Mavzu: global muammolar. Global muammolarning belgilari. Reja: Global muammolar tushunchasi


Rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligiga barham berish muammosi



Yüklə 82 Kb.
səhifə5/8
tarix10.05.2023
ölçüsü82 Kb.
#109443
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOBAL MUAMMOLAR. GLOBAL MUAMMOLARNING BELGILARI

Rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligiga barham berish muammosi.
Hozirgi vaqtda ko'pchilik global muammolarning og'irlik markazi tabora rivojlanayotgan mamlakatlarga siljimoqda. Ularning qoloqlik ko'lami nihoyatda kattadir.
Bu qoloqlikning asosiy ko'rinishi va ayni vaqtda sababi-kambag'allik, qashshoqlikdir. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholining 40%i mutloq qashshoq sharoitda yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi eng dramatik hatto fojiali xususiyatga egadir. Ocharchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy qoloqligi va kambag'allik mahsulidir. Bugungi kunda «ocharchilik» geografiyasini avvalo, Afrika va Osiyoning eng qoloq «yashil inqilob» chetlab o'tgan mamlakatalari belgilaydi; bu mamlakatlarda aholining kattagina qismi aynan ochlikdan o'lim chegarasida yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi bilan demografik muammo chambarchas bog'liqdir. Demografik muammo bir tomondan yangi kuchlarning kirib kelishini, mehnat resurslarining o'sishini ta'minlasa, boshqa tomondan, iqtisodiy qoloqlikni yengishda qo'shimcha qiyinchiliklar to'g'diradi, ko'plab sosial masalalarning yechimini mushkullashtiradi, ular erishgan yutuqlarning katta qismini yo'qqa chiqaradi, huddudga bo'lgan «tazyiq»ni kuchaytiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning nochor ahvoli eng katta umuminsoniy, umumjahoniy muammo bo'lib qoldi.
Bu muammoni hal qilishning bosh yo'llari mazkur mamlakatlar hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida tub sosial-iqtisodiy o'zgarishlar o'tkazish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va demilitarizasiyani amalga oshirishdan iboratdir.
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, uning oldida juda murakkab muammolar vujudga keldi, ularning asosiy qismi ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi. Qanday muammolarni global muammo deb hisoblash mumkin? Mazkur savolga mutaxassislar tomonidan ellikka yaqin muammolar ro’yxatga kiritilgan, biroq shundan o’nga yaqini bilan ko’pchilik yaxshi tanish.
Butun insoniyatni qamrab olgan insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishga barcha davlatlar va xalqlarning birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi.
Global muammolar – aholi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar jamiki insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlarga ta’sir ko’rsatadi; ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda katta talafotlar, inqirozlar keltirib chiqaradi, jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soladi; yechimini toppishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etuvchi muammolardir.
Ular quyidagilardan iborat: tinchlik va qurolsizlanish muammosi; rivojlanmagan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi; ekologik muammo; demografik muammo; energetik muammo; xomashyo muammosi; oziqovqat muammosi; dunyo okeanidan foydalanish muammosi; koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.
Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshida insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelmoqda. O’tgan asrda bo’lib o’tgan jahon urushlari tufayli 100 mln.dan ortiq aholi hayotdan ko’z yumdi, 1980-90yillarda dunyo siyosiy kartasida bo’lib o’tgan o’zgarishlar ham insonlar kelajagiga katta ta’sir ko’rsatdi. Ba’zi davlatlarning yaqin va uzoq masofaga uchiriladigan raketalarga, yadro quroliga ega bo’lishi, ―sovuq urush‖ bilan bog’liq xavf-xatar o’rnini so’nggi davrlarda o’z o’rnini ekstremizm, urushlar, terrorizm, diniy-milliy mojarolar egalladi.
Sust rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy kartasida qoloq mamlakatlar soni va salmog’ining kattaligi hamda mavqeyining ortganligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda qoloq aholining 3/4 qismi Afrikada, qolgani Osiyoda joylashgan o’ndan ziyod mamlakatda qashshoq holda yashamoqda. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə