Mavzu: Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogik fan. Asisstent: Qahhorova Maftuna Ulug’bekovna


Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 103,48 Kb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü103,48 Kb.
#137541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEOGRAFIYA ma\'ruza 1 (2)

Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  • Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • Geografiya ta’limi metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan.
  • Geografiya o’qitish metodikasini geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
  • -geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Geografiya fanidagi yutuqlar va o’zgarishlarni maktab geografiyasining mazmunida va tuzilishida aks ettirib boradi;
  • - geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy geografiya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’tiladigan «Amaliy geografiya» darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks etgan;

-o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan geografiyada keng qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng qo’llaniladi (kartalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tatqiqot ishlari maktab geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan;

  • -o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan geografiyada keng qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng qo’llaniladi (kartalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tatqiqot ishlari maktab geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan;
  • - geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Xozirgi paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologik geografik sharoit; tizimli usul; geosiyosat: bashorat; baholash va h.k.

Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika fani geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, usullari hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi.

  • Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika fani geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, usullari hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi.
  • Geografiya o’qitish metodikasi fani didaktika faniga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, o’quvchilarning geografik bilmi, ko’nikma va malakalarni baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g’oyalar tizimini shaklllantirish va boshqalar. Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning ruhiy faoliyatini, ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganadi.
  • Geografiya predmetini o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo’lmaydi.

Yüklə 103,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə