Mavzu: Ijtimoiy hayot va din kursi predmeti, maqsadi va vazifalari


Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi bo‘lib, umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi



Yüklə 15,83 Kb.
səhifə6/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,83 Kb.
#157051
1   2   3   4   5   6
download-edfiles-18406

Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi bo‘lib, umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi.

Diniy tashkilotlar– masjid, cherkov, sinagoga, sekta (mazhab) va boshqalarga bo’linadi.

Sekta (mazhab) – diniy qarashlari va marosimlaridagi tafovutlariga ko‘ra rasmiy cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot.

3-reja:

Ijtimoiy hayotning muhim jabhasi bo‘lgan din va diniy e’tiqod masalasi sotsiologiya fanining muhim ob’yektlaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini o‘rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan va ayni paytda unga kuchli ta’sir o‘tkazuvchi omil – din doimo uning diqqat markazida bo‘lgan.

Sotsiologiya fanining asoschisi hisoblangan O. Kont (1798-1857) jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo‘lar ekan, asosiy mezonlaridan biri sifatida dinga murojaat qiladi. Uning tasnifida insoniyat o‘z rivojida uch bosqichni bosib o‘tadi. Bular quyidagilar: teologik, metafizik va ilmiy bosqichlar. Kontning fikricha, har uchala bosqichda ham din muayyan rol o‘ynaydi

G‘arbda sotsiologiyaning fanga aylanishi O.Kont nomi bilan bog‘lansada, undan ko‘p asrlar avval ham G‘arb va Sharq olimlari din va jamiyat muammosi ustida ko‘p bosh qotirganlar.

G‘arb va Sharq olimlari din va diniy oqimlarning odamlar va jamiyat hayotiga o‘tkazadigan ta’siri borasida qanchalik chuqur fikr bildirmasinlar, din sotsiologiyasi maxsus ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida shakllandi.

Din sotsiologiyasining shakllanishi M. Veber (1864-1920) nomi va ilmiy faoliyati bilan bog‘liq. Sotsiologiya fanining asoschilaridan biri hisoblangan nemis olimi M. Veber ijodida dinni sotsiologik tahlil qilish markaziy o‘rinni egallaydi. Barcha dinlarni inkor qilib, ularni xalq uchun af’yun, deb e’lon qilgan Marks ta’limotidan farqli o‘laroq, Maks Veber din va jamiyat munosabatini tahlil qilar ekan umuman din to‘g‘risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to‘g‘risida fikr yuritadi.

Shunday qilib, din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrda din atamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy xulqni o‘rganadi. Mustaqil O‘zbekistonda dinga milliy qadriyat sifatida qaralishi xalq ongida ushbu hodisaga nisbatan to‘g‘ri, xolis munosabatning shakllanishiga zamin bo‘ldi. Bu boradagi yoshlar va fikr tarbiyasining asosiy yo‘nalishi ham islom diniga xos bo‘lgan insonparvarlik tamoyillarini ongga singdirib borishni taqozo etadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 15,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə