Mavzu: Daun sindromi kasalligi



Yüklə 30,86 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü30,86 Kb.
#181229
1   2   3   4
Daun sindromi kasalligi. Daun sindromiga chalingan bolalarning rivojlanish xususiyatlari

Diagnostika


Ko'pgina mamlakatlarda yoshidan qat'i nazar, homilador ayollarda 21-xromosomaning trisomiyasini aniqlash uchun prenatal skrining o'tkaziladi. Skrining homiladorlikning 11-13 haftalari orasida amalga oshiriladi. Biroq, bu usul to'g'ri tashxis qo'yishga imkon bermaydi va skrining natijasida Daun sindromli bemorni tug'ish ehtimoli yuqori bo'lgan homilador ayollarning xavf guruhigina shakllantiriladi.
Ushbu sindromni aniqlashning eng samarali usuli – noinvaziv prenatal test, ya'ni onaning qonidan ajratilgan xomilalik DNKni tahlil qilish. Ushbu test homiladorlikning 9 haftaligida amalga oshirilishi mumkin.

Kasallikni davolash


Bu kasallikni davolab bo‘lmaydi, lekin Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolaning rivojlanishini yaxshilash, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashiga imkoniyat yaratish uchun unga maxsus jismoniy va ruhiy ko`mak ko‘rsatilishi mumkin. Shuningdek quyidagilar tayinlanishi mumkin:

  • nootrop dorilar;

  • qon-tomir tizimi uchun dori vositalari.

Daun sindromi bilan tug‘ilgan bola besh yoshga qadar jismonan, aqliy va lingvistik jihatdan qanchalik ko‘p rivojlansa, kelajakda unga ham, ota-onasiga ham shunchalik oson bo‘ladi.
Daun sindromli bolani tarbiyalashda nimalarga e'tibor berish kerak?

  • Bunday bolalar psixologik jihatdan tengdoshlaridan orqada qoladilar;

  • Diqqatni bir joyda ushlab turish qobiliyati juda past;

  • Bola muntazam ravishda shifokor ko`rigidan o`tishi va kerakli muolajalarni olib turishi lozim;

  • Bola jismonan tengdoshlaridan orqada qoladi;

  • Daun sindromli bolasi bor ota-onalarni topish va ular bilan muloqot qilish har tomonlama yengillik keltiradi;

  • Daun sindromiga chalinganlar uchun ishlab chiqilgan maxsus reabilitatsiya dasturlarini topib, ishtirok etish tavsiya etiladi;

  • Boshqa bolalar bilan o'yin maydonchalariga, kafelarga, bog'larga borishni o'rganish yaxshi natija beradi;

  • Bola uyalmaslikni o'rganishi kerak;

  • Bolani jamiyatdan yashirmay, moddiy va ijtimoiy yordam so‘ragan ma’qul;

  • Tushkunlikka tushmaslik lozim. Bunday bolalar, boshqa bolalar kabi, ota-onalarini juda yaxshi ko'radilar va ularning mehriga muhtoj bo`ladilar

Yüklə 30,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə