Mavzu: Ijtimoiy hayot va din kursi predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 15,83 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,83 Kb.
#157051
1   2   3   4   5   6
download-edfiles-18406

Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘lishi, u olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishi ekanligini inobatga olgan holda, dinning faoliyat tarzi bilan ko‘proq din sotsiologiyasi shug‘ullanadi.

Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda muayyan dinga e’tiqod qiluvchi shaxsga, jamoaga va umuman jamiyatga, insonlar hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar o‘rganiladi. Ya’ni, dinning vazifalari uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib chiqadi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima berishi, insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi kabi masalalar o‘rganiladi.

Din o’ta murakkab ijtimoiy hodisa u o’ziga xos tarkibga ega bo’lib kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy tarixiy hodisalar birikmasidir.

Uning tarkibiy qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi.

Diniy ong diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar tizimidir.

. Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki darajasi yoki bosqichi mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy ideologiyadir.

Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-tuyg‘ulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmui.

Diniy ideologiya esa diniy tashkilotlar orqali malakali diniy shaxslar targ‘ib etadigan turli diniy g‘oyalarning muayyan tizimidir.

Diniy marosim individ, guruh yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari va orzu-istaklarini ifodalaydigan munosabatlar va harakatlar tizimidir.


Yüklə 15,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə