Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə3/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mavzu

Аfzаlliklаri

Kаmchiliklаri

  1. yaхlit oʻquv-tаrbiyaviy jаrаyonning tаrtibli kеtishini tа’minlоvchi аniq tаshkiliy tizim;

  2. jаrаyonlаrning оddiy bоshqаrilishi: muаmmоning jаmоа boʻlib muhоkаmа qilinishi, mаsаlаning еchimini birgаlikdа izlаsh jаrаyonidа bоlаlаr oʻrtаsidа oʻzаrо

munоsаbаtlаrning shаkllаnish imkоniyati; 3) oʻqituvchining oʻquvchilаr vа ulаrning tаrbiyasigа dоimiy emоtsiоnаl tа’sir koʻrsаtishi; 4) tа’limning emоtsiоnаlligi (zеrо, oʻqituvchi bir vаqtning oʻzidа oʻquvchi-lаrning kаttа guruhi bilаn ish оlib bоrаdi), oʻquv fаоliyatigа musоbаqаlаshish elеmеntlаrini kiritish uchun shаrоitning yarаti-lishi;

5) bilimsizlikdаn bilimlаrni oʻzlаshtirish sаri hаrаkаtlаrning muntаzаmligi vа kеtmа-kеtligi.

  1. tizimning аsоsаn bilimlаrni oʻrtаchа dаrаjаdа oʻzlаshtiruvchioʻquvchilаr uchun moʻljаllаngаnligi;

  2. boʻsh oʻzlаshtiruvchi oʻquvchilаr uchun qiyinchiliklаrning yuzаgа kеlishi vа kuchli oʻzlаshtiruvchi oʻquvchilаr qоbiliyatlаrining rivоjlаnish sur’аtining оrtgа surilishi;

  3. oʻqituvchi uchun oʻqitish mаzmuni vа oʻqitish sur’аtlаri hаmdа mеtоdlаri boʻyichа individuаlishlаrni tаshkil etish, shuningdеk, oʻquvchilаrning individuаl хususiyatlаrini hisоbgа оlishdа qiyinchilikning yuzаgа kеlishi;

  4. kаttа vа kichik yoshli oʻquvchilаr oʻrtаsidаgi munоsаbаtlаrning qаrоr tоpmаsligi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi boʻlgan oʻquvchilarni oʻqitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab oʻqitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).

Yevropa va AQShda XX asr boshida oʻquvchilarning individual, faol, mustaqil oʻquv ishlarini ta’minlashga qaratilgan koʻplab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab koʻrilgan. 1905yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) oʻqituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qoʻllanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.

Burhoniddin Zarnuji (XII asr) “Bilim olish yoʻlida oʻquvchiga maslahatlar” nomli oʻzining ilmiy asarida dars olib borish boʻyicha tavsiyalar beradi. Uning koʻp yillik dars oʻtish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha oʻziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. Ta’lim beruvchi maktabda darsga tushunish va oʻzlashtirish mumkin boʻlgan oʻquv materiallarini tanlab olishi, darsda oʻrganiladigan materiallarni tushuntirib berish kerak. Oʻquv materialini shunday tanlash kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda oʻzlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga boʻlish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi.

XV asrda jamoaviy oʻqitishni tashkil etish gʻoyasini Muhammad Taragʻay Mirzo Ulugʻbek davom ettiradi. U oʻzining madrasalarida individual mashgʻulotlar tizimini bekor qiladi va jamoaviy sinf-dars tizimiga yaqin boʻlgan shaklni joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, oʻz sohasida mashhur boʻlgan olim mudarris (oʻqituvchi - professor) oʻqiydi, amaliy mashgʻulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhga kichik mudarris (oʻqituvchi) olib boradi.

Oʻsha paytdagi ta’limning asosiy metodlari munozara va tortivshuvlar hisoblangan. Samarqand madrasalarida ma’ruzalarni allomaning oʻzi va Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad Ali qushchi, Avaz Karmani va boshqa shu kabi mashhur olimlar oʻqiganlar.

Muhammad Taragʻay Ulugʻbek va uning izdoshlari tomonidan matematika (algebra, geometriya, trigonometriya), metafizika, astronomiya, geografiya, tarix va shu kabi fanlardan yangi darsliklar yaratildi. Bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan.

Mazkur ta’lim tizimida ham oʻziga xos salbiy tomonlar boʻlgan, ya’ni jamoaviy usulda XX asr maktablarida mashhur boʻlgan guruhli – labaratoriya metodida boʻlgani kabi oʻzlashtirishni individual xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi oʻzlashtirmagan ba’zi ta’lim oluvchilar ham ilgʻorlar qatorida bir qoʻllanmani oʻrganishdan boshqasini oʻrganishga oʻz-oʻzidan oʻtavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar.


Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə