Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
ilovepdf merged (2)

tayyorlov, asosiy va yakunlov 
qismi deb nomlanadi.
1. Jismoniy tarbiya darsining 
tayyorlov qismi 
uchun 8-12 daqiqa vaqt 
sarflanadi. Boshlangʻich sinflarda esa 20 daqiqagacha boʻlishi mumkin. Iqlim 
sharoiti sovuq, issiq va h.klarga qarab sarflanayotgan vaqt biroz koʻpaytirilishi 
mumkin. Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy 
yukka oʻquvchi yoki shugʻullanuvchi organizmini funksional holatini tayyorlaydi.
Organizmning funksional holatini darsning asosiy qismiga tayyorligi 
oʻquvchini harakat koordinatsiyasining yaxshilanganligi, peshonada yengil terlash 
yuzida qizillikni paydo boʻlishi oʻquvchining harakat faolligini ortishi, nafas olish 
ritmining biroz tezlashuvi, emotsional holatini koʻtarinkiligini kuzatilishi orqali 
aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda yechiladigan pedagogik vazifalariga koʻra 

tashkiliy daqiqa
” deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, oʻquvchilarni saflash, 
ularni sonini aniqlash, navbatchidan (5-sinfdan boshlab) raport qabul qilish 
salomlashishni oʻz ichiga oladi va unga 1-1,5 daqiqa vaqt sarflanadi. Tashkiliy 
daqiqadan soʻng lozim boʻlsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki 
mavzusini e’lon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish 
chastotasi, qon aylanishini tezlash-tirish, tana boʻgʻinlari, muskullari uchun 
harakatda, oʻquvchilarni toʻxtatib, turli xil mashqlar bajartiriladi. Darsning 
tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim boʻlganharakat faoliyati uchun 
“tayyorlov” va “yoʻllanma beruvchi” mashqlar bilan tugallanadi. 
2.
 
Jismoniy tarbiya darsining 
asosiy qismi 
uchun 25-30 daqiqagacha (45 
daqiqali darslarda) vaqt sarflanadi va oʻqituvchi tomonidan tuzilgan dars 
stsenariyasi yoki uning reja-konspektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat 
standarti dasturiagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi, yoki 
avvalgi sinflarda oʻzlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat faoliyatlari 
tanishtiriladi, oʻzlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy 
qismini tuzilishi uchun yagona “standart sxema” mavjud emas. darsning bu qismi 
uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun 
tanlangan usul va uslubiyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash 


va tuzishdek tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy 
tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturining boʻlimlari (gimnastika, yengil 
atletika, suzish, kurash, sport oʻyinlari, futbol, harakatli oʻyinlar)ni oʻquv 
materialini oʻqitish oʻzining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini 
turlicha tashkillash talabini qoʻyadi. Darsning asosiy qismining talablarni hal qilish 
oʻquvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, aylanib yurib bajarish, 
kreystring uslubiyatlari orqali maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tarbiya 
jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va organizmining anatomo-fiziologik 
xususiyatlarini e’tiborga olishni taqazo etadi. 
Darsning bu qismida oʻqituvchilarning yordamchilari jismoniy tarbiya 
faollarining ahamiyatini e’tirof etmay ilojimiz yoʻq. Ular oʻqituvchi tomonidan 
haftaning boshlanishida instruktiv mashgʻulotlar uchun toʻplanadilar va ularga 
darsning asosiy qismida alohida guruhlarda yoʻriqchi vazifasini bajarish uslubiyati 
oʻqituvchi tomonidan oʻrgatiladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə