining pul mablag’larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valuta schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo’sh pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bo’lmay, u egasining barcha asosiy hisoblashuvlarini mol yetkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari, tashkilotlar va hokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo’ljallangandir.
Korxonaning kechiktirib bo’lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa to’lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan naqd pul zaxiralari uning kassasida joylashgan bo’ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-kitob schyotiga belgilangan muddatlarida qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag’lar boshqa xo’jalik yuritish subyektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo’ladi. Bunday mablag’larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib olingan mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil xarajatlarini qoplash maqsadida hisoblashish sharti bilan berilgan pul summalari bo’yicha hisob-kitoblar kiradi. Тopshiriqni bajarib bo’lgandan keyin, xodim tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to’g’risida bo’nak hisoboti topshiriladi va ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga qarzlar boshqa operatsiyalar bo’yicha ham bo’lishi mumkin. Ularga, mol yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo’yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning o’z extiyojlari uchun olgan bo’nak summalari bo’yicha qarzlari kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi.
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag’lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag’larga tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy xo’jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo’ljallangan va sog’liqni saqlash vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog’chalari, oromgohlar va dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-darmonlardan iborat. Bu mablag’larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur bo’lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo’ljallangan. Buxgalteriya hisobida mablag’lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo’lib hisobga olinadi.

Mavzu: xo’jalik jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlari va ularning axamiyatini o’rganish




Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə