Mavzu: global muammolar. Global muammolarning belgilari. Reja: Global muammolar tushunchasi


Dunyo okeanidan foydalanish muammosi



Yüklə 82 Kb.
səhifə4/8
tarix10.05.2023
ölçüsü82 Kb.
#109443
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOBAL MUAMMOLAR. GLOBAL MUAMMOLARNING BELGILARI

Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
Yer yuzining 71%ini egallovchi Dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida muhim rol o'ynab kelgan. Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari Dunyo okeanini har tomonlama tadqiq etish va o'zlashtirish butunlay boshqacha ko'lam kashf etdi.
Birinchidan, global energetika va xom-ashyo muammolarining o'tkirlashuvi dengiz tog'-kon hamda kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo'lishiga olib keldi.
Ikkinchidan, global (dunyoviy) ko'lamdan oziq-ovqat muammolarining o'tkirlashuvi okeanning biologik resurslariga bo'lgan qiziqishni oshirdi. Vaholangki, hozircha Dunyo okeani insoniyatning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojining atiga 2%ni ta'minlaydi, xolos. Biroq Okeandan hayvon oqsilining 12-15%ini ajratib olinmoqda. Albatta baliq ovlash va dengiz mahsulotlarni olishni tobora ko'paytira borish lozim.
Uchinchidan, xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, jahon savdosining tezkorlik bilan o'sishi dengizda yuk tashish ishlari hajmini tobora oshirmoqda. Bu birinchi navbatda ishlab chiqarish va aholini dengiz sari siljishga va shu munosabat bilan bir qancha dengiz bo'yi rayonlarining shiddat bilan rivojlanishiga sabab bo'ldi.
Dunyo okeani doirasidagi va okean-quruqlik tutashgan zonasidan barcha ishlab chiqarish faoliyati va ilmiy faoliyat natijasida jahon xo'jaligining alohida tarkibiy qismi bo'lishi dengiz xo'jaligi vujudga keldi.
Dunyo okeani global muammosining mohiyati Okean resurslarining nihoyatda notekis o'zlashtirilayotganligi, undan xarbiy faollik maydoni sifatida foydalanilayotganligidan iboratdir. Xuddi mana shuning uchun ham 1982 yil qabul qilingan BMTning dengiz huquqiga doir Konvensiyasi (Bitimi) juda katta ahamiyatga ega bo'lib, u «Dengiz xartiyasi» nomini olgan. Bu xujjat dengiz sohilidan 200 mil masofadagi iqtisodiy zonani belgilab beradi, bu zonada dengiz bo'yida joylashgan davlat biologik va mineral resurslardan foydalanishda mustaqil (suveren) huquqga ega.
Kosmosning tinch maqsadda o'zlashtirish.
Kosmos-dunyo miqiyosidagi muhit, insoniyatning umumiy mulki (boyligi) hisoblanadi. Kosmik dasturlar ancha murakkablashgan hozirgi vaqtda bu dasturlarni bajarish ko'plab mamlakatlar va xalqlarning texnikaviy, iqtisodiy, aqliy imkoniyatlarini jipslashtirishni talab etadi. Shu sababli kosmosni o'zlashtirish eng muhim xalqaro, global muammolardan biri bo'lib qoldi. Harbiy dasturlardan voz kechishni ko'zda tutuvchi kosmosni tinch maqsadlarda o'zlashtirish dasturi, eng yangi fan va texnika, ishlab chiqarish hamda boshqaruv yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə