Mavzu: Ijtimoiy hayot va din kursi predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 15,83 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,83 Kb.
#157051
1   2   3   4   5   6
download-edfiles-18406

Жамиятнинг этник таркиби


уруғ, қабила
элат
миллат
Urug‘ etnik tarkibning dastlabki ko‘rinishi hisoblanadi. Uruchchilik insoniyat tarixining qadimiy davrlariga xos bo‘lib, yashash uchun kurash, tashqi dushmandan saqlanish maqsadida qarindrshlik asosidagi birlashuv natijasida shakllangan. Urug‘chilikning iqtisodiy asosini erga jamoa egaligi tashkil etadi.
Qabila kelib chiqishi umumiy asosga ega bo‘lgan, keyinchalik o‘zaro bir biridan farqlanadigan urug‘lardan iborat kishilarning tarixiy etnik birligi hisoblanadi.

Elat - hudud, til, madaniy jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan, iqtisodiy aloqalari shakllana boshlagan tarixiy etnik birlik hisoblanadi.

Millat - elatlar birlashuvi natijasida hosil bo‘lgan tarixiy-etnik birlik hisoblanadi.

Millatning asosiy belgilari:

a) Hududiy birlik

b) Til birligi

v) Iqtisodiy hayot birligi

g) Ma’naviy ruhiy birlik

Millat – tarixan tarkib topgan, milliy birlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan kishilarning ijtimoiy barqaror birligi.

Yer yuzida 3 mingga yaqin millat bo‘lib, u insoniyatning o‘rta hisobda 96 % birlashtiradi.

Жамиятнинг демографик таркиби


Аҳолининг ёш хусусиятлари ва жинсга кўра таркиби
Миграция жараёнлари
Аҳолининг жисмоний ва руҳий соғломлиги
Jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim tomoni demografik tarkib tashkil etadi.
Jamiyatning demografik tarkibini hisobga olish jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Jamiyatda kechadigan demografik va iqtisodiy jarayonlarni aslo bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Buni «iqtisodiyot - aholi zichligi» va «aholi – iqtisodiyot» tizimlari orqali ifodalash mumkin. Iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari aholining umumiy soni va zichligi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda jamiyat hayotining barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy) dagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarga aholining umumiy soni, zichligi bilan bir qatorda jamiyatda kechadigan migratsiya jarayonlari, aholining jismoniy va ruhiy sog‘lomligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 15,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə