Mavzu: Ijtimoiy hayot va din kursi predmeti, maqsadi va vazifalari


a) Kishilar bandligining aksariyat sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liqligi



Yüklə 15,83 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,83 Kb.
#157051
1   2   3   4   5   6
download-edfiles-18406

a) Kishilar bandligining aksariyat sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liqligi.

b) O‘ziga xos ma’naviy muhit, bilim olish, ma’lumotini oshirish, ma’naviy ehtiyojlarni qondirish.

v) Tanlov imkoniyatlarining kengligi

g) Ma’lumot darajasining nisbatan yuqoriligi.

d) SHahar aholisining siyosiy faolligi

e) O‘ziga xos oila va oilaviy munosabatlar.

Jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarishda bu omilning o‘rni katta ekanligini unutmaslik lozim.

Jamiyat taraqqiyoti tarixissivilizatsiya tarixi 2 yo‘nalishda aks etadigan jarayonlar: a) urbanizatsiya; va b) ruralizatsiya jarayonlari bilan bevosita bog‘liq holda kechadi.

Urbanizatsiya shaharlashish, ijtimoiy hayotda shahar o‘rini tobora ortib boruvini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon.

Ruralizatsiya qishloq hayotining ahamiyatini bo‘rttirish asosida vujudga kelgan; qishloqlashuv, qishloq hayotiga qaytish ma’nolarini ifodalaydi.

Hozirgi davrdassrbanizatsiya va ruralizatsiya jarayonlari tobora o‘zaro bir-birini taqazo etmoqda.

Shunday qilib, jamiyatni ijtimoiy hayoti uning ijtimoiy tarkibida o‘z ifodasini topadi.

2-reja:

Dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati, dinlararo munosabatlar, diniy omilning jamiyat hayoti sohalariga ta’siri kabi masalalar barcha davrlarda ijtimoiy fanlar vakillarining diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, XIX asrning o‘rtalarida Yevropada vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo‘l bosib o‘tib, ko‘plab ilmiy natijalarga, o‘ziga xos yutuqlarga erishdi.

Muayyan jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani anchayin rivojlandi.


Yüklə 15,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə