Mavzu: global muammolar. Global muammolarning belgilari. Reja: Global muammolar tushunchasi



Yüklə 82 Kb.
səhifə6/8
tarix10.05.2023
ölçüsü82 Kb.
#109443
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOBAL MUAMMOLAR. GLOBAL MUAMMOLARNING BELGILARI

Ekologik muammolar. Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, uning oldida qanchadan-qancha muammolar mavjudligi ko`zga tashlanadi. Zero, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi bir-biri bilan chambarchas bog’liq qator jahonshumul muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ana shunday muhim dunyoviy muammolardan biri bu ekologik muammolardir.
So’nggi yillarda sayyoramizda inson faoliyati tufayli qator ekologik1 o’zgarishlar sodir bo’lmoqda: iqlim va ob-havo yer sharining barcha mintaqalarida sezilarli tarzda o’zgarib bormoqda, suv va tuproqlar tarkibi tobora ifloslanmoqda, o’simlik va hayvonot dunyosi turlari kamayib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, yer yuzida yashovchi barcha insonlarning sog’ligiga keskin ta’sir ko’rsatmoqda.
Butun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hozirgi kunda jami kasalliklarning 80 foizga yaqinrog’i ekologik muammolar oqibati ekanligini qayd etadi. Shunday ekan bunday ekologik xavf-xatarning oldini olish nafaqat ekologlar, qolaversa, keng jamoatchilik, shu jumladan, geograflar oldiga ham qator masalalarni ko’ndalang qo’ymoqda.
Umuman, atrof-muhitning o’ta ifloslanib borishi, insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi inson ekologiyasi, qolaversa, u bilan bog’liq kasalliklarning yer yuzida tarqalish sabab va qonuniyatlarini tadqiq etuvchi tibbiyot geografiyasi oldiga yangidan-yangi muammolarni qo’ymoqda.
Fan va texnikaning jadal taraqqiyoti, insonning tabiatga bo’lgan ta’sirining to’xtovsiz ortib borishi va shu tufayli tabiiy muhitda yuz berayotgan qator salbiy o’zgarishlar inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Tabiiy muhitning ifloslanishi, shaharlashuv jarayoni, aholining shaharlarda o’ta tig’iz joylashuvi, ijtimoiy muhitdagi salbiy o’zgarishlar kishilarda qadim zamonlarga xos va mos bo’lmagan asab va boshqa turdagi kasalliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
Shaharlashuv (urbanizatsiya) jarayonining jadallashuvi o’z navbatida havo, suv va tuproqning ifloslanishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga hozirgi vaqtda shaharlar kishilar ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi shovqin markazlari bo’lib kelmoqda. Yer sharidagi eng shovqinli shahar Rio-de Janeyro bo’lib, uning o’rtacha shovqin darajasi 85 dB ga teng. Shovqin asab tizimi, eshitish a’zolari va yurak faoliyatining buzilishiga sabab bo’luvchi asosiy manba sifatida bugungi kunda, ayniqsa, yirik sanoat va aholi o’ta zich shaharlarda yuqoridir. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi, shaharlarning yiriklashuvi, ulkan aglomeratsiya, konurbatsiya va megapolislarning vujudga kelishi, ishlab chiqarishning yuqori darajada mujassamlashuvi va boshqa hayotiy jarayonlarning jadallashuvi bunday muhitda kishilarning yashashlari uchun juda katta noqulayliklar tug’diradi. Odatda, yirik shaharlarda kishilarning qon bosimi yuqori bo’ladi, ular orasida asab tarangligi hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday sharoitda o’ziga xos xastaliklar vujudga keladiki, uni olimlar ―urbanit‖ deb ham nomlashadi.
Dunyo mamlakatlarida ro’y berayotgan ko’plab tabiiy ofatlar (suv toshqinlari, zilzilalar, o’rmonlarga o’t ketish hollari, cho’llashuv jarayoni, ozon tuynuklarining kengayib borishi) oqibatida turli yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklar ortib bormoqda. Masalan, Yava orollari hududida so’nggi o’n-o’n besh yil davomida aholi orasida teri raki bilan kasallanish hollari keskin ko’payib borgan. Buning asosiy sababi – mazkur hududda tinimsiz raketalarning uchirilishi oqibatida uning ozon qatlamida yoriqlarning kengayib borishi quyoshdan keladigan turli xil nurlarni to’g’ridan-to’g’ri yer yuziga kirib kelishiga sharoit yaratmoqda. Natijada, kishilarning terilari zararlanib, ular orasida rak kasalligining nihoyatda ortib borishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, harbiy sohada atom qurollarini sinash ishlari olib boriladigan hududlar, qaysiki ko’pgina orol mamlakatlari aholisi orasida esa nurlanishning yuqoriligi qayd etilmoqda2.
So’nggi yillarda jahon mamlakatlarining ko’pchiligida tog’-kon sanoatining tez sur’atlarda rivojlanib borishi ham mazkur hududlar ekologik holatiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Jumladan, Yevropa davlatlari hududida joylashgan Rur, Galle Leypsig, Elzas va Lotaringiya havzalarida, respublikamizning AngrenOlmaliq sanoat rayoni hamda Navoiy shahri atrofida qazilma ishlarining olib borilishi oqibatida atrof-muhit sezilarli tarzda ifloslangan.
Dunyo okeaniga tashlanayotgan neft mahsulotlari, sanoat-maishiy chiqindilar, oqova suvlar, radiaktiv va turli zaharli kimyoviy moddalar hajmi yil sayin ortmoqda. Okeanlardan neft qazib olish natijasida yiliga 100 minglab tonna neft okean suviga tarqalmoqda. Qishloq xo’jaligida turli pestitsidlarning ishlatilishi tirik organizmlarni nobud qilib, aholi orasida turli kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Yilida 130 ming tonnadan ortiq har xil pestisidlar atmosfera orqali yoyilmoqda.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə