Mavzu: Gidravlik mashinalar. Nasoslar, tuzilishi va ularning parametrlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü2 Mb.
#129572
1   2   3   4   5

  • Shesternali nasoslar.
  • Shesternali nasoslar asosan, qovushqoqligi yuqori bo’lgan suyuqliklarni uzatish uchun qo’llaniladi.
  • 3-rasmda shesternali nasosning sxemasi ko’rsatilgan. Nasos qobig’i 1 da o’zaro ilashgan holatdagi uzluksiz aylanib turuvchi shesternalar jufti 2 va 3 joylashgan.
  • Nasosning ishlashi quyidagilarga asoslangan: shesternalar aylanganda bir shesternaning har qaysi tishi ilashgan holatdan chiqib, ikkinchi shesternaning chuqurligidagi tegishli hajmni bo’shatadi. Suyuqlik manbaidagi atmosfyera bosimi ta’siridagi suyuqlik so’rish yo’li 4 dan bo’shagan hajmga so’riladi va keyingi aylanishda tishlar bosimi ta’sirida siqib chiqarilib (3-rasmda 5 inchi ko’rinish), 6 uzatish yo’liga o’tadi.
  • Afzalligi: ishonchli ishlashi, geometrik o`lchamlari kichikligi, arzonligi, yuqori bosim hosil qilishi, bir tekisda uzatishi.
  • Kamchiligi: unumdorligining pastligi, tuzilishining murakkabligi.
  • Shesternali nasos sxemasi.

Porshenli nasoslar.

  • Porshenli nasoslar.
  • Porshenli nasoslar konstruktsiyasi jihatdan xilma-xildir. Bu esa sanoat korxonalarining turli sohalarida qo’llanishiga imkon beradi. Porshenli nasoslar yuritma usuliga ko’ra krivoship-shatunli, krivoshipsiz, to’g’ri harakatli yuritma turlarga; porshenning joylanishiga ko’ra vertikal va gorizontal turlarga; aylanishlar soniga ko’ra tez yurar va syekin yurar turlarga; ishlash printsipiga ko’ra oddiy, ikki bosqichli va ko’p bosqichli turlarga bo’linadi. Boshqa belgilariga ko’ra ham turlanishi mumkin.
  • Oddiy porshenli nasoslarning sxemasi 4-rasmda keltirilgan. Uning ishlash prinsipi quyidagicha. Nasos porsheni 3 so’rish jarayonida o’ng tomonga harakat qilganda silindr 4 dagi ish kamerasining hajmi kattalashadi. Undagi bosim esa kamayadi va atmosfera bosimidan kichiklashadi, ya’ni ish kamerasida siyraklanish (vakuum) vujudga keladi. Suyuqlik suv havzasidan so’rish quvuri 7 bo’ylab silindrga ko’tariladi va so’rish klapani 6 ni ochib nasosning ish kamerasi bo’shlig’ini to’ldiradi. Porshen o’ng chekka holatini egallagach so’rish klapani berkiladi. Porshenning teskari harakatida esa ish kamerasini to’ldirib turgan suyuqlikka bosim beriladi va uni haydash klapani 5 orqali haydash quvuri 8 ga chiqarib beradi.
  • Afzalligi: katta bosim hosil qilinishi, f.i.k. yuqori.
  • Kamchiligi: Unumdorligi kichik va cheklangan, qo’shimcha jixozlarga (havoli kompensator, krivoship-shatun mexanizmiga) ehtiyoj borligi, ko’p joyni egallaydi, so’rish va uzatish jarayonlari bir tekisda bormaydi, ishchi qismlarining ishqalanishi tufayli yemirilishi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə