Mavzu: Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogik fan. Asisstent: Qahhorova Maftuna Ulug’bekovna


Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish muammolari



Yüklə 103,48 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü103,48 Kb.
#137541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEOGRAFIYA ma\'ruza 1 (2)

Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish muammolari.

  • Geografiya ta’limi metodikasining rivojlanishi yangi o’qitish metodikalarini ishlab chiqish, majmualarni takomillashtirish, ilg’or metodlarni qo’llash bilan bog’liq. Mazkur muammolarni xal qilish qo’p jihatdan pedagogik tatqiqotlarda qo’llanadigan metodlarga bog’liq.
  • Geografiya ta’limi metodikasi bo’yicha tatqiqot ishlarini olib borishni dastlabki manbai bo’lib O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va boshqa hukumat qarorlari asos bo’lib hisoblanadi. Xar qanday fanda ham tatqiqod metodlarini ishlab chiqish va tatqiqotlar olib borish metodologiya va ilmiy tatqiqod metodlari tushunchalari bilan bog’liq.
  • Metodologiya – bu borliqni bilish va o’zgartirish metodlari haqidagi ta’limotdir. Ilmiy tatqiqod metodlari – bu tadqqod olib borish usullaridir.

Geografiya ta’limi metodikasida ilmiy tatqiqot metodlari ikkita katta guruhga bo’linadi:

  • eksperemental-emprik va nazariy metodlar;
  • Eksperimental-emprik usullar pedagogik tatqiqotlar bosqichida qo’llaniladi, nazariy usullar esa yig’ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va nazariyalar tuzish bosqichida qo’llaniladi.
  • Geografiya ta’limini rivojlanishini dastlabki bosqichlarida asosan eksperimental-emprik usullar qo’llanilgan. Ammo XX-asrning 2-yarmidan boshlab geografiya ta’limi metodikasining nazariy jixatlarini rivojlanishi oqibatida u xususiy didaktika faniga aylandi. Metodik tatqiqotlarda nazariy usullar va ularning alohida qismlari keng qo’llanila boshlandi. Masalan, tizimli-tarkibli yondoshish, bilimlarni mantiqiy didaktik tahlili, o’quv materialini tarkibiy- mantiqiy va mantiqiy tushuncha tahlili. Tatqiqot usullarini tanlash qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Masalan, muammoning dolzarbligi, maqsad va vazifalarni aniqlash va boshqalar mavjud ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilishni talab etiladi.

Nazariy tatqiqot usullari.

  • Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstik matematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi. Adabiyotlar bilan ishlash usuli. har qanday ilmiy ish shu sohada e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va umumlashtiriladi.
  • Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar to’planadi va tahlil qilinadi:
  • ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar;
  • bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy adabiyotlar o’rganiladi;
  • mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi;

Yüklə 103,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə